Zararli yoki xavfli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq og‘ir ishlarda ishlaydigan xodimlar dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bu bo‘yicha Hukumatning 608-sonli qarori bilan elektr energetikasi ob’yektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari tasdiqlandi.
Hujjatda elektr energetikasi ob’yektlariga kiruvchi uskunalar, qurilmalar, bino va inshootlarning ishlashini tashkil etuvchi va nazorat qiluvchi korxonalar xodimlari, shuningdek, elektr energetikasi ob’yektlarida qurilish-montaj, sozlash, ishga tushirish hamda ta’mirlash ishlarini bajaruvchi xodimlar bilan ishlash tartibi belgilandi.
Unga ko‘ra, xodimlarning, shu jumladan, rahbar xodimlarning o‘z kasbi va ish turi bo‘yicha sanoat va yong‘in xavfsizligiga oid amaldagi qoidalar, me’yorlar va yo‘riqnomalar bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkaziladi.
Xodimlar bilan ishlash yillik rejalarga muvofiq tashkil qilinadi va amalga oshiriladi. Mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini boshqarish korxonaning bosh muhandisiga yuklanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!