Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida ham maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash tizimini tubdan takomillashtirish borasida yangi loyiha amalga oshirilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, tumanda Janubiy Koreyaning “SEJIN G&E Co Ltd” Janubiy Koreyaning maishiy chiqindilar poligonlaridagi chiqindilardan gaz olib, gazni qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish majmuasi qurilishiga start berildi.
Mutaxassislarning maʼlumotiga koʻra, “Yangi hayot” MFY hududida joylashgan chiqindi poligonining umumiy maydoni 89 gektarni tashkil qilib, ushbu poligonga Toshkent shahridan bir kunda qariyb 2 ming tonnagacha chiqindi tashlanadi.
Ushbu chiqindilarning hajmi kattaligi hamda oʻz vaqtida utilizatsiya qilinmasligi tufayli atrof-muhitga katta ziyon yetmoqda.
Shu boisdan “Chiqindi gazidan elektr energiyasi ishlab chiqish” investitsiya loyihasi doirasida Ohangaron qattiq maishiy chiqindi poligoni hududidan 1 gektar yer maydoni ajratildi.
Umumiy qiymati 55 million dollarga teng boʻlgan ushbu loyihaning yillik elektr ishlab chiqarish quvvati 16 megavattni tashkil etadi.
Loyiha doirasida poligondagi chiqindilarning usti yopilib, ulardan gaz olinadi. Gazni qayta ishlab chiqarish evaziga esa elektr energiyasi olinadi.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida muqobil elektr energiyasi olishga erishilishi bilan bir qatorda, atmosferaga koʻp miqdordagi issiqxona gazlarining chiqishi, yer osti qatlamiga zararli moddalarning singishi, shuningdek, turli epidemiologik kasalliklarning kelib chiqishining oldi olinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!