$
12895.55 UZS
15.2
159.38 UZS
2.7
14338.56 UZS
-196.91
35° Kechasi 21°

Bugun “Barselona” tashkil qilingan kun!

11:44 / 29.11.2019

“Barselona” futbol jamoasini sevib, unga muxlislik qiladiganlar O‘zbekistonda anchagina bo‘lsa kerak. Biror bir jamoaga muxlislik qilish yaxshi! Ammo ko‘pchilik muxlislar sevib, qo‘llab-quvvatlovchi o‘z jamoasining tarixini bilmasliklari mumkin. Mana masalan, “Barselona” futbol jamoasi qachon tashkil etilganligini bilasizmi? Millionlarning sevimli futbol jamoasi, ispaniya futbol klubi “Barselona” 1899-yil, 29-noyabrda tashkil qilingan. Ha, bugun “Barselona”ning “tug‘ilgan kuni”!

Klub tarixi haqida qisqacha

Похожее изображение

Ushbu futbol klubi shveysariyalik sportchi Joan Gamper tomonidan tashkil qilingan. Klubni tashkil qilish uchun Gamper 22-oktabrda mahalliy gazetalarning biriga e’lon beradi va mana shu e’lon tufayli klubga 11 kishi yig‘iladi. 29-noyabr kuni to‘planganlar ishtirokida ilk majlis bo‘lib o‘tadi va shu majlisda “Barselona” futbol klubiga asos solinadi. Gamper roppa-rosa 25 yil klubga rahbarlik qilgan. U nafaqat “Barsa”ning asoschisi, balki uning o‘yinchisi va prezidenti ham edi.

Ilk omadsizlik

Картинки по запросу История ФК Барселона

“Barselona” 1899-yil 8-dekabr kuni angliyalik jamoaga qarshi ilk marta maydonga chiqqan. Ammo ilk match klubga muvaffaqiyat keltirmagan. “Barsa” o‘yinchilari maydonda jonbozlik ko‘rsatganiga qaramay, ular  0-1 hisobida yutqazib qo‘yishgan. Mana shu ilk muvaffaqiyatsizlik katta zafarga yo‘l ochdi: 1901-1902-yillarda jamoa o‘z tarixida ilk g‘oliblik kubogini qo‘lga kiritgan. 1901-yildan 1938-yillargacha “Barselona” 22 marta turnirlarda yutgan. 1912-yilda jamoaga taniqli futbolchi Paulino Alkantara kelib, 357 o‘yinda qatnashgan va ularning hammasida gol urib zafar qozongan. Bu futbol klubi tarixida rekord gollar edi va hozirgacha bu rekord buzilmagan.

Yulduzlar klubi

Картинки по запросу История ФК Барселона

“Barselona” Ladislav Kubala, Yoxan Kroyff, Diyego Maradona, Xristo Stoichkov, Romario, Ronaldo va Luish Figu kabi mashhur yulduzlar o‘ynagan jamoadir. “Barselona” Ispaniyadagi  eng ko‘p kubokka ega chiqqan klub (24 ta Ispaniya chempioni kubogi, 29 ta Ispaniya kubogi, 12 ta Ispaniya super kubogi va 2 ta Ispaniya ligasi kubogi) sifatida juda qadrlanadi.  
Hozirda ushbu klub butun dunyoda va Yevropada eng yetakchi klublardan biri sanaladi. Klub “Mes que un club” (klubdan ko‘ra ko‘proq) shiori ostida haqiqatdan ham oddiy klubdan ko‘ra ko‘proq, kattaroq muvaffaqiyatlarni zabt etib kelmoqda.

Nargiza Utepova tayyorladi


Bu ham qiziq

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘ris…
10:47 / 12.05.2025
Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, Soliq mobil ilovasida 10 million 965 ming nafardan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
12:10 / 11.05.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025
Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Mazkur yo‘lak yo‘lning chetki qismida emas, balki uning o‘rtasidan o‘tadi. Bu esa ilgarigi tramvay izlarini eslatadi.
12:08 / 13.05.2025
Buyuk Britaniyada migratsiya qoidalari kuchaytiriladi

Buyuk Britaniyada migratsiya qoidalari kuchaytiriladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer migratsiya qonunchiligida keng ko‘lamli islohotlarni e’lon qildi.
18:34 / 12.05.2025
Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan xalqaro qidiruvga e’lon qilingan 1974-yilda tug‘ilgan, fuqaro Tursunov Alisher Ahmado…
14:30 / 13.05.2025
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamrohligida, ota-ona qaramog‘isiz qolgan, voyaga yetmagan O‘zbekiston Respublikasi…
12:28 / 13.05.2025
“Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” – Zelenskiy

“Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” – Zelenskiy

Ukraina rahbari Rossiyaning Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob berdi.
09:54 / 12.05.2025
Onlayn platformalar va veb-saytlarda qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Onlayn platformalar va veb-saytlarda qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Onlayn platformalar va veb-saytlar faoliyatiga qo‘yilgan talablarga rioya etmaganlik uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
14:19 / 13.05.2025
13-may kuni ob-havo harorati bugungidanda issiqroq bo‘ladi

13-may kuni ob-havo harorati bugungidanda issiqroq bo‘ladi

“O‘zgidromet” 13-may, seshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
12:07 / 12.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!