$
12980.16 UZS
44.89
161.63 UZS
1.16
14606.57 UZS
239.37
38° Kechasi 22°

Ehtiyot bo‘ling, zahar! Dunyo mamlakatlarining eng xavfli taomlari  

18:35 / 10.12.2019

Biror davlatga sayohatga chiqilsa-yu, o‘sha joyning milliy taomlari va ichimliklaridan tatib ko‘rilmasa, maqsad to‘la amalga oshmaydi. Biroq, ayrim milliy taomlar borki, ularni bilib-bilmay iste’mol qilish hayotni xavf ostida qoldiradi.  

Южнокорейский мужчина и женщина едят живого осьминога на фестиваля еды в Сеуле

Fugu 
Bu baliq Yaponiyadagi maxsus ixtisoslashtirilgan restoranlardagina pishiriladi. Chunki ularning jigari, o‘t pufagi va terisida tetrodotoksin mavjud. Tetrodotoksin zaharli modda, ta’sir kuchi bir necha soat davom etadi va o‘limga olib keladi. Taom shu darajada lazzatli bo‘lsa kerakki, zaharli deb ogohlantirilishiga qaramasdan, undan yeb ko‘rishni xohlovchilar kundan kunga ko‘payib bormoqda.   Darvoqe, seleksionerlar hozir bu ignaqorinlarning zaharsiz turini ham yaratishga muvaffaq bo‘lishgan. 
   
Nomura

Сашими из фугу

Bu zaharli meduzaning og‘irligi 200 kilogramm keladi. Dengizda baliqchilarning to‘riga ilashib olib, ularga xalal beradi. Undan qutulishning birgina yo‘li – ularni ovlab, undan taom pishirish. Faqat uning zaharli qismlarini yaxshi bilish va olib tashlash kerak bo‘ladi. Yaponiya va Xitoyda nomuradan taom tayyorlashning hadisini olishingiz mumkin.  

Sakkizoyoq

Сан Нак Джи

Koreya va Osiyoning bir qancha davlatlarida san nak ji deb nomlanuvchi taom tayyorlanadi. Tayyorlanadi, desak to‘g‘ri bo‘larmikin?... Ehtimol, to‘g‘ri bo‘lar, chunki uni dasturxonga tortish uchun tozalab, qaylalarini tayyorlash kerak bo‘ladi. Sakkizoyoq mehmonlarga olib chiqilganda tirik bo‘lishi shart. Uni mehmonlarning o‘zlari kesib olishadi va qayla bilan aralashtirib, og‘izlariga solishadi. Taom og‘izga solinganda qimirlab turishi talab qilinadi. Faqat ehtiyot bo‘linmasa, nafas yo‘liga tiqilib qolib, bo‘g‘ib qo‘yishi mumkin.   

Qonli mollyuskalar 

Свежие кровавые моллюски

Ilmiy tilda “Tegillarca granosa” deb ataluvchi bu jonzot ko‘pgina davlatlarda yetishtiriladi va pishiriladi. Uning go‘shti gemoglobinni boyitadi. Qaynatilgan holda yeyiladi. Ko‘p xo‘randalar uning xomini ma’qul ko‘rishadi. Biroq, Shanxayda bu taom taqiqlangan. Chunki, bundan 30 yil avval, bu mahsulot sariq kasalligi (gepatitning A turi) epidemiyasiga sabab bo‘lgan. O‘shanda yoppasiga 300 ming odam bu kasallikni yuqtirib olgandi.  

Fesikx 

Фесих

Misrliklarga bu taom Fir’avnlar zamonidan ma’lum. Uni bahorgi bayram mavsumida tayyorlashadi. Fesikxni maxsus bilim va tajribaga ega oshpaz tayyorlamasa, yaxshisi yemagan ma’qul. Chunki, taom tarkibida qolish ehtimoli katta bo‘lgan botulotoksin – inson asab tizimini falajlovchi va sekin-asta rivojlanib, nafas olishni to‘xtatib qo‘yuvchi modda bor.  
 
Xaukarl
Islandiyada Xaukarl deb nomlanuvchi taom bor. U 1-2 kunda emas, balki uzoq vaqt mobaynida tayyorlanadi. Bir necha oy tuproq yoki shag‘al orasida saqlangan akula go‘shtidan tayyorlanuvchi bu taom dunyoning boshqa biror joyida uchramaydi. Ammiak va vodorodsulfid hidi anqib turuvchi go‘shtdan taom tayyorlash texnologiyasi buzilsa, tamom, deyavering! Bu go‘shtning tarkibida karbamid va ammiak mavjudligidan boshqacha shaklda tayyorlab, yeb bo‘lmaydi. 
 
Kopalxen 

Представительница коренного населения предлагает традиционное чукотское блюдо из мяса кита во время культурно-спортивного фестиваля морских охотников Берингия-2011 в поселке Лаврентия Чукотского района

Shimolda yashovchi chukchi, nenets, xanti, eskimos xalqlarida bug‘u go‘shtidan milliy taom – kopalxen tayyorlanadi.  Pishiriladi, deyish o‘rinsiz, chunki, uni pishirish uchun olov yoqilmaydi. Kopalxen tayyorlash uchun, avvalo, bug‘u bir necha kun ovqatsiz qoldiriladi. Maqsad: bug‘uning ichaklari tozalanishi kerak. Keyin bug‘u bo‘g‘iladi va botqoqlikka ko‘miladi. Usti tosh va shox-shabbalar bilan yopib qo‘yiladi. Bir necha oydan keyin qazib olinadi. Bo‘ldi. Taom tayyor! Kopalxenga morj, tyulen, o‘rdak va hatto, kit go‘shti ham to‘g‘ri kelaveradi.  Bu taomni bolaligidan yeb o‘rganmagan har qanday odam kuchli zaharlanishi mumkin. 
 
Rambutan  

Рамбутан

Janubi-sharqiy Osiyo davlatlarida o‘sadigan, juda yoqimli hidga ega bu tropik meva juda xavfli bo‘lishi mumkin. Uning urug‘larini qovurib yegan ma’qul. Po‘chog‘i ham zaharli.

Aki

Аки

Yamaykaga xos Aki mevasini to‘la pishib yetilib, o‘z-o‘zidan yorilib ochilmagunicha yeb bo‘lmaydi. Aks holda, gipoglisin bilan zaharlanish hech gap emas. Akining qora urug‘lari va po‘sti tashlab yuboriladi. Qaynatilgach, tuzlangan baliq, piyoz, pomidor va chili garmdorisi bilan dasturxonga tortiladi.  


Bu ham qiziq

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025
Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan xalqaro qidiruvga e’lon qilingan 1974-yilda tug‘ilgan, fuqaro Tursunov Alisher Ahmado…
14:30 / 13.05.2025
Andijonda fuqaroning elektrdan qarzdorligini yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan montyor ushlandi

Andijonda fuqaroning elektrdan qarzdorligini yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan montyor ushlandi

Andijon viloyatida elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib berishini va’da qilgan ETK elektromontyori ushlandi.
18:01 / 14.05.2025
Surxondaryolik o‘smir YPX xodimini sudrab Cobalt avtomobilini olib qochishga urundi

Surxondaryolik o‘smir YPX xodimini sudrab Cobalt avtomobilini olib qochishga urundi

Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
19:25 / 13.05.2025
Iliya Topuriya va Charlz Oliveyra kamar uchun jang qiladi

Iliya Topuriya va Charlz Oliveyra kamar uchun jang qiladi

Bu haqda UFC rahbari Dana Uayt ma’lum qildi.
09:25 / 14.05.2025
Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar bermoqda.
10:01 / 13.05.2025
Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Mazkur yo‘lak yo‘lning chetki qismida emas, balki uning o‘rtasidan o‘tadi. Bu esa ilgarigi tramvay izlarini eslatadi.
12:08 / 13.05.2025
Xalq demokratik partiyasi o‘zini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deb e’lon qildi

Xalq demokratik partiyasi o‘zini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deb e’lon qildi

Bu orqali partiya o‘z dasturining maqsad va vazifalarini samarali amalga oshirish, elektorati manfaatlarini kengroq ifodalas…
19:15 / 13.05.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 45 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 45 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov boshchiligidagi mamlakatimiz ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiy…
19:00 / 13.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida o‘quvchilarning valsga tushishini taqiqlash bo‘yicha topshiriq berilmagan — vazirlik

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida o‘quvchilarning valsga tushishini taqiqlash bo‘yicha topshiriq berilmagan — vazirlik

Ta’lim vazirligi 25-may kuni bo‘lib o‘tadigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida o‘quvchilarning valsga tushishi taqiqlanmaga…
10:49 / 14.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!