$
12965.34 UZS
-14.82
161.34 UZS
-0.29
14525.07 UZS
-81.5
37° Kechasi 18°

2100-yilda yo‘q bo‘lib ketishi mumkin bo‘lgan 7 ta shahar

10:59 / 19.11.2019

Quyida sizni 2100-yilga kelib yer yuzidan yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan shaharlar ro‘yxati bilan tanishtiramiz. Gap shundaki, olimlar u yerlarning iqlimi, sharoitlari va boshqa omillarini hisobga olgan holda shunday qarorga kelishgan.

1. San-Fransisko, AQSh. Sababi: zilzila

Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari 2086-yilga kelib San-Fransisko hududida 7 balli yoki undan ortiq zilzilani taxmin qilishmoqda. San-Fransisko, shuningdek, AQShning tez o‘zgarib turadigan shaharlaridan biri. Bularning barchasi aholining geografik jihatdan xavfli qirg‘oqbo‘yi hududda joylashganligi bilan bog‘liq. Katta muammolar bu tendensiyani tezlashtirishi mumkin.

2. Detroyt, AQSh. Sababi: aholining tashlab ketishi

Detroyt aholisi 1950-yildan beri uchdan bir qismga kamaydi. Uning aholisi asta-sekin, ammo doimiy ravishda, kamida 2030-yilgacha qisqarishi taxmin qilinmoqda. Chunki shaharda ishsizlik darajasi 10 foizdan yuqori. O‘z navbatida, Detroyt atrofidagi shaharlarning aholisi doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Agar ushbu tendensiyalar davom etaversa, unda Detroyt 2100-yilga kelib o‘z maqomini yo‘qotishi mumkin.

3. Venetsiya, Italiya. Sababi: tuproq darajasini pasayishi

Kanallar shahri qariyb ming yillardan beri pasayib bormoqda, ammo o‘tgan asrda cho‘kish tezligi sezilarli darajada oshdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 100 yil ichida Venetsiya 24 santimetrga cho‘kdi. Hukumat shaharni dengiz sathiga ko‘tarilishidan himoya qilishni rejalashtirmoqda, ammo foydasi bormi yoki yo‘qmi, hech kim bilmaydi.

4. Mexiko, Meksika. Sababi: ichimlik suvining yetishmasligi va tuproqning cho‘kishi

Mexiko suvga cho‘kmoqda. Shahar ichimlik suvining asosiy manbai bo‘lgan suv qatlamida joylashgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 100 yil ichida shaharning qismlari 9 metrga cho‘kib, suv qatlami qurigan, deb taxmin qilinadi. Mexiko shahri hozir tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan bo‘lsa-da, suv ta’minoti kamaymoqda va tuproq cho‘kmoqda – bularning barchasi tendensiyani tez o‘zgartirishi mumkin.

5. Neapol, Italiya. Sababi: vulqon otilishi

Miloddan avvalgi 79-yilda Pompeyni vayron qilgan Vezuviy vulqoni har 100 yilda bir marta otilib chiqadi. Oxirgi portlash 1944-yilda yuz bergan. Vezuviy Italiyaning janubidagi Neapol ko‘rfazida joylashgan bo‘lib, u yerda 4 milliondan ortiq kishi istiqomat qiladi. Bu raqam nafaqat Neapol aholisini, balki vulqon yonida joylashgan “qizil zona”da yashaydigan yarim milliondan ortiq odamni, agar ular o‘z vaqtida evakuatsiya qilinmasa halok bo‘lish ehtimoli bor odamlarni o‘z ichiga oladi.

6. Timbuktu, Mali. Sababi: cho‘llanish

Serhosil yerlarga qadam qo‘ygan cho‘llanish bir qator mamlakatlar uchun muammo tug‘dirmoqda. Eng katta xavf – XV va XVI asrlarda islomiy ta’limning muhim markazi bo‘lgan, 1000 yoshdan oshgan Malidagi Timbuktu shahri uchun kutilmoqda.

Ushbu hududni qayta ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bir nechta loyihalar amalga oshirilmoqda, ammo shahardagi ba’zi qismlarning yarmi allaqachon qum bilan qoplangan.

7. Ivanovo, Rossiya. Sababi: aholining tashlab ketishi

Sovet davrida to‘qimachilik ishlab chiqarish markazi bo‘lgan Moskvaning shimoli-sharqidagi ushbu mintaqa aholisi yildan-yilga kamayib bormoqda. Bu yerda tug‘ilish kamayib, o‘lim darajasi oshmoqda. Ma’lumotli yoshlar Moskvaga borishadi, chunki shaharda zamonaviy sanoat deyarli qolmagan.


Bu ham qiziq

“Bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanadi” – Mirziyoyev

“Bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanadi” – Mirziyoyev

Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman prokurorlari qonun ustuvorligini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani ko‘rs…
14:15 / 15.05.2025
17-19-may kunlari ayrim hududlarda sel xavfi e’lon qilindi

17-19-may kunlari ayrim hududlarda sel xavfi e’lon qilindi

Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumk…
12:46 / 16.05.2025
16-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

16-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 39-41 daraja bo‘ladi.
03:52 / 16.05.2025
Endi yo‘llarni ta’mirlash kechqurun amalga oshiriladi

Endi yo‘llarni ta’mirlash kechqurun amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 1-iyundan boshlab soat 07:00 dan 21:00 gacha shahar ko‘chalarida yo‘llarni ta’mirlash va yo‘l belgilarini qo‘l…
20:08 / 16.05.2025
Buxoroda ayolni ekskavator bosib ketdi

Buxoroda ayolni ekskavator bosib ketdi

“Tergov yakuniga ko‘ra holatga huquqiy baho berilib, javobgarlikning muqarrarligi ta’minlanadi”, – deyiladi Buxoro viloyati …
13:01 / 16.05.2025
Eron AQSh bilan yadro kelishuvini imzolashga tayyor

Eron AQSh bilan yadro kelishuvini imzolashga tayyor

Mamlakat rasmiylari iqtisodiy sanksiyalar bekor qilinsa bu bitimga erishish mumkinligini ma’lum qilgan.
12:16 / 15.05.2025
Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvargacha yer solig‘idan ozod etiladi

Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvargacha yer solig‘idan ozod etiladi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
11:51 / 17.05.2025
17-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
04:30 / 17.05.2025
Navoiyda zavod ishchilari 2 mlrd so‘mlik oltinni “uxlatmoqchi” bo‘lishdi

Navoiyda zavod ishchilari 2 mlrd so‘mlik oltinni “uxlatmoqchi” bo‘lishdi

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorli…
10:18 / 17.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!