$
12790.12 UZS
-4.9
130.03 UZS
-1.59
13936.11 UZS
42
18° Kechasi 12°

O‘zbekistonda mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil etiladi

06:24 / 22.06.2021

Respublikaning turli hududlarida klaster usulida mebel mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil qilinadi.

Bu borada Prezidentning “Respublika hududlarida mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Belgilanishicha:

a) kichik sanoat zonalaridagi ishlab chiqarish maydonlari mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi. Ammo mazkur yer maydonlarini ajratilishi bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lanadigan kompensasiya to‘lovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi;

b) kichik sanoat zonalaridagi ishlab chiqarish maydonlariga egalik qilishning majburiy sharti sifatida ushbu kichik sanoat zonasining bosh rejasiga asosan mebel va uning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish hamda realizasiya qilish obyektlarini joylashtirish belgilanadi;

v) kichik sanoat zonasidagi qishloq xo‘jaligida foydalanilgan yer maydonlarini mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishdan tushgan tushumning mahalliy byudjetga yo‘naltiriladigan qismi byudjetning qo‘shimcha daromadi sifatida shakllantiriladi va kamida 30 foizi ushbu hududda yangi yer maydonlarini qishloq xo‘jaligiga kiritish uchun sarflanadi;

g) tashkil qilinayotgan kichik sanoat zonalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish tadbirlari:

– ichimlik suvi, oqova suv tarmoqlarini hamda avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha – 2021–2023-yillar uchun Davlat byudjetida nazarda tutilgan mablag‘lar;

– elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha – o‘rnatilgan tartibda ta’minotchi korxonalar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.


Bu ham qiziq

Kamala Xarris pochta orqali saylovda ovoz berdi

Kamala Xarris pochta orqali saylovda ovoz berdi

AQShda prezidenti saylovi 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
19:14 / 04.11.2024
2024-yilning eng ahamiyatli ixtirolari bilan tanishing

2024-yilning eng ahamiyatli ixtirolari bilan tanishing

Mashhur Time jurnali 2024-yilning eng yaxshi 200 ta ixtirosining nomini e’lon qildi. Ularning orasida mobil gadjetlar, tibbi…
11:37 / 04.11.2024
Buxoroda ona o‘z qiziga qizigan kapgirni bosib oldi

Buxoroda ona o‘z qiziga qizigan kapgirni bosib oldi

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida nazoratga olingan.
18:09 / 03.11.2024
Eron Isroilga qarshi keng qamrovli hujumni rejalashtirmoqda

Eron Isroilga qarshi keng qamrovli hujumni rejalashtirmoqda

The Wall Street Journal xabar berishicha, Eron Isroilga qarshi “qaqshatqich va keng qamrovli” hujumni rejalashtirmoqda. Bung…
16:12 / 04.11.2024
Infarktdan so‘ng yurak faoliyatini tiklash yo‘li topildi

Infarktdan so‘ng yurak faoliyatini tiklash yo‘li topildi

Nature Cardiovascular Research xalqaro jurnalida inson tanasidagi GPNMB oqsili infarktdan keyin yurak to‘qimasi tiklanishi m…
11:56 / 04.11.2024
Toshkentda 7-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

Toshkentda 7-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

Bu haqda shahar hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.
11:45 / 04.11.2024
Metroning “Choshtepa” bekatida nosozlik sabab poyezd to‘xtab qolgan

Metroning “Choshtepa” bekatida nosozlik sabab poyezd to‘xtab qolgan

Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.
10:18 / 04.11.2024
“Qamchiq”dagi tunnelda avtomashinalar bir tasmada harakatlanmoqda

“Qamchiq”dagi tunnelda avtomashinalar bir tasmada harakatlanmoqda

Bunga sabab ushbu hududda ta’mirlash ishlari olib borilayotganidir.
12:40 / 04.11.2024
Isroil armiyasining G‘azodagi qurbonlari soni qancha?

Isroil armiyasining G‘azodagi qurbonlari soni qancha?

Isroil armiyasining matbuot xizmatining bayonot berishicha, G‘azo sektoriga hujum boshlanganidan beri Isroil armiyasining yo…
16:18 / 03.11.2024
Havoning yuqori darajadagi ifloslangani sabab maktablar yopildi

Havoning yuqori darajadagi ifloslangani sabab maktablar yopildi

Bu haqda “Reuters” nashri ma’lum qilmoqda.
11:57 / 04.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!