$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

Sochni uy sharoitida bo‘yash: Ekspert maslahati

12:47 / 14.04.2020

  Salonga borolmayotganingiz tabiiy. Chiroyli ko‘rinishga bo‘lgan intilish esa baribir tinch qo‘ymaydi. Nimalarnidir o‘zgartirgingiz keladi. Masalan, sochingizni bo‘yashni istaysiz. Bu ishni uy sharoitida ham bajarsa bo‘ladi. Ammo xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun mutaxassislarning maslahatlarini o‘qib olgandan so‘ng ishga kirishganingiz ma’qul.  
Mutaxassislar agar ilgari bu ishni qilib ko‘rmagan bo‘lsangiz, tajriba qilib ko‘rmaslikni maslahat berishadi. Ammo kutib turishning iloji bo‘lmasa, nachora, soch bo‘yashga kirishaveramiz. Mutaxassislarning maslahatiga to‘la amal qilinsa, natija salondagidan kam bo‘lmaydi. Faqat, uy sharoitida soch rangini butunlay o‘zgartirish, murakkab texnologiyali bo‘yash tavsiya etilmaydi.  

Sochni tayyorlash
Sochni jarayonga to‘g‘ri tayyorlash intilishlaringizning samarali yakunini ham ta’minlaydi. Xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagilarga e’tibor bering: 

Birinchi navbatda – namlash 
Nyu-Yorklik usta Lui Likari bo‘yoq ishlari sog‘lom va namlangan sochlarda amalga oshirilsa, yaxshi natija berishini ta’kidlaydi. Shuning uchun soch parvarishi bilan muntazam shug‘ullanish va quruq, jingalak sochlarga doimiy ravishda haftada  kamida bir marta namlovchi niqoblarni surtib turish kerak, deb hisoblaydi u. 
 
Bo‘yash ishlariga kirishishdan oldin boshni yuvmang

Bu qoidani buzmang, aks holda bo‘yoq yaxshi singimaydi. Boshingiz toza bo‘lsa, 1-2 kun kuting,  sochingizda yog‘li himoya qatlami paydo bo‘lsin. Aynan shu qatlam bo‘yoqning zararli jihatlaridan himoya qiladi. Tola orasiga chuqur kirib borib, tarkibini buzishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
  
Rangni tekshiring
Xatolik yuz bermasligi uchun soch bo‘yashdan oldin shu rang sizga mosmi, yo‘qmi, aniqlab oling. Eng yaxshisi, sochingizning bir qismini bo‘yab ko‘ring.  “Eng oddiy usuli – bo‘yoqni quloq orqasidagi sochning bir tutamiga surting (uni hech kim ko‘rmaydi)  va 15 daqiqaga qoldiring. Natijasini tabiiy, yaxshi yorug‘likda tekshirib ko‘ring”, – deydi Nyu-Yorklik mashhur usta Sharon Dorram. Keyt Xadson, Juliya Roberts, Keyt Uinslet, Nikol Kidman, Barbra Streyzand, Riz Uizerspun va boshqa qator yulduzlar uning mijozi sanaladi.

Bosh terisini himoya qiling
Ba’zi bo‘yoqlar bosh terisiga singishi va qichishtirishi mumkin. Shuning uchun mutaxassislar ushbu layfxakni tavsiya etadi: uy sharoitida bo‘yash ishlarini boshlashdan oldin soch o‘sishi yo‘nalishi bo‘ylab yupqa qilib vazelin surtsangiz, bosh terisini yoqimsiz asoratlardan asraydi. Bo‘yash ishlari tugaganidan keyin uni osongina artib tashlash mumkin.

Qulay joy va kerakli asboblar 
Bo‘yash ishlarini vannaxonada amalga oshirgan ma’qul. Ham ko‘zguga, ham suvga yaqin. Kerakli asboblar va bo‘yash vositasini tayyorlab oling. Bo‘yoqdan boshqa quyidagilar ham kerak bo‘ladi.
Rangni mustahkamlash uchun konditsioner (odatda komplekt ichida bo‘ladi); 
Aralashma tayyorlash uchun idish (shisha yoki plastik idish tanlangani ma’qul, metall bo‘yoq tarkibiga ta’sir qilishi mumkin); 

Nozik taroq va sochni bo‘limlarga ajratishga ko‘maklashuvchi qisqichlar;  
Bo‘limlarni bo‘yash uchun qisqa, qattiq tolali cho‘tka;
Qo‘l uchun bir martalik qo‘lqop;
Kiyim uchun himoya yopinchig‘i; 
Paxta zo‘ldirchalari yoki nam sochiqlar (ular bilan peshonaga, quloq va teriga tekkan bo‘yoqlar artiladi). 
 
Bo‘yoqning yetarli miqdorda bo‘lishi
Eng avj pallasida bo‘yoq tugab qolmasligi uchun soch uzunligiga qarab mo‘jal olgan ma’qul. “O‘rtacha uzunlikdagi (yelkaga tushadigan) sochlar uchun kamida 2 yoki uch qadoq mahsulot kerak bo‘ladi”, – deydi Sharon Dorram.

Bo‘yoqni to‘g‘ri tanlash

Hozirgi bo‘yoqlar tarkibida foydali moylar, parvarishlovchi moddalar borki, ular sochni oziqlantiradi, yaltiratadi va mayinlashtiradi. Garchi, tanlov imkoni ko‘p bo‘lsa ham, gohida adashib qolish hech gap emas. Yana bir jihati borki, bo‘yoqni nafaqat rangiga, balki tipiga ham qarab tanlash lozim. Bo‘yoqlar maishiy va professional turlarga ajratiladi. Uy sharoitida maishiy bo‘yoq qo‘llaniladi. Ikkinchisi go‘zallik salonlari va ustalar uchun maxsus ishlab chiqariladi. Ular rang palitrasining ko‘pligi, ta’sir muddati, tola ichiga kirib borish darajasi bilan farqlanadi.
Yana bir jihati – tarkibida ammiak bor-yo‘qligiga ham ahamiyat qaratish lozim. Ular ammiakli va ammiaksiz – permanent turlariga ajratiladi. Ammiakli va o‘ta chidamli bo‘yoqlar tarkibi o‘ta tajovuzkorligi bilan ajralib turadi va soch tarkibiga chuqur kirib borib, rang pigmentlarini yangisi bilan almashtira oladi. Afzal tarafi, 2 oydan ko‘proq turadi, oq tolalarni samarali bo‘yaydi. Kamchiligi shundaki, uni ishlatgandan keyin sochning asl holiga qaytishi qiyin yoki boshqa rangga bo‘yash  muammo bo‘ladi.
   
Mustaqil bo‘yashning asosiy qoidalari 
Bo‘yoqni to‘g‘ri tanlash – muvaffaqiyatning yarmi. Ikkinchi yarmi – undan to‘g‘ri foydalanish.   “Mustaqil bo‘yashdagi xatolik aziyat chekkan soch rangini saqlab qolish va jonlantirish uchun mutaxassisga 2-3 martadan murojaat qilishga olib keladi”, – deydi Sharon Dorram. Uning so‘zlariga ko‘ra, uy sharoitida soch bo‘yash uchun rangni odatdagidan 1-2 pog‘ona ochroq yoki to‘qroq tanlagan ma’qul. Bo‘ldi, boshqa tavakkal qilmaslik kerak. Bu kutilmagan rang paydo bo‘lishidan tortib, sochning mo‘rtlashuvigacha bo‘lgan va oqibatlari uzoq muddat mobaynida ketadigan xavfdan saqlaydi.
  
Bo‘yashdan keyingi parvarish
Bo‘yashdan keyin hosil bo‘lgan rang uzoqroq vaqt saqlanib qolishi uchun maxsus maska va balzamlardan foydalaning. Soch parvarishi uchun xavfsiz vositalardan foydalaning.
 
Tajriba qilmang 
Agar o‘z imijingizni tubdan o‘zgartirishni istasangiz, aslo tajriba qila ko‘rmang. Karantin muddati tugab salonlarga borish mumkin bo‘lgan imkoniyatni kuting. Ana o‘shanda tajribali mutaxassis sizga mos keluvchi rang va mikslarni, salbiy oqibatlarga olib kelmaydigan bo‘yash usullarini tanlab beradi.   


Bu ham qiziq

Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Associated Press agentligining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda kuyovi Ja…
16:29 / 14.12.2025
Saida Mirziyoyeva Rimdagi “Insoniy birodarlik”–2026 mukofoti hay’atining yakuniy yig‘ilishida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Rimdagi “Insoniy birodarlik”–2026 mukofoti hay’atining yakuniy yig‘ilishida ishtirok etdi

“Hurmatli hay’at a’zolari bilan birgalikda mukofot sovrindorlarini saralash jarayonida qatnashganimdan xursandman”, – deb yo…
16:28 / 13.12.2025
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

Markaziy bankning Ichki valyuta bozori sharhida ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilning yanvar—noyabr oylariga…
12:32 / 14.12.2025
Ramzan Qodirov hokimiyatdan to‘yganini aytib, ketishni inkor etmadi

Ramzan Qodirov hokimiyatdan to‘yganini aytib, ketishni inkor etmadi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ChGTRK “Grozniy” telekanalida bo‘lib o‘tgan to‘g‘ridan to‘g‘ri efir davomida hokimiyatda…
09:38 / 15.12.2025
O‘zbekistonda harorat pasayib, hafta davomida yomg‘ir va qor yog‘adi

O‘zbekistonda harorat pasayib, hafta davomida yomg‘ir va qor yog‘adi

Respublika hududlarida 16-dekabrdan havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim viloyatlarda kechqurun yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin…
15:08 / 15.12.2025
Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida 13 nafar bo…
17:03 / 14.12.2025
Sidneydagi plyajda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Sidneydagi plyajda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Ma’lumot uchun, Bondi-bich plyaji Avstraliyaning eng mashhur plyaji bo‘lib, u ko‘plab syorfingchilarni va sayyohlarni o‘ziga…
15:51 / 14.12.2025
AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

Bu haqda dastlab GoFundMe bergan xabarni O‘zbekiston TIV matbuot kotibi ham tasdiqladi.
09:08 / 15.12.2025
Odam savdosidan jabrlangan o‘zbek, qozoq va qirg‘iz fuqarolari Myanmadan vatanga qaytarildi

Odam savdosidan jabrlangan o‘zbek, qozoq va qirg‘iz fuqarolari Myanmadan vatanga qaytarildi

“O‘zbekiston va Qozog‘istonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida Myanmada og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zb…
15:50 / 13.12.2025
“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

Hujjatga muvofiq, tizim avvalo Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov tuman hamda shaharlarda joriy etiladi.
10:59 / 15.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!