$
12880.35 UZS
-29.8
156.68 UZS
-3.1
14535.47 UZS
-125.3
33° Kechasi 20°

TOP-10: Dunyoning eng kam boriladigan mamlakatlari

05:59 / 10.11.2014

Har yili Birlashgan millatlar Butunjahon turistik tashkiloti (UNWTO) “UNWTO Tourism Highlighs” deb nomlangan sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan davlatlar hisobotini tuzadi. 2013 yil sarhisoblariga ko‘ra eng ko‘p sayyohat qilinadigan davlatlar hamon o‘zgarishsiz qolgan: Fransiya (83 million sayyoh), AQSh (69,8 million sayyoh), Ispaniya (60,7 million sayyoh), Xitoy (55,7 million sayyoh) va Italiya (47,7 million sayyoh). Bundan farqli ravishda biz bugun juda kam boriladigan davlatlar haqida axborot bermoqchimiz.

Palau

1-Palau-eng

Palau Respublikasi 328 oroldan tashkil topgan bo‘lib, u Tinch okeanidagi Karolia arxipelagiga tegishli bo‘lgan g‘arbiy orollar guruhi hisoblanadi. Aholisi bor-yo‘g‘i 20,9 ming kishini tashkil etadi. 2013 yilda Palauga 105 ming sayyoh tashrif buyurgan.

Moldova Respublikasi

2-Respublika Moldova-eng

2013 yilda Moldovaga 96 ming kishi sayohat uyushtirgan. Suratda Moldovaning poytaxti Kishinevdan 40 km uzoqlikda joylashgan Orgeyev yoki Orxey shahri aks etgan.

Sharqiy Timor

3-Vostochnyy Timor-eng

Sharqiy Timor demokratik respublikasi Malay arxipelagidagi Timor orolining sharqiy qismini egallaydi va Avstraliyadan g‘arbga tomon 450 km uzoqlikda joylashgan. Bu davlat dunyodagi eng qashshoq davlatlardan hisoblanadi. 2013 yilda unga 78 ming nafar sayyoh tashrif buyurgan.

Dominika

4-Dominika-eng

Karib dengizi va Atlantika okeanining shimoliy qismi orasida joylashgan bu orol Puerto-Rikodan Trinidada va Tobagogacha bo‘lgan yo‘lning o‘rtasida joylashgan. Uni qo‘l tegmagan va boy tabobot va nabotot dunyosiga egaligi uchun "Tabiat oroli", deb ham atashadi. 2013 yilda bu davlatga 78 ming kishi sayohat uyushtirgan.

Sent-Vinsent va Grenadina

5-Sent-Vinsent i Grenadiny-eng

Karib dengizidagi Sent-Vinsent oroli va Grenadina guruhiga tegishli 32 ta kichik orollardan tashkil topgan bu davlatga 2013 yilda 78 ming sayyoh tashrif buyurgan.

Angilya

5-Angilya-eng

O‘ziga qo‘shni bo‘lgan kichik orollar guruhini qamrab olgan Angilya oroli Britaniyaning o‘z-o‘zini mustaqil boshqaruvchi dengizorti hududlaridan hisoblanadi. 13 ming aholiga ega bu davlatga 2013 yili 69 ming sayyoh tashrif buyurgan.

Lixtenshteyn

6-Lixtenshteyn-eng

Dunyodagi eng boy davlatlardan biri. Past soliq darajasi va bank depozitlari borasidagi liberal siyosat Lixtenshteynni Yevropadagi "soliq jannati"ga aylantirgan. Bu davlatga o‘tgan yili 60 ming sayyoh tashrif buyurgan.

Niue

7-Niue-eng

Niue dunyodagi eng katta korall orollaridan biri hisoblanadi. U Yangi Zelandiyaga tegishli bo‘lgan o‘zini-o‘zi mustaqil boshqaruvchi davlatdir. Bu davlatga o‘tgan yili 7 ming sayyoh tashrif buyurgan.

Monserrat

8-Monserrat-eng

Tez-tez bo‘lib turadigan dovullar, zilzilalar va vulqon otilishlari sababli qachonlardir amerikaliklar, inglizlar va kanadaliklarning sevimli dam olish maskani bo‘lgan Karib dengizidagi bu orolni mahalliy aholining ko‘pchilik qismi tashlab ketgan. Bu davlatga o‘tgan yili tashrif buyurgan sayyohlar soni 7 mingtani tashkil etadi.

Kiribati

10-Kiribati-eng

Kiribati Respublikasi – ekvatorning ikkala tomonida ham joylashgan Tinch okeanidagi 33 ta marjon orollardan iborat orollar guruhi hisoblanadi. 1979 yili bu davlat Buyuk Britaniya hukmronligidan mustaqil bo‘lishga erishgan. Kiribati Maldiv va Tuvalu kabi okeanlardagi suv sathining doimiy ravishda o‘sib borishi natijasida suv ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin bo‘lgan orol davlatlardan hisoblanadi. Bu davlatga o‘tgan yili tashrif buyurgan sayyohlar soni bor-yo‘g‘i 6 mingtani tashkil qiladi.


Bu ham qiziq

Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan …
08:33 / 10.05.2025
10-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
03:38 / 10.05.2025
UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:53 / 11.05.2025
AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 54 foizgacha pasaytirmoqchi

AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 54 foizgacha pasaytirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Pekin bilan muzokaralar chog‘ida Xitoy importiga 145 foizlik bojlarni 50-54 foizgac…
22:00 / 09.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Shuningdek, Pokiston tashqi ishlar vaziri ham ushbu ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlab o‘tdi.
18:42 / 10.05.2025
Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Mart oyida bu summa 103.2 milliard so‘mni tashkil etgandi. To‘langan keshbeklarning eng ko‘p qismi esa Toshkent shahrida (45…
20:30 / 10.05.2025
Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, Soliq mobil ilovasida 10 million 965 ming nafardan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
12:10 / 11.05.2025
Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer Ukrainaga t…
09:51 / 10.05.2025
Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
10:08 / 09.05.2025
Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik kuchaygani fonida Hindiston 32 ta aeroportni fuqarolik reyslari uchun yopdi. Bu …
12:12 / 10.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!