$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Nega bitta mashina uchun 18 ta sigir qurbon qilingan?

21:09 / 25.10.2019

Avtomobil sohasini hech kim menchalik bilmaydi, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, biroz shoshilmang. Quyida taqdim etilayotgan faktlarni uncha-muncha avtoishqibozlar bilishmaydi:


Ilon Mask Tesla Motors kompaniyasining asoschisi emas

Ilon Mask nafaqat Teslaning yuzi, balki u Teslaning o‘zidir. Tesla Maskning miyasi, qalbi va yuragidir. Biroq, bu kompaniyani u yaratmagan. Ilon Mask Tesla Motorsga ishga kirganida kompaniya ochilganiga bir yildan oshgan edi.
Mazkur kompaniya asoschilari – Martin Eberhard va Mark Tarpenlar bo‘lishgan.

Darvoqe, Martin Eberhard – amerikalik muhandis va biznesmen. U 2007-yilda dunyodagi eng yaxshi innovator deb topilib, “insoniyat uchun eng muhim 32 kishi” ro‘yxatiga kiritilgan. 


Soatiga 13 km. tezlik bilan harakatlangan haydovchi dunyoda birinchi marta tezlikni oshirgani uchun jarima to‘lagan

1896-yilda Angliyadagi aholi punktlari ichida avtomobillarning tezlik chegarasi atigi 3 km/soat bo‘lgan. Ammo, hayotida birinchi mashina sotib olgan Valter Arnold cheklovlarni hech yoqtirmas edi. Bir marta u mashinasi qanchalik tez yura olishini sinab ko‘rish uchun imkon boricha tezlikni oshirgan. Natijada, politsiyachi uni 13 km/soat tezlik bilan ushlab olgan.
 
Bu hikoyaning kulgili tomoni shundaki, politsiyachi xuddi hozirgidek qoidabuzarni quvlashiga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda politsiyachi velosiped bilan 13 km/soat tezlikda harakatlanayotgan mashinaga yetib olgan. Aytgancha, tezlik oshirilganligi uchun birinchi jarima miqdori 1 shilling 26 pensni tashkil etgan. 
 

1 dona Bentley Mulsanne uchun 18 ta sigir qurbon qilingan

Bentley dunyodagi eng hashamatli va qimmatbaho mashinalarni ishlab chiqaradi. Ammo, Bentley Mulsannening qadr-qimmati nafaqat qimmat narxi bilan, balki jonivorlar hayoti bilan ham o‘lchanadi.

Gap shundaki, mazkur kompaniya ishlab chiqaradigan bitta mashinaning ichini chiroyli qilib bezatish uchun 18 ta sigir terisi kerak bo‘lgan. 


Kassetali magnitofonga ega so‘nggi mashina 2011-yilda ishlab chiqarilgan

Bugungi kunda kassetalarga kamdan-kam holatlarda duch kelamiz. Ushbu texnologiya allaqachon urfdan chiqib ketdi. 2000-yillarda tug‘ilgan yoshlar bu nima ekanligini hatto tasavvur ham qila olishmaydi.

2011-yili oxirgi marta Ford Crown Victoria mashinasiga magnitofon o‘rnatilgan. Undan keyin hech bir kompaniya mashinalariga kassetali magnitofon qo‘ymaydigan bo‘ldi. 


Avtomobillarga birinchi bortli radio Motorola kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan

бортовое радио Motorola в автомобиль

Hoynahoy siz Motorola faqat telefon ishlab chiqaradi, deb o‘ylasangiz kerak. Aslida, Motorola birinchi bo‘lib radio ishlab chiqara boshlagan. Aynan 1930-yilda u avtomobillarga birinchi bortli radiostansiyalarni ishlab chiqarib, o‘rnatishni boshlagan.

Dastlab ular juda qimmat turardi. O‘sha vaqtlarda mashinalar o‘rtacha 650 dollar tursa, radiobort 110 dollarga baholangan. Va yana bir qiziq fakt: o‘sha yillarda mashinaga bortli radiostansiya o‘rnatish uchun ikki kishi kamida bir hafta davomida mehnat qilgan. 


Bugungacha ishlab chiqarilgan Rolls-Royce avtomobillarining 75 foizi hanuzgacha ish qobliyatini yo‘qotmagan

Mazkur kompaniya har yili 75 millionga yaqin yangi avtomobillar ishlab chiqaradi. Avval ishlab chiqarilgan o‘n millionlab eski mashinalar esa qayta ishlashga yuboriladi. 


Ayol sabab yaratilgan mashina

автомобиль с газовым двигателем Карла Бенца

Karl Benz go‘zal rafiqasi Berta bo‘lmaganida avtosanoat sohasida taniqli kashfiyotchi bo‘lolmas edi. Berta erining kashfiyoti butun dunyoni o‘zgartirishi mumkinligiga amin edi. Karl o‘zi yaratgan uch g‘ildirakli mashinasini sotishdan umidini uzib o‘tirganida xotini ikki o‘g‘lini olib boshqa shaharga, onasinikiga yo‘l oladi. 

Yo‘lda Berta ko‘plab texnik muammolarga duch keladi, ammo mashinadan voz kechmaydi. Ayol uyiga qaytib kelganida turmush o‘rtog‘iga yog‘och tormozni o‘zgartirmay turib, mashinaga yonilg‘i baki, dvigatel, sovutish tizimi kabi narsalarni o‘rnatib bo‘lmaslini aytadi.
Ayolining bu sayohati Karl Benzni mashina olamida dahoga aylantirdi.


Avtomobildagi kruiz-kontrol qurilmasini ko‘zi ojiz odam ixtiro qilgan

Круиз-контроль изобрел слепой человек

Круиз-контроль история

Aslida, avtomobildagi kruiz-kontrol (doimiy tezlikni sozlash) qurilmasi 1950-yillarda paydo bo‘lgan. Uning muallifi bo‘lgan Ralf Titorning ko‘zi 5 yoshida butunlay ko‘rmay qolgandi.

Ko‘zi ojiz bo‘lishiga qaramay Titor daho bo‘lib tug‘ilgan edi. U haqiqiy muhandis ko‘rishi shart emas, asosiysi tasvirlarni tasavvur qila olishi kerak deb o‘ylab, mashina yaratishni orzu qilib yurgan. Ushbu maqsadlar uchun u o‘zida o‘ta sezgir eshitish qobiliyatini shakllantirdi. Qo‘llarini yuqori sezgirlikka o‘rgatdi. Universitetni tugatib, muhandis bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinchalik esa, u AQSh dengiz floti kemalari uchun dvigatellar ishlab chiqaradigan kompaniyaga rahbarlik qilgan.

1948-yilda mashina haydash vaqtida haydovchilarning rulda uxlab qolish muammosiga Titor yechim topishga urinadi. Kashfiyotchi avtoulovchilarga yordam beradigan Speedostat qurilmasi ixtirosi ustida ishlay boshladi. Oradan 10 yil o‘tgach, bu ixtiro uchun unga patent beriladi. Va shu bilan birga, 1958-yilda zamonaviy kruiz nazoratining ajdodi Chrysler qimmat avtomashina modellari uchun taklif qilina boshlandi. 


XX asrning boshlarida ichki yonuv dvigateli bilan ishlaydigan avtomobillarga qaraganda elektromobillar ko‘p bo‘lgan

Электрокары New York Edison Company

O‘tgan asrning boshlarida avtomobillarni harakatlantiradigan benzinga “yoqimsiz” yoqilg‘i sifatida qaralgan. Natijada, 1900-yilda dunyo yo‘llarida harakatlanadigan mashinalarning 40 foizga yaqini bug‘ dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib 38 foizi elektromobillardan iborat bo‘lgan. Benzin bilan ishlaydigan avtomobillar esa 22 foizdan oshmagan.


Ko‘pchilik shaxsiy avtomobillarning 95 foiz umri yurish bilan emas turish bilan o‘tadi

личный автомобиль парковка

Odamlar o‘z qulayligi uchun sotib olgan mashinalari asosan ofis yoki savdo markazi ostida egalarini kutish bilan umrlarini o‘tkazishadi. Albatta, bu o‘rtacha ko‘rsatkich. Ba’zilar avtoulovlari bilan doimiy harakatda bo‘lishadi.
 
Shuning uchun, keyingi safar siz yangi qimmatbaho mashinaga ko‘p pul sarflashdan oldin bu xarajat chindan ham bunga arziydimi, yo‘qmi yaxshilab o‘ylab ko‘ring.


Bu ham qiziq

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni shaxsiy mas’uliyatni oshir…
11:25 / 05.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!