$
12892.91 UZS
34.76
160.34 UZS
0.63
14512.26 UZS
6.98
35° Kechasi 21°

Italiyaning maftunkor shaharchalari

11:07 / 31.12.2014

Italiya o‘zining xushta'm taomlari, boy tarixi va go‘zal manzaralari bilan mashhur. Bu yerda sayyohlar qadimiy yodgorlik va binolarni, zamonaviy savdo markazlari va eng yaxshi butiklarni, lazzatli pitssa va qahvani, xushmanzara plyajlar va viqorli tog‘larni ko‘rishlari mumkin. Italiyaning eng maftunkor shaharchalari bo‘ylab virtual sayohat qilishga nima deysiz?

1. Atrani. Bu shaharcha Amalfiya sohil bo‘yida joylashgan bo‘lib, Italiya janubidagi eng kichik shahardir.  

2. 

3. 

4. Kastelsardo. Atigi besh ming kishi istiqomat qiladigan bu shaharcha Sardiniyada. Shaharchadagi inshootlardan O‘rta yer dengizi ko‘rinib turadi.  

5. 

6. 

7. Vogonya. Ikki mingga yaqin kishi yashaydigan bu mo‘'jazgina kommuna tog‘lar bilan o‘ralgan. Bu yerdagi Viskonti qal'asi 1344 yilda qurilgan.  

8. 

9. 

10. Alberobello. Shahar o‘zining trullo deb nomlanuvchi antiqa inshootlari bilan nom qozongan. U Apuliya hududida joylashgan bo‘lib, toshdan qurilgan ayrim kulbalarda qadimiy sirli belgilar saqlanib qolgan.  

11. 

12. 

13. Neyve. Uch mingdan ortiqroq aholisi bo‘lgan bu shaharcha dunyodagi eng go‘zal kun botishini tomosha qilish uchun zo‘r joy.  

14. 

15. 

16. Monte-Izola. Bu kommunaning maydoni atigi 12,8 kv. km. bo‘lib, mamlakatdagi eng yirik ko‘l oroli hisoblanadi.  

17. 

18. 

19. Kolletta-di-Kastelbyanko. Bu qadimiy qishloq to‘laligicha toshdan bunyod etilgan. Taxmin qilishlaricha, uni XIII asrda saratsinlardan himoyalanish uchun tashkil etishgan.  

20. 

21. 

22. Vernatssa. Chinkve-Terre hududidagi beshta shahardan biri. Bu yerda 1200 ga yaqin aholi yashaydi va Italiya Riverasidagi baliqchilar maskanlaridan biri hisoblanadi.  

23. 

24. 

25. Otranto. Bir paytlar bu shaharcha o‘z naslli otlari bilan mashhur bo‘lgan. Shaharchada olti mingga yaqin kishi istiqomat qiladi. Diqqatga sazovor maskanlardan biri 1485 yilda qurilgan Aragon qal'asidir.  

26. 

27. 

28. Glorensa. Bu kommuna Italiyaning shimoliy qismida bo‘lib, bu yerda mingga yaqin kishi yashaydi. Qiziq fakt: aholining aksariyat qismi nemischa so‘zlashadi.  

29. 

30. 

31. Dotssa. Dotssa har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan devorga surat chizish festivali bilan dovruq qozongan. Binolar devorlarida o‘z ijod namunalarini qoldirish uchun bu yerga butun dunyodan rassomlar kelishadi.  

32. 

33. 

34. Polinyano-a-Mare. Janubiy Italiyaning bu kommunasi Adriatika dengizida joylashgan bo‘lib, o‘zining mashhur plyaji bilan maqtana oladi. Bu yerdagi “Grotta Palazzese” mehmonxonasining restorani g‘or ichida joylashgan.  

35. 

36. 

37. Malchezine. Shaharcha Garda ko‘lining sharqiy sohilida, Venetsiyadan taxminan 120 km. uzoqlikda joylashgan. Bu yer go‘zal manzarasi bilan odamni o‘ziga jalb qiladi.  

38. 

39. 

40. Korinaldo. Bu shaharchada XIV asrda qurilgan devorlar saqlanib qolgan. U shuningdek, Avliyo Mariya Goretti tug‘ilgan shaharcha sifatida ham mashhur. 

41. 

42. 

43. Boza. Bu sehrli shaharcha go‘zal binolari va palmalari bilan mashhur. Bu yerda sakkiz mingga yaqin kishi yashaydi. Iqtisodiyotning asosiy qismi qishloq xo‘jaligi va baliqchilikka to‘g‘ri keladi.  

44. 

45. 


Bu ham qiziq

AQShni ixtiyoriy tark etish dasturi doirasida mamlakatdan ilk noqonuniy migrantlar chiqarib yuborildi

AQShni ixtiyoriy tark etish dasturi doirasida mamlakatdan ilk noqonuniy migrantlar chiqarib yuborildi

Gondurasda ularga 100 dollar, Kolumbiyada esa “ijtimoiy xizmatlar” taqdim etilgan.
15:44 / 20.05.2025
Migrantlar O‘zbekistonga uch oyda 3,3 mlrd dollar pul jo‘natmalarini amalga oshirgan

Migrantlar O‘zbekistonga uch oyda 3,3 mlrd dollar pul jo‘natmalarini amalga oshirgan

Joriy yil ilk choragida mamlakatga migrantlar jo‘natgan pullar o‘tgan yil mos davriga nisbatan 800 million dollarga ko‘payga…
12:12 / 20.05.2025
Mitsubishi liftlari O‘zbekistonda ishlab chiqariladi

Mitsubishi liftlari O‘zbekistonda ishlab chiqariladi

TEXNOPARK rahbariyati va Shanghai Mitsubishi Elevator Co., Ltd. top-menejerlari o‘rtasida memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, …
12:11 / 20.05.2025
Butun Ispaniya mobil aloqa va internetsiz qoldi

Butun Ispaniya mobil aloqa va internetsiz qoldi

Butun Ispaniya hududida uyali aloqa tarmoqlari ishlamay qoldi. Mamlakat internet va uyali aloqasiz qoldi.
20:24 / 20.05.2025
“Oltin gumbaz” bizni 100 foiz himoya qiladi” – Donald Tramp

“Oltin gumbaz” bizni 100 foiz himoya qiladi” – Donald Tramp

“Bu supertexnologiya dunyoda faqat bizda bor. “Oltin gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimini ishga tushirish taxminan 175 mi…
11:58 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 35 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga 35 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi

Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonga 35 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. Bu ha…
19:36 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni ushlashda yordam bergan fuqaroga 10 mln so‘m berildi

IIB xodimini pichoqlagan shaxsni ushlashda yordam bergan fuqaroga 10 mln so‘m berildi

Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
09:26 / 21.05.2025
1-iyundan Bahrayn, Kuvayt, O‘mon fuqarolari uchun O‘zbekistonda 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilinadi

1-iyundan Bahrayn, Kuvayt, O‘mon fuqarolari uchun O‘zbekistonda 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilinadi

“2025–2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmni…
09:57 / 20.05.2025
Toshkentdagi 5 ta tumanning ayrim hududlarida vaqtincha tabiiy gaz bo‘lmaydi

Toshkentdagi 5 ta tumanning ayrim hududlarida vaqtincha tabiiy gaz bo‘lmaydi

Ta’mirlash ishlari tufayli Olmazor, Chilonzor, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlarining quyidagi hududlariga 21…
10:18 / 21.05.2025
Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan jami 854,6 milliard so‘m ajratilishi belgila…
10:19 / 20.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!