$
12581.97 UZS
84.22
157.75 UZS
0.96
14698.26 UZS
39.65
31° Kechasi 19°

Allergiyaning paydo bo‘lish sabablari

07:33 / 03.05.2015

So‘nggi paytlarda “allergiya” so‘zi qulog‘imizga avvalgidan ko‘proq chalina boshladi. Allergiya nima o‘zi: kasallikmi yoki organizmning himoya funksiyasi?

Mazkur maqolada bunga ilmiy darajada oydinlik kiritishga harakat qilamiz.

Allergiya kasallikmi yoki organizmning asrlar davomila shakllangan himoya reaksiyasimi? Olimlarning bu boradagi fikrlari qarama-qarshi bo‘lib, balki aynan shu sababli bizni allergiyaning yoqimsiz belgilaridan butunlay xalos etishi mumkin bo‘lgan dori hanuz o‘ylab topilmagan. Biz mazkur masalaga oydinlik kirituvchi qiziq fakt va tadqiqotlarga boy bo‘lgan maqolani e'tiboringizga havola etmoqdamiz.

Menda hech qachon biror nimaga nisbatan allergiya umuman bo‘lmagan. Olti yoshlik paytimda qo‘lupnay iste'mol qilganim natijasida toshmalar toshgan, o‘zimning allergik reaksiyalarim haqida aytishim mumkin bo‘lgan narsalar shulardan iborat xolos. Ba'zi tanishlarimda gullaydigan o‘simliklar, masalan, chinor daraxti guliga nisbatan allergik reaksiya katta yoshda bo‘lgan paytda paydo bo‘lgan, ba'zilarni esa 13 yoshda allergiya bezovta qilmay qo‘ygan. Nima uchun bunday bo‘ladi, undan qanday saqlanish mumkin, uni chetlab o‘tishning iloji bormi yoki u nasliymi?

Allergíya (qad.grekcha ἄλλος — boshqa, begona + ἔργον — ta'sir) — organizm immun tizimining allergenning qayta ta'siriga nisbatan o‘ta ta'sirchanligini bildiradigan tushunchadir.

Olimlar hali ham yagona bir fikrga kelishmagan va allergiya qayerdan paydo bo‘lishini aniq ayta olmaydilar, biroq allergiyaning u yoki  bu turidan aziyat chekayotgan insonlar soni ortib bormoqda. Allergenlar orasida lateks, oltin, chang (ayniqsa, ambroziya, amarant), penitsillin, hasharotlar zahari, yeryong‘oq, papayya, meduzalarning chaqib olishi, tuxum, mol go‘shti va nikelni alohida ajratib ko‘rsatishimiz mumkin.

Mazkur moddalar ta'sir etganida organizm turlicha reaksiya qilishi mumkin: toshmalardan tortib, o‘limgacha. Toshmalar paydo bo‘lishi, lablar shishishi, titroq turishi, burun bitishi va ko‘zlar achishishi – bularning bari allergiya natijalaridar. Oziq-ovqat allergiyasi esa qayd qilish va diareyaga olib keladi. Juda omadsiz kamchilikda esa allergiya sababli anafilaktik shok natijasida o‘lim reaksiyasi sodir bo‘lishi mumkin.

Dorilar bor, ammo ulardan hech qaysisi allergiyadan batamom xalos eta olmaydi. Antigistamin vositalar belgilarni vaqtinchalik bartaraf etishi mumkin, ammo uyquga elitish va boshqa yoqimsiz qo‘shimcha effektlarga ham sabab bo‘ladi. Hayotni saqlab qolishi mumkin bo‘lgan dori vositalari bor, ammo ularni juda uzoq muddat davomida qabul qilib yurish kerak, ya'ni bitta turdagi dori bilan allergiyadan xalos bo‘la olmaysiz.

Olimlar bu kasallik paydo bo‘lishining asosiy sabablarini aniqlasalargina bizni allergiyadan butunlay xalos etadigan dorini topishlari mumkin. Bundan tashqari “Biz umuman olganda nima uchun allergiyadan aziyat chekamiz?”, degan global darajadagi masala ham mavjud.

Aynan shu fundamental savol 20 yildan beri immun tizimiga oid kashfiyotlarni amalga oshirib kelayotgan va 4 million yevro miqdoridagi Else Kröner Fresenius Awardga o‘xshagan bir necha jiddiy yutuqlarga erishgan olim Ruslan Medjitovni ham o‘ylantirmoqda. Bu savolga aniq javob hali hech kimda yo‘q. Allergiya organizmimizda yashovchi parazit qurtlar zahariga nisbatan reaksiyadir, degan nazariya mavjud. Ancha rivojlangan va deyarli steril mamlakatlar immun tizimi o‘zi avval uchratmagan va o‘rganmagan narsalarga nisbatan o‘ta keskin javob qaytaradi. Ya'ni rivojlanayotgan davlatlarda yuvilmagan mevalarni iste'mol qilib katta bo‘layotgan bola allergiya nimaligini hatto bilmasligi ham mumkin yoki aksincha ota-onalari uydagi jihozlarni sanitayzerlar bilan artadigan va pollarni kuniga ikki marotaba yuvadigan bolalar “Bu bizga mumkin emas! Bunga nisbatan bizda allergiya bor!” kabi yaxlit allergiya buketiga ega bo‘lishi mumkin. 

Medjitov buni noto‘g‘ri va allergiya faqatgina bioliogik xato, deya o‘ylamaydi. 

Allergiya bu – zararli kimyoviy moddalardan himoyalanish. O‘n million yil muqaddam ajdodlarimizga yordam bergan himoya hozirda bizga ham ko‘mak bermoqda.

U o‘z nazariyasi qarama-qarshi fikrlarga sabab bo‘lishini yaxshi biladi, ammo tarix buni isbotlashiga ishonadi.

Qadimgi dunyo tabiblari allergiya haqida juda ko‘p narsa bilishgan. Uch ming yil avval xitoylik shifokorlar kuzda burun bitishiga sabab bo‘ladigan “allergiya o‘simligi”ni tasvirlashgan. Shuningdek, miloddan avvalgi 2641 yilda Misr fir'avni Menes asalari chaqqani sababli vafot etganini isbotlovchi faktlar ham mavjud. 2,5 ming yil avval esa Rim faylasufi Lukretsiy “Kim uchundir yegulik bo‘lgan narsa, boshqa odamga zahardir”, deb yozgan.

Faqatgina 100 yil avval turli belgilarning asosiy sababchisi bitta narsa bo‘lishi mumkinligini anglab yetdilar. Tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, ko‘plab kasalliklar bakteriya va qo‘zg‘atuvchilar sababli yuzaga keladi va bizning immun tizimimiz – hujayralarining butun bir boshli qo‘shini mazkur qo‘zg‘atuvchilarga qarshi kurashadi.

Yana shunisi aniqlandiki, immun tizimi himoyadan tashqari zarar yetkazishi ham mumkin. XX asr boshida fransuz olimlari Sharl Rishe (Charles Richet) va Pol Porte (Paul Portier) toksinlarning organizmga ta'sirini o‘rganishgan. Ular dengiz anemon zaharini kam miqdorda itlarga yuborgan va keyingi miqdorni yuborguncha bir necha hafta davomida kutdilar. Natijada itlar anafilak shok natijasida o‘lgan. Itlarning immun tizimi ularni himoya qilish o‘rniga bu zaharga nisbatan ta'sirchanligini oshirgan.

Boshqa tadqiqotchilar esa ba'zi dori vositalarining toshmalar va boshqa belgilarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishini aniqlashgan. Bu ta'sirchanlik doimiy ravishda ortib borgan. Avstriyalik vrach Klemens fon Pirke (Clemens von Pirquet) organizm unga tushadigan moddalarga bo‘lgan reaksiyasini o‘zgartirishi mumkinmi, degan savolga javob topish uchun tadqiqotlar olib borgan. Bu jarayonni tasvirlash uchun grekcha so‘zlar  alos (boshqa, begona) va ergon (ish)ni birlashtirib, allergiya so‘zidan foydalangan.

Keyingi o‘n yillikda olimlar bu reaksiyalarning molekulyar bosqichlari juda o‘xshash ekanligini aniqlashdi. Allergen tana yuzasi – teri, ko‘zlar, burun teshigi, tomoq, nafas yo‘llariga tushganida jarayon boshlanib ketgan. Bu yuzalar chegarachilar vazifasini bajaruvchi immun hujayralar bilan qoplangan. “Chegarachi” allergenga to‘qnash kelganida u kutilmaganda kelgan mehmonlarni yutadi va yo‘q qiladi, undan keyin esa mana shu yuzani moddalar bilan to‘ldiradi. Undan keyin hujayra limfa tugunlarni mahalliylashtiradi va bu fragmentlar boshqa immun hujayralarga yetkaziladi, ular esa Ye yoki IgE sifatida tanilgan o‘ziga xos antitelalarni ishlab chiqaradi.

Bu antitelalar esa takror ravishda allergen bilan to‘qnash kelganida javob reaksiyani qaytaradi. Antitela immun tizimi komponenti – kimyoviy modda ajratuvchi hujayralarni ishga tushirishi bilanoq reaksiya boshlanadi. Bu moddalardan ba'zilari nervga tegib, toshma va yo‘talga saabab bo‘ladi. Ba'zida esa suyuqlik ajralishi yuzaga kelishi, bu moddalar bilan to‘qnash kelgan nafas yo‘llarida nafas olish bilan muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Allergiya

Yuqoridagi tasvir olimlar tomonidan so‘nggi yuz yillikda aniqlangan, biroq u “Qanday qilib?”, degan savolga javob berishi bilangina chegaralanadi, nima uchun biz allergiyadan aziyat chekishimizni tushuntirmaydi. Bu juda qiziq, chunki immun tizimining ko‘p qismi uchun masala ancha tushunarli. Ajdodlarimiz patogen organizmlar ta'siriga uchrashgan, tabiiy tanlash esa bu hujumni aks ettiruvchi mutatsiyalarni saqlab qolgan. Ushbu mutatsiyalar kerakli javobni qaytarish uchun haligacha yig‘iladi.

Tabiiy tanlash qanday qilib allergiyani yuzaga keltirishini ko‘rish juda murakkab bo‘lgan. Eng zararsiz bo‘lgan narsalarga kuchli allergiya ajdodlarimizning tirik qolish tizimiga kirmagan bo‘lsa kerak. Shuningdek, allergiya ham juda tanlovchi bo‘ladi. Barcha insonlar ham allergiyaga moyil emaslar va ba'zi moddalargina allergen hisoblanadi. Allergiya ayrim insonlarda katta yoshga yetganda paydo bo‘ladi, bolalar allergiyasi esa izsiz yo‘qolib ketadi (“izda katta bo‘lib qolishdi”, deyiladi). O‘n yilliklar davomida hech kim nima uchun IgE zarurligini bilmagan. U virus yoki bakteriya  to‘xtatib qolishi mumkin bo‘lgan hech qanday xususiyatini namoyon qilmagan. Bu xuddi antitelalarning bir turi bizga muammolar tug‘dirgani uchun biz evolyutsiyaga uchraganimizni ko‘rsatadi.

Masalaga ilk marotaba 1964 yilda oydinlik kiritilgan. Parazitolog Bridjit Ogilvi (Bridget Ogilvie) immun tizimining parazit qurtlarga reaksiyasini tadqiq qilgan. U qurtlar bilan zararlangan kalamushlar organizmi IgE ni juda katta hajmda ishlab chiqarishini aniqlagan. Keyingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bu antitelalar immun tizimiga hujum qilish va yo‘q qilish, degan signalni bergan.

Parazit qurtlar nafaqat kalamush, balki insonlarga ham katta zarar yetkazadi. Misol uchun, ulardan ba'zilari jigar to‘qimalariga zarar yetkazishi va saraton kasalligini vujudga keltiri mumkin, lentali qurtlar esa miyadagi o‘simtaga sabab bo‘lishi mumkin. 20 foizdan ortiq odamlarda bu qurtlar mavjud, ulardan katta qismi daromadi kam bo‘lgan mamlakatlarda yashaydi.

1980 yillarda olimlar mazkur qurtlar va allergiya o‘rtasidagi aloqani o‘rganishga kirishdilar. Balki ajdodlarimiz organizmning oqsillar yuzasidagi qurtlarni bilish va  IgE antitelasi ajratishni qobiliyatini shakllantirishgandir. Immun tizimi tomonidan teri va ichakda shakllantirilgan antitelalar organizmga bu parazitlardan biri hujum qilganida tezda reaksiya qilgan. Organizmda mazkur parazitni o‘ldirish uchun taxminan bir soat vaqt bor, deb hisoblaydi Kebridj universiteti parazitologi Devid Dann (David Dunne).

Parazitlar nazariyasiga ko‘ra, parazit qurtlar oqsili tuzilishiga ko‘ra biz kundalik hayotda duch keladigan boshqa molekulalarga o‘xshab ketadi. Natijada, parazitlar tuzilishi parazitlarnikiga o‘xshagan zararsiz oqsilga duch kelganimizda organizmimiz ortiqcha “shovqin” ko‘taradi va himoya bekorga ishlaydi. Allergiya bu holatda yoqimsiz effektga aylanadi.

Amaliyot o‘tish davrida Medjitov qurtlar nazariyasini o‘rgandi, 10 yil o‘tgach esa unda ikkilanishlar yuzaga keldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu nazariyada ma'no bo‘lmagani uchun o‘z nazariyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullandi. 

U asosan tanamiz tashqi muhitni qanday qabul qilishi haqida o‘ylagan. Biz ko‘zlarimiz yordamida fotonlar namunalarini tanish, quloqlarimiz bilan esa shamolning tebranishini bilishimiz mumkin.

Medjitov nazariyasiga ko‘ra, immun tizimi ham yorug‘lik va ovoz o‘rniga molekulyar moddalarni aniqlash tizimidir.

O‘z nazariyasiga isbotni u Yyels universiteti immunologi Charlza Jyeynueya (Charles Janeway) ishida topdi.

O‘sha paytlardayoq Jyeynuey antitiyelalarda bitta kichkina kamchilik borligini aniqlagan: yangi xujumchining agressiv harakatlariga immun tizimi javob qaytargunga qadar bir necha kun vaqt ketadi. U immun tizimida tezroq ishga tushuvchi boshqa mudofaa chizig‘i bor, deya taxmin qilgan. Balki u aniqlash tizimini bakteriyalarni tezroq aniqlash va tezroq muammoni hal qilish uchun kirishish ishlatadi. 

Medjitov Jyeynueyga murojaat etganidan keyin, ular masala ustida birgalikda bosh qotira boshlaganlar. Tez orada ular muayyan immun hujayralari yuzasida yangi sinf sensorlarini aniqladilar. Hujumchilar bilan yuzma-yuz kelganida sensor qoida buzarni o‘rab oladi va kimyoviy xatar signalini ishga soladi, u esa, o‘z navbatida, boshqa immun hujayralarga patogenlarni topish va o‘ldirishda yordam beradi. Bu bakterial hujumchilarni tanib olish va yo‘q qilishning eng tezkor va aniq usuli edi.

Ular hozirda tollga o‘xshash nomi bilan mashhur bo‘lgan yangi retseptorni kashf qilganlaridan keyin immun himoyada yangi o‘lchamni ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu esa, o‘z navbatida, tibbiy muammoni yechishda ham yordam berdi.

Infeksiyalar ba'zida butun tananing yallig‘lanishi – sepsisga olib kelishi mumkin. Birgina AQShning o‘zidayoq yiliga millionlab odamga ziyon yetkazadi. Ularning yarmi vafot etadi. Ko‘plab yillar davomida olimlar bakterial toksinlar immun tizimi faoliyatining buzilishiga olib keladi, deb hisoblashgan. Biroq sepsis bu bakteriya va boshqa “bosqinchilarga” nisbatan immun tizimining yanada o‘tkir reaksiyasidir. Mahalliy darajada harakat qilish o‘rniga butun tanadagi himoya chizig‘ini ishga soladi. Septik shok esa himoya mexanizmining vaziyat talab etadigan darajadan ortiqroq faollashishidir. Natija esa o‘lim. 

Dastlab Medjitov ilm bilan insonlarni davolash uchun shug‘ullanmaganligiga qaramay, u tomonidan qilingan kashfiyotlar sepsisga o‘zgacha ko‘z bilan qarash va shu yo‘l bilan unga mos davolash usulini aniqlash, tollga o‘xshash retseptorlar reaksiyasining asosiy sababini bilishda katta ahamiyat kasb etmoqda.

Medjitov undan ham ko‘proq narsani o‘rgana boshladi. Immun tizimi bakteriya va boshqa qoidabuzarlarga nisbatan maxsus retseptorlarga ega ekan, balki boshqa dushmanlar uchun ham bizga ma'lum bo‘lmagan retseptorlarga egadir? Ana o‘shanda u parazit qurtlar, IgE va allergiya haqida o‘ylay boshladi. Bu haqidagi fikrlarida aniq bir yechim topa olmadi. 

Darhaqiqiqat, immun tizimi parazit qurtlarga duch kelganida IgEni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Ammo ba'zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, aslida IgE bu muammoga qaratilgan asosiy qurol emas. Olimlar IgE ishlab chiqara olmaydigan sichqonlarni kuzatib shunga amin bo‘lishganki, sichqonlar parazit qurtlarga nisbatan himoyani qura olganlar. Medjitov allergenlar oqsil qurtlariga o‘xshab ko‘rinadi, degan fikrga tanqid bilan qaragan. Allergenlarning katta qismi, misol uchun knikel yoki penitsillin parazitning molekulyar biologiyasida o‘xshash analogga ega emas.

Allergenlar haqida qanchalik ko‘p o‘ylamasin, ularning tuzilishi shunchalik ahamiyatsiz ko‘rina boshladi. Balki ularni bog‘lab turgan narsa tuzilish emas, harakatdir?

Bilamizki, allergenlar ko‘p hollarda jismoniy zarralanishlarga olib keladi. Ular ochiq hujayralarni yulib oladi, oqsilni bo‘laklarga bo‘ladi. Balki allergenlar shunchalik zarar keltirar ekan, biz ulardan himoyalanishimiz lozimdir?

Allergiyaning asosiy belgilari – burun bitishi, ko‘z yoshlar, aksirish, yo‘tal, qichishish, diareya va qusish haqida o‘ylar ekanmiz, ularning barchasi yagona belgiga ega ekanligiga amin bo‘lamiz. Ular portlashga o‘xshaydi. Allergiya tananing allergenlardan xalos bo‘lish strategiyasidir.

Ma'lum bo‘lishicha, bu g‘oya turli nazariyalarining yuzasiga yana va yana qalqib chiqqan, biroq har safar uni cho‘ktirib yuborgan. 1991 yildayoq evolyutsion biolog Marji Profe (Margie Profet) allergiya toksinlar bilan kurashishini bayon qilgan. Biroq immunologlar bu g‘oyani rad etganlar, chunki Profe autsayder edi. 

Medjitov o‘zining ikki o‘quvchisi Noa Palm (Noah Palm) va Reychel Rozenshteyn (Rachel Rosenstein)lar bilan birgalikda 2012 yilda Nature deb nomlangan nazariyasini nashr ettirdi. Keyin esa uning sinovlarini boshlab yubordi. Dastlab shikastlanish va allergiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni tekshirdi. U va uning hamkasblari asalari zaharidan (u hujayra membranadarini bo‘lib tashlaydi) topilgan PLA2ni sichqonlarga yubordilar. Medjitov bashorat qilganidek, immun tizimi aynan PLA2 ga reaksiya qilmadi. PLA2 ochiq hujayralarga shikast yetkazganidagina organizm IgE ni ishlab chiqara boshladi.

Medjitovning boshqa fikrida esa antitelalar sichqonlarni himoya qilmasligi, aksincha ularni bemorga aylantirishi haqida fikr bildirilgan. Buni tekshirib ko‘rish uchun esa hamkasblar ikkinchi PLA2 inʼeksiyasini yubordilar, biroq bu safar doza ancha ko‘p edi. Birinchi dozaga nisbatan hayvonlarda reaksiya deyarli kuzatilmagan bo‘lsa, ikkinchi safardan keyin esa tana harorati keskin ko‘tarildi, hatto o‘limgacha yetib bordi. Biroq ba'zi sichqonlarda noma'lum sabablarga ko‘ra, muayyan allergik reaksiya kuzatildi, ularning tanasi PLA2 ni eslab qolib uning ta'siri kamaytirdi.

Mamlakatning narigi qismida esa boshqa olim Medjitov nazariyasini yanada ko‘proq tasdiqlaydigan tajriba o‘tkazdi. Stenndford tibbiyot universitetida patalogiya kafedrasi mudiri Stiven Galli (Stephen Galli) allergik reaksiya natijasida insonlarni o‘ldirishi mumkin bo‘lgan sirli immun hujayralar – tuchniye hujayralarni o‘rganishga bir necha yilini sarfladi. U mazkur tuchniy hujayralar aslida tanaga yordam beradi, deya taxmin qilgan. Misol uchun, 2006 yilda u va uning hamkasblari semiz hujayralar ilon zaharidagi toksinni yo‘q qilishini aniqlashgan. Bu kashfiyot Gallini Medjitov o‘ylagan narsa haqida o‘ylashga majbur etdi, ya'ni allergiya aslida himoya bo‘lishi mumkin.

To‘yingan hujayralar 

Galli va uning hamkasblari ham sichqonlar va asalari zahari bilan o‘sha tajribani o‘tkazganlar. Ular avvalari bu turdagi zahar bilan to‘qnash kelmagan sichqonlarga IgE antitelasini yuborganlarida, ularning organizmi o‘limga olib boruvchi dozadan xuddi mazkur toksinlar harakatidan shikastlangan sichqonlar organizmi kabi himoya olganlar.

Barcha tajribalarga qaramay, ko‘plab savollarga hali ham javob topilmagan. Qanday qilib asalari zahri natijasida olingan shikastlanishlar IgE ning himoya javobiga olib keladi va qanday qilib IgE sichqonlarni himoya qiladi? Bu Medjitov va uning guruhi ish olib borayotgan masalalardir. Ularning fikriga ko‘ra, asosiy muammo bu – o‘sha to‘yingan hujayralar va ularning ishlash mexanizmi. Jyeymi Kallen (Jaime Cullen) IgE antitelalari semiz hujayralarni qanday qilib eslab qolishi va qanday qilib alleregenlarga ta'sirchan va ba'zi hollarda esa o‘ta ta'sirchan bo‘lib qolishini o‘rgangan.

Medjitov bu tajriba nimani ko‘rsatishini oldindan aytib bergan, unga ko‘ra muayyan allergenlar uyning signalizatsiya tizimi sifatida ishlaydi. Uyingizga o‘g‘ri tushganligini bilish uchun uning yuzini ko‘rish shart emas – singan oynadan ham buni anglashingiz mumkin. Allergen natijasida yuzaga kelgan shikastlanishlar immun tizimini uyg‘otadi, u esa yaqin orada joylashgan molekulalarni yig‘ib, ularga antitelalarni ishlab chiqadi. Ana endi qoidabuzar aniqlandi va keyingi safar unga qarshi kurashish ancha oson kechadi.

Allergiya evolyutsiya nuqtai-nazaridan uyning signalizatsiya tizimi sifatida olib qaraganda mantiqiy jihatdan to‘g‘ri hisoblanadi. Zaharli kimyoviy moddalar ularning manbaiga qaramay (zaharli hayvonlar yoki o‘simliklar) ancha oldinroq inson sog‘lig‘iga tahdid solgan. Allergiya mazkur moddalarni organizmdan chiqarib, ajdodlarimizni himoya qilgan bo‘lsa kerak. Ajdodlarimiz his qilgan noqulaylik esa ularni xavfsizroq joylarga ko‘chib o‘tishga majbur qilgan.

Boshqa adaptatsion mexanizmlar kabi allergiya ham mukammal emas. U bizlarning zaharli moddalar natijasida o‘lishimiz ehtimolini kamaytiradi, biroq bu tavakkalchilikni butunlay olib tashlolmaydi. Ba'zida o‘ta keskin reaksiya tufayli allergiya o‘ldirishi mumkin, bu it va mushuklarda o‘tkazilgan tajribalarda isbotlangan. Biroq allergiyaning foydali tomonlari ko‘proq.

Bu muvozanat yangi sintetik moddalarning paydo bo‘lishi bilan o‘zgardi. Ajdodlarimiz o‘rmonning boshqa tarafiga ko‘chib o‘tish orqali allergiyadan xalos bo‘lishlari mumkin bo‘lgan, biroq ba'zi moddalardan xalos bo‘lish u qadar oson emas.

Dann Medjitov nazariyasiga tanqid ko‘zi bilan qaragan. U Medjitov parazit qurtlar yuzasidagi oqsillar miqdoriga yetarlicha e'tibor qaratmagan, degan fikrda. Ya'ni zamonaviy dunyoda katta miqdordagi allergenlar niqobi ostida bo‘lgan oqsillarni nazardan qochirgan, deb hisoblaydi.

Keyingi bir necha yil Medjitov tanqid ko‘zi bilan qarovchilarni boshqa tajribalar yordamida ishontirishga umid bildirmoqda. Balki bu bizning allergiyaga bo‘lgan munosabatimizni ham o‘zgartirar. U tajribalarni changga bo‘lgan allergiyadan boshlash niyatida. Medjitov o‘z nazariyasi tezda muvaffaqiyatga erishishiga umid qilmayapti. U insonlarning allergiyaga kasallik sifatida qarashini to‘xtatishga erishishidan xursand bo‘lmoqda.

Aksiryapsanmi, demak bu yaxshi, chunki sen o‘zingni himoya qilyapsan. Evolyutsiyani bu paytda sen o‘zingni qanday his qilayotganing qiziqtirmaydi.

Maqolani o‘qib chiqqach, allergiyaga bo‘lgan munosabatingiz o‘zgardimi? Allergiya biz qo‘rqqan darajada xavfli ekanmi? Bu borada sizning fikrlaringizni kutib qolamiz.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonliklar necha yoshda oila qurmoqda?

O‘zbekistonliklar necha yoshda oila qurmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlarida respublika bo‘yicha 95…
17:47 / 13.08.2025
O‘zbekistonliklar huquq va buxgalteriya sohasidagi xizmatlar uchun salkam 1,5 trillion so‘m pul to‘lagan

O‘zbekistonliklar huquq va buxgalteriya sohasidagi xizmatlar uchun salkam 1,5 trillion so‘m pul to‘lagan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan qarib 12 foizga oshdi
18:56 / 14.08.2025
Ukraina MDHning yana bir kelishuvidan chiqdi

Ukraina MDHning yana bir kelishuvidan chiqdi

Bu haqda Ukraina Vazirlar Mahkamasining Oliy Radadagi vakili Taras Melnichuk o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
09:49 / 14.08.2025
Prezident sun’iy intellektni qo‘llash orqali daromadni 20-30 foizga oshirish hamda yashirin iqtisodiyot omilini kamaytirish mumkinligi qayd etdi

Prezident sun’iy intellektni qo‘llash orqali daromadni 20-30 foizga oshirish hamda yashirin iqtisodiyot omilini kamaytirish mumkinligi qayd etdi

Bosh vazirga belgilangan vazifalar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi
19:32 / 13.08.2025
Germaniya Ukrainaga qurol-yarog‘ xaridi uchun 500 mln dollar ajratadi

Germaniya Ukrainaga qurol-yarog‘ xaridi uchun 500 mln dollar ajratadi

Umuman olganda, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri Germaniya Kiyev uchun taxminan 40 mlrd yevro…
14:20 / 14.08.2025
Armaniston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan chiqsa, yalpi ichki mahsulotining katta qismi inqirozga uchraydi

Armaniston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan chiqsa, yalpi ichki mahsulotining katta qismi inqirozga uchraydi

Tadqiqotlarga ko‘ra, Kavkaz davlatining iqtisodi bu tashkilotga salkam qaramlik holatiga kelib qolgan
20:33 / 13.08.2025
O‘zbekistonda aholining ishsizlik darajasi pasaydi

O‘zbekistonda aholining ishsizlik darajasi pasaydi

O‘zbekistonda 2025-yilning birinchi yarmida ishsizlik darajasi 0,4 foizga kamayib, umumiy 5,1 foizni tashkil etgan.
17:05 / 14.08.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan texnik nosozlik sabab 399,3 mlrd so‘m yechib oldi

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan texnik nosozlik sabab 399,3 mlrd so‘m yechib oldi

Qo‘mita xabariga ko‘ra, hozirda ushbu mablag‘lar qaytarilmoqda.
11:27 / 14.08.2025
PSJ UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

PSJ UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

Jamoa penaltilar seriyasida “Tottenhem”dan ustun keldi.
10:03 / 14.08.2025
O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qismi qancha?

O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qismi qancha?

Qariyb 38 million aholidan bor yo‘g‘i yarmidan sal ko‘prog‘i mehnatga yaroqli ekanligi ma’lum bo‘ldi
22:48 / 13.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!