$
12965.34 UZS
-14.82
161.34 UZS
-0.29
14525.07 UZS
-81.5
37° Kechasi 18°

Qonimiz qizil bo‘lsa, unda nega tomirlarimiz ko‘k rangda?

11:05 / 13.01.2020

Har bir inson qon qizil rangda bo‘lishini biladi. Arterial va kapillyar tomirlardagi qon yorqin qizil, vena tomirlarida oqadigan qon esa to‘q qizil rangda bo‘ladi. Ammo terimizga qaraydigan bo‘lsak, tomirlarning rangi ko‘kligini ko‘ramiz. Xo‘sh, nega bunday?

 Bu savolga birdaniga ikki xil javob berish mumkin.

Ko‘k qon

Gemoglobin sabab qonimiz qizil rangda. Gemoglobin – temir modda bilan organik birikmani o‘z ichiga olgan murakkab oqsil. Gemoglobinning asosiy vazifasi organizmni kislorod bilan taminlash va tananing hamma yeriga karbonat angidridni yetkazib berish. Shunga ko‘ra agar gemoglobin kislorodsiz bo‘lsa, u qizil-ko‘k rangga kiradi. Agar u kislorod bilan to‘yingan bo‘lsa, yorqin qizil rangda bo‘ladi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, venoz qon (vena tomirlarida oqadigan qon)da kislorod kam bo‘ladi va shuning uchun uning rangi ko‘kimtir bo‘ladi. 

Optik illyuziya
Venoz qoning ko‘kimtir rang hosil qilishi tanadagi barcha tomirlarning rangi nima uchun ko‘k rangda degan savolga javob bo‘la olmaydi. Bu yerda boshqa bir masala – optik illyuziya bor. 

Yorug‘lik. Fizikani yaxshi o‘qiganlar bilishadiki, biz turli ranglarni turli darajada qaytadigan yorg‘lik nurlari orqali ko‘ramiz. Har bir yorug‘lik to‘lqini har xil uzunlikka ega. Masalan, binafsharang to‘lqinlarning uzunligi 450 nanometrga teng, qizil rangniki esa 630 nanometrga yetadi. Ya’ni yorug‘lik biror nimaga tushganda nur qaytaradi, bu esa bizning ko‘zimizga rang bo‘lib ko‘rinadi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, biz ko‘rayotgan har bir narsa yorug‘lik to‘lqinlarining aksidir. 
Qizil to‘lqinlar ichkariga kirib, gemoglobin bilan so‘rilib ketadi, deyarli qaytarilmaydi. Lekin ko‘k to‘lqinlar deyarli butunlay aks etadi. Shuning uchun, tomirlarning rangini ko‘k deymiz. 

Buni yanada yaxshiroq tushinish uchun qo‘lingizga qizil chiroq tushirib ko‘ring. Bunda tomirlaringiz o‘rnida faqat qora chiziqlarni ko‘rasiz. Agar qo‘lingizga ko‘k chiroq tushiradigan bo‘lsangiz hech qanday tomirlarni ko‘rmaysiz. 

XIX asr aristokratlarida oq teri zodagonlik belgisi hisoblanar edi. Ular har doim quyosh nuridan saqlanib yurib, deyarli umuman qorayishmagan (zagar olishmagan). Shuning uchun aristokratlarning oppoq terisida ko‘k tomirlar ko‘proq sezilib turgan. Qoraygan terida esa tomirlarning rangi deyarli sezilmagan. Xuddi mana shu sabab “ko‘k qonli odam” atamasi paydo bo‘lgan.


Bu ham qiziq

Husanov jamoasi mavsumni titul bilan yakunlay oladimi?

Husanov jamoasi mavsumni titul bilan yakunlay oladimi?

Bugun “Man Siti” Angliya kubogi finalida o‘ynaydi.
10:49 / 17.05.2025
“Yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralarining ish haqi 7-10 million so‘mdan oshadi”– Mirziyoyev

“Yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralarining ish haqi 7-10 million so‘mdan oshadi”– Mirziyoyev

Maktablarda 1 millionga yaqin, bog‘chalarda 1,5 million yangi o‘rinlar yaratilgan.
13:57 / 15.05.2025
Eron AQSh bilan yadro kelishuvini imzolashga tayyor

Eron AQSh bilan yadro kelishuvini imzolashga tayyor

Mamlakat rasmiylari iqtisodiy sanksiyalar bekor qilinsa bu bitimga erishish mumkinligini ma’lum qilgan.
12:16 / 15.05.2025
Ertaga may oyidagi eng yuqori harorat kuzatilishi mumkin

Ertaga may oyidagi eng yuqori harorat kuzatilishi mumkin

Ertaga poytaxtda so‘nggi 170-yillikdagi may oyida hech qachon kuzatilmagan eng yuqori harorat rekordi yangilanishi mumkin.
22:40 / 15.05.2025
17-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
04:30 / 17.05.2025
Sergelidagi do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi

Sergelidagi do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:21 da yong‘inga yetib borib, yong‘in soat 11:00 da qurshab olingan va soa…
11:41 / 15.05.2025
“Bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanadi” – Mirziyoyev

“Bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanadi” – Mirziyoyev

Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman prokurorlari qonun ustuvorligini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani ko‘rs…
14:15 / 15.05.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
21:45 / 15.05.2025
Toshkentda metan “zapravka” 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkentda metan “zapravka” 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi. Bu haqda …
09:32 / 17.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!