$
12557.67 UZS
2.51
147.37 UZS
-0.32
13448.01 UZS
17.76
30° Kechasi 19°

Iskandar Zulqarnayn tiriklayin ko‘milganmi? Shoh o‘limi siri fosh qilindi

14:46 / 07.02.2020

Otago Universiteti tibbiyot professori Ketrin Xoll Aleksandr Makedonskiyni o‘limga mahkum qilgan kasallikka tashxis qo‘ydi va uni “The Ancient History Bulletin” ilmiy jurnalida chop etdi.

 
Iskandar Zulqarnayn – Makedoniya podshohi, dunyoning anchagina qismini egallagan buyuk sarkarda eramizdan avvalgi 323-yilning 10-iyunida Bobil shahrida to‘satdan vafot etgan. Shohning o‘limini tarixchilar moʻjiza bilan bog‘lashadi: chunki uning tanasi 6 kun davomida aynimasdan o‘zgarishsiz qolgan. Bu haqida qadimgi yunon yozuvchisi va faylasufi Plutarx o‘z manbalarida yozib qoldirgan.

Ketrin Xollning fikricha, hech qanday moʻjiza sodir bo‘lmagan. Shunchaki sarkarda juda kam uchraydigan, bora-bora odamni falaj qilib qo‘yadigan nevrologik kasallikdan vafot etgan. Qimirlamay qolgan tanani o‘lgan gumon qilib, dafn etishgan. Aslida Iskandar sarkofagga o‘rab ko‘milayotgan chog‘ida tirik bo‘lgan.
Zulqarnaynning aynan qaysi kasallikdan o‘lgani xususida tarixiy manbalarda yozib qoldirilmagan. Bu boradagi taxminlar esa yil sayin urchib bormoqda. 
Ayrim olimlar uni zaharlab o‘ldirishgan deyishsa, boshqalari esa vinoni ko‘p miqdorda ichgani natijasida kelib chiqqan o‘tkir pankreatitdan jon taslim qilgan deyishadi. 
Tibbiyot professorlari tomonidan ilgari surilgan tashxislar orasida esa bezgak, tif, shistosomoz, saraton, leyshmanioz va hatto gripp va o‘pka shamollashi ham bor.
“Giyena – Barre” sindromi — Ketrin Xoll Iskandar Zulqarnaynga shunday tashxis qo‘ydi. Bu xastalik nerv tugunlarini chalkashtirib, umumiy falajlikka olib keladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lmish “Campylobacter pylori” virusi ingichka ichakda shamollash paydo qiladi. Shoh esa aynan qorindagi qattiq og‘riqdan shikoyat qilgan.
 
Falajlik butun tanani egallab olgach, Iskandar hushidan ketgan. Qimirlamay qolgan, nafas olishi atrofdagilarga bilinmaydigan darajada sustlashgan tanani ko‘rib, hamma uni o‘lgan deb o‘ylagan. 
“...Shuncha vaqt davomida uning tanasi toza va urinmagan holda qoldi”, hayratini to‘kib solgandi Plutarx o‘z solnomalarida. Ketrin Xoll esa nega shunday bo‘lganini asoslab berdi. 
Baxtga qarshi bu tashxisning to‘g‘ri-noto‘g‘riligini tekshirib ko‘ra olmaymiz. Chunki Iskandar Zulqarnaynning qabri haligacha topilmagan.

Bu ham qiziq

Qaysi hududda umumiy ovqatlanish obyektlari ko‘p?

Qaysi hududda umumiy ovqatlanish obyektlari ko‘p?

1-iyun holatiga yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 27 916 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
10:07 / 01.07.2024
Ko‘zni dam oldiradigan damlamalar

Ko‘zni dam oldiradigan damlamalar

Bunda ko‘z “yengillashadi”, undagi ortiqcha moddalar chiqib ketadi va tomchi dorilar yaxshi natija beradi.
13:09 / 01.07.2024
Abbosbek Fayzullayev Parij Olimpiadasida qatnashmaydimi?

Abbosbek Fayzullayev Parij Olimpiadasida qatnashmaydimi?

Marko Nikolich Abbosbek Fayzullayevning Parij Olimpiadasida ishtirok etishi borasidagi savollarga javob berdi.
13:12 / 01.07.2024
Sochni tez o‘stiradigan usullarning eng saralari

Sochni tez o‘stiradigan usullarning eng saralari

Hindistonlik qizlar sochlarining uzunligi va jilosi uchun foydalanadigan eng mashhur retseptlarni sizga taqdim etamiz.
15:49 / 30.06.2024
Yoga kelgusi Olimpiya o‘yinlariga kiritiladimi?

Yoga kelgusi Olimpiya o‘yinlariga kiritiladimi?

Bu haqda Milliy olimpiya assotsiatsiyasi Osiyo Olimpiya kengashining amaldagi rahbari Raja Randhir Singxga maktub yo‘llagan.
17:05 / 01.07.2024
Joriy yilning 1-iyul sanasidan boshlab, O‘zbekiston qonunchiligida bir qator o‘zgarishlar kuchga kirmoqda

Joriy yilning 1-iyul sanasidan boshlab, O‘zbekiston qonunchiligida bir qator o‘zgarishlar kuchga kirmoqda

Unga ko‘ra, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar, IT-kompaniyalar uchun grantlar, maktablarda fo…
13:07 / 01.07.2024
Neuralink kompaniyasi ikkinchi bemorga o‘rnatiladigan miya chipi operatsiyasini kechiktirdi

Neuralink kompaniyasi ikkinchi bemorga o‘rnatiladigan miya chipi operatsiyasini kechiktirdi

Bu haqda Barrou nevrologik instituti bosh direktori Maykl Lotton xabar berdi.
16:30 / 01.07.2024
Iyulning ilk kunida qanday ob-havo kuzatiladi?

Iyulning ilk kunida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 1-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutl…
17:27 / 30.06.2024
Yaqinda WhatsApp 47 ta smartfon modelida ishlashni to‘xtatadi

Yaqinda WhatsApp 47 ta smartfon modelida ishlashni to‘xtatadi

Oqibatda ilovaning yangi funksiyalari yo‘qolishi mumkin.
16:33 / 01.07.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!