$
12581.97 UZS
84.22
157.75 UZS
0.96
14698.26 UZS
39.65
31° Kechasi 19°

Ekzema – kelib chiqish sabablari, belgilari va davolash usullari haqida batafsil

17:46 / 14.05.2021

Ekzema – juda koʻp uchraydigan teri kasalliklaridan biri. Ushbu kasallik kuchli qichishish va qizarishni keltirib chiqaradi. Kasallikka doir keng tarqalgan savollarga oliy toifali dermatolog-kosmetolog Yusupova Sapargul Abdiqodirovna javob beradi.

- Ekzema qanday kasallik hisoblanadi?

- Ekzema – terining surunkali kasalliklaridan biri boʻlib, vaqti-vaqti bilan qaytalanib turadi. U terida toshmalar paydo boʻlishi bilan sifatlanadi. Bu toshmalar asosan qoʻl, kaft, barmoqlar, bilak, oyoqning boldir va panja sohalarida paydo boʻlishi mumkin.

- Ekzemaning kelib chiqish sabablari qanday?

- Ekzema kasalligi autoimmun sabablarga ko'ra paydo boʻlishi mumkin. Shuningdek, ushbu kasallikning nasldan naslga oʻtish holatlari ham uchraydi. Ekzema kasalligi tashqi taʼsirlar bilan bir qatorda ichki taʼsirlar natijasida ham paydo boʻladi.

- Ekzemani uy sharoitida davolash mumkinmi?

- Ekzemani uyda, ambulator sharoitda davolash imkoni bor. Kasallikning oʻtkir holatida statsionarda yotib davolansa, nur ustiga aʼlo nur boʻladi. Baʼzan statsionarda davolanishga bemorning holati va sharoiti imkon bermaydi. Bunday vaziyatda ambulator holatda davolanish uchun kerakli muolajalar yozib beriladi. Ularga qarab uy sharoitida barcha muolajalarni amalga oshirish mumkin boʻladi.

- Bu kasallikni shifokor koʻrigisiz, mustaqil ravishda davolasa boʻladimi?

- Yoʻq, ushbu kasallikni mustaqil ravishda davolashni maslahat bermayman. Eng avvalo, ekzema kasalligida terida kuchli yalligʻlanish jarayoni kuzatiladi. Bu vaqtda kasallikning oldini olish uchun antiseptik bogʻlamlar, hoʻllash muolajasini tavsiya qilinadi. Bemor kasallikni mustaqil ravishda davolashga urinadigan boʻlsa, uning birgina notoʻgʻri harakati kasallikning yana ham kuchayib ketishiga, toshma ustiga ikkilamchi infeksiyalar –  piodermiya, streptokokk, stafilokokkning tushishi natijasida ularning yanada ogʻirlashishiga sabab boʻlib qolishi mumkin.

- Ekzema davolash muolajasidan keyin butunlay yoʻq boʻlib ketadimi?

- Agar organizmda ichki kasalliklar, oshqozon-ichak traktida biror muammo, kolit, surunkali gastrit kasalliklari boʻlmasa, bemor hadeganda asabiylashavermasa, organizm butunlay sogʻlom holatda boʻlsa, kasallik keyinchalik qaytalamasligi mumkin.

Yuqoridagi maslahatlar tavsiyaviy xarakterga ega boʻlib, kasallik belgilari paydo boʻlganda shifokor koʻrigidan oʻtish lozim.

Har bir inson organizmi oʻziga xos ekanligini unutmang!


Bu ham qiziq

Soliq qo‘mitasi: “Texnik xatolik sababli yechib olingan mablag‘lar soliq to‘lovchilarga qaytarilmoqda”

Soliq qo‘mitasi: “Texnik xatolik sababli yechib olingan mablag‘lar soliq to‘lovchilarga qaytarilmoqda”

Bugun soat 18:00 holatiga 20 608 ta subyektga 274,7 mlrd so‘m qaytarilishi ta’minlandi
19:38 / 13.08.2025
Ohangaron shahrida psixatrop dori vositalari bilan bog‘liq holat aniqlandi

Ohangaron shahrida psixatrop dori vositalari bilan bog‘liq holat aniqlandi

Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan
21:18 / 14.08.2025
Chet el sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar soni 16,4 foizga oshgan

Chet el sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar soni 16,4 foizga oshgan

Davlatlar kesimida eng ko‘p Xitoy korxonalari yurtimizda faol hisoblanadi
19:47 / 14.08.2025
UEFA klublarning yangilangan reytingini e’lon qildi

UEFA klublarning yangilangan reytingini e’lon qildi

Yangi reytingda top-10 talikda kutilmagan jamoalar bor
22:19 / 13.08.2025
Toshkentda 15 ta yo‘nalishda tungi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Toshkentda 15 ta yo‘nalishda tungi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Ular tungi soat 22:00 dan 06:00 gacha harakatlanadi.
16:50 / 14.08.2025
Prezident: “Maishiy chiqindilarni qayta ishlab, 1 trillion so‘mlik mahsulot olish mumkin”

Prezident: “Maishiy chiqindilarni qayta ishlab, 1 trillion so‘mlik mahsulot olish mumkin”

Chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha loyihalar taqdimot qilindi
20:27 / 14.08.2025
PSJ UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

PSJ UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

Jamoa penaltilar seriyasida “Tottenhem”dan ustun keldi.
10:03 / 14.08.2025
Abbosbek Fayzullayev nega yangi klubida maydonga tushmayapti?

Abbosbek Fayzullayev nega yangi klubida maydonga tushmayapti?

Bu borada mutaxassis vaziyatga oydinlik kiritdi
19:06 / 14.08.2025
Andijonlik kelinning 44 turdagi buyumlari o‘ziga olib berildi

Andijonlik kelinning 44 turdagi buyumlari o‘ziga olib berildi

MIB yordami bilan undiruvchiga barcha mol-mulki olib berilgan
18:18 / 13.08.2025
Sochida giyohvandlik jinoyatida ayblangan O‘zbekiston fuqarosiga hukm o‘qildi

Sochida giyohvandlik jinoyatida ayblangan O‘zbekiston fuqarosiga hukm o‘qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik shaxs giyohvand moddalar tarmog‘ida kuryer bo‘lib ishlagan.
12:30 / 14.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!