$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Noqulay poyabzalni qulaylashtirish usullari: foydali layfxaklar

14:58 / 19.03.2020

Poyabzal har bir inson uchun muhim. Kun davomida barcha ishlarimizni bajarish uchun, albatta, oyoqqa qulay poyabzalni kiyish shart. Biroq ba’zida vaziyat taqozosi sabab poshnali poyabzal kiyishga inson majbur bo‘ladi. Poshnali poyabzalda kun bo‘yi yurib kechga tomon oyoqlar og‘riqdan “dod” deb yuboradi. Oyoqlaringiz og‘rimasligi uchun quyidagi ayyor tavsiyalarni e’tiboringizga havola qilamiz...

• Vaznni to‘g‘ri taqsimlay oling
Poshnada yurish davomida tana vazni notekis taqsimlanadi. To‘g‘ri qadam tashlayman, deb umurtqa pog‘onasi, oyoqlarni zo‘riqtirib yuboramiz. Ayniqsa, yurish qulay bo‘lishi uchun biroz oldinga egilib ham olamiz. Aslida esa, qomatni tik tutgancha, qorin ichga tortilgancha, xuddiki butun tana bilan yuqoriga tortilmoqchi bo‘lgandek yurish kerak.

• Avval oyoq uchi, ana undan keyin tovon
Yurish vaqtida tananing bor og‘irligini avval oyoq uchiga, ana undan keyin tovonga o‘tkazish kerak. Bu bosimni kamaytiradi, oyoq suyaklarini kamroq jarohatlaydi. Oyoq kaftiga xuddiki mix kirib ketayotgandek yurmaslik uchun yurishda o‘z ritmingizni topishga harakat qiling. Bunda tana o‘zini qulay “his” qilishi kerak.

• Poyabzalning bir o‘lcham kattasidan oling
Bu qirollik oilasi va mashhur yulduzlarning siridir. Ular soatlab poshnali oyoq kiyimda yurishadi. Ular nima uchun bir o‘lcham katta poyabzal kiyishlarini bilasizmi? Oyoq kafti kechga tomon shishadi va barmoqni qisa boshlaydi. Oyoqlaringizda qadoq va yara-chaqalar paydo bo‘lmasligi uchun birato‘lasi bir o‘lcham katta poyabzal kiying. 

• Aytgancha, qadoqlar haqida...
Ularni chetlab o‘tishning ikki usuli bor. Oyoq kiyimni kiyishdan avval qadoq hosil bo‘ladiyov, degan sohalarga gelli dezodorant surtib chiqing. Agar qadoq hosil bo‘lib bo‘lgan bo‘lsa, unga qog‘oz sochiq bo‘lagini qo‘yib keyin mustahkamlash kerak. Plastir yopishtirish ham bir usul bo‘lishi mumkin. Ammo u ma’lum muddat o‘tgach, yopishtirilgan joydan surilib tushib qoladi. Yoki bo‘lmasa poyabzalingiz chetidan chiqib qoladi. 

• Oyoq suyaklarini ehtiyotlash uchun
Hech sezganmisiz, poshnali poyabzal kiyib yurgan vaqtda oyoqning 3-4 barmoqlari og‘rib qoladi. Ularni ehtiyotlash uchun sizga bor-yo‘g‘i plastir kerak bo‘ladi, xolos. Oyoqning 3-4 barmoqlari bir-biriga biriktirilgancha plastir yopishtiriladi. Nima uchun aynan bu barmoqlar deysizmi? Ushbu ikki barmoq orasidan og‘riq sezuvchi nerv tolasi joylashgan. Ularni mustahkamlab qo‘ysangiz, ularga bosim tushishi kamayadi. Shuningdek, oyoqni poyabzalga majburlab tiqish kerak emas.

• Tor poyabzalni kengaytirish usuli
Agar poyabzalingiz oyog‘ingizga torlik qilayotgan bo‘lsa, uni kengaytirish mumkin. Oyoq kiyimni qalinroq paypoq ustidan kiyib ko‘ring. Ustiga soch quritgichning issiq havo oqimini yo‘naltiring. Shunday qilinsa, poyabzal yuzasi cho‘ziladi.

• Poyabzalingiz chinnidek yarqiraydi
Usti laklangan tuflini yarqiratish uchun deraza yuvishga mo‘ljallangan vositalardan foydalanish mumkin. Uni sepib ustidan quruq sochiqda artib chiqilsa, ular xuddi oynadek yarqiraydi.

Internet ma’lumotlari asosida Nargiza Utepova tayyorladi


Bu ham qiziq

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026
Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026
Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026
2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:59 / 01.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Bu yilgi mavsumdan Qonunchilik palatasining har bir deputatiga ham o‘z okrugida yashil hudud, yashil bog‘ yaratishi uchun 41…
11:29 / 01.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!