$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Antarktidadagi qor nega yashil rangga kirib qoldi?

17:40 / 25.05.2020

Yaqinda Britaniyalik olimlar iqlimda juda tez sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar tufayli Antarktida kontinentining janubiy qirg‘oqlarini o‘rab olgan qor tobora yashil tusga kirib borayapti, degan xulosaga kelishdi. Ular sputnikdan olingan suratlar yordamida ilk bor kontinent qirg‘oqlarini yashillikka burkab gullayotgan mikroskopik suv o‘tlarining keng formatli xaritasini yaratishdi. Xaritadan yashillik kashf etayotgan uchastkalarning umumiy soni 1700dan kam emasdek ko‘rinadi. Izohlash joiz, Antarktidada suv o‘tlarining gullayotgani haqidagi dastlabki ma’lumotlar 1950- va 1960-yillardagi ekspeditsiyalar hisobotida qayd etilgan edi. Shunday ekan, oppoq qorlarning yashil rangda tovlanishi mumkinligi ehtimoli allaqachonlar ma’lum bo‘lgan. Biroq nima uchun olimlar kontinentda suv o‘tlarining katta miqdorda bo‘lishidan bu darajada xavotir olishmoqda?   

Antarktida qorlari iqlim o‘zgarishlari tufali yashil rangga kirib bormoqda 
 
Antarktida o‘simliklari
Sayyoramizning eng yuqori kontinenti o‘simliklar olamidan ayro emasligini aytishdan boshlaymiz. Bu g‘alati tuyulishi mumkin, biroq materikning 1 foizini o‘simliklar egallaydi. O‘simliklarning bu turlari Antarktidaning ekstremal sharoitlariga bardosh berishadi, asosan yer bag‘irlab o‘sishadi. Ko‘pchilik qismi esa suv o‘tlari oilasiga mansub bo‘lib, taxminan 700 turi borligi aniqlangan. Tekisliklarni, materik qirg‘oqlarini esa lishayniklarning 100, moxlarning 400, qo‘ziqorinlarning 20 turi va boshqa xil o‘simliklar egallab olgan. Ular orasidan ikki turi hatto gullaydi ham: kolobantus kito va antarktida o‘tlog‘i.   

Kolobantus kitoni mox bilan chalkashtirib yuborish mumkin. Aslida bu o‘simlik doimiy yashil bo‘lib, uzunligi 5-8 santimetrga yetadi, gullari oq va yashilsimon beshtojbargli.  Olimlar bu o‘simlik 10 000 yil oldin paydo bo‘lgan va astalik bilan butun kontinent bo‘ylab tarqalgan, deb hisoblashadi. Global isish natijasida esa o‘sishi faollasha boshlagan. Ikkinchi o‘simlik antarktida o‘tlog‘i, deb ataladi. Qattiq sovuqqa juda ham chidamli, salgina quyosh nuri tushsa bo‘ldi, ko‘karishni boshlaydi. Ko‘rinishidan butaga o‘xshaydi, bo‘yi 20 santimetrgacha boradi. Aytish joiz, Antarktida yarim orolidagi o‘simliklar hujayralarida suv miqdori haddan tashqari kam. Shuning uchun ham o‘sish jarayoni sekinlashgan.  

Qor nima uchun yashil tusga kirdi?
Agar qor ustida yurib borsangiz, mittigina organizmlarning gullayotganiga ko‘zingiz tushadi. Uning yashilligini sputnikdan olingan suratlar orqali ilg‘ab olish mumkin emas. Yaxshiyamki, tadqiqotchilarga xizmat qilayotgan Sentinel-2 kosmik apparati yuqori aniqlikda ishlovchi detektorlar bilan ta’minlangan. Olimlar tadqiqot mobaynida Antarktida yarim oroli xaritasining Janubiy Amerika tomonga yo‘nalgan yuqori qismiga o‘zgarishlar kiritishdi. O‘zgarishlarning uchdan ikki qismi qirg‘oq bo‘ylab joylashgan orollarning o‘simliklaridan iborat bo‘ldi. Umuman olganda, mikroskopik suv o‘tlari deyarli 2 kvadrat kilometrlik maydonni egallagan edi. Demak, ular yiliga taxminan 500 tonna uglerod chiqaryapti. Bu Buyuk Britaniyaning 850 000 avtomobili yurish davomida chiqaradigan zaharli gazlariga teng ko‘rsatkichdir, deya xabar beradi BBC News.  

Nature Communications jurnalida nashr qilingan tadqiqot mualliflarining yozishicha, agar suv o‘tlarida o‘zgarishlar bo‘lsa, ular o‘z navbatida oziq zanjiriga juda xavfli ta’sir ko‘rsatadi. Garchi, biz aytayotgan raqamlar global ma’noda uncha katta bo‘lmasa ham Antarktida miqyosida juda ham muhim ahamiyatga ega. Bu raqamlar ancha pasaytirilgan. Chunki Sentinel-2 tizimi faqat yashil suv o‘tlarini “ko‘radi”, qizil va boshqa ranglilarini qayd etmaydi. Vaqti kelib bu muammo, albatta, bartaraf etiladi, deb umid qilamiz.

Iqlim o‘zgarishlari tufayli Antarktida o‘simliklariga nima bo‘lyapti? Ilmiy tadqiqotlar natijalariga e’tibor beriladigan bo‘lsa, yarim orolning havo harorati XX asrning ikkinchi yarmida tez ko‘tarilgan. Zamonaviy iqlim modellari esa bu an’ananing yaqin o‘n yillikda ham saqlanib qolishini bashorat qilmoqda. Agar qor erib, yo‘qolib ketadigan bo‘lsa, suv o‘tlari mavjud ko‘pgina maydonlar yo‘qolib ketishi mumkin. Qor qatlamining yuqori qismida juda ko‘p suv o‘tlari mavjud bo‘lishi, ayrimlari esa, ulardan chuqurroqda o‘sishi ehtimoldan xoli emas. Ularning soni esa havo haroratiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.

Navfalbek Boltayev tayyorladi


Bu ham qiziq

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Yangi Farmonga ko‘ra, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish …
09:16 / 01.04.2026
4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:59 / 01.04.2026
Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi hamda kelgusida amalga oshirilishi lo…
17:28 / 31.03.2026
Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!