$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Faol va nofaol dam olish: qay biri yaxshi?

15:20 / 07.09.2019

Dam olish – har qanday tirik organizm hayoti uchun muhim. Bu davrda ham jismoniy, ham psixologik quvvat tiklanadi. Hordiq chiqarishning ikki xil turi bor: faol va nofaol. Bir-birini to‘ldirgan holda ikkalasi ham inson organizmiga o‘z foydasini ko‘rsatadi.  

Faol dam olish odamga hissiy barqarorlikka erishish, bir xil ishdan dam olish va stresslardan chalg‘ish imkonini beradi. U bitta faoliyatni boshqasiga o‘zgartirishdan iborat. Bunday hordiqqa tabiat qo‘yniga sayr, harakatli o‘yinlar, sayohatlar, raqs va faol harakatlarni talab qiluvchi yana ko‘plab ishlar misol bo‘la oladi.  Olimlarning aniqlashicha, har qanday faollik orqali nafaqat energiya yo‘qotish, balki uni to‘plash ham mumkin. 

Masalan, odam sayr qilganida qon aylanishi yaxshilanadi, qon-tomir, tayanch-harakat va nafas tizimlarining faoliyati tiklanadi. Shundan kelib chiqib, faol dam olish organizmning safrlagan energiyasini o‘ziga qaytarib olishiga yordam beradi. 

Bundan tashqari, faol dam olish ishchanlikni oshiradi, kishi holatini umumiy holda yaxshilaydi. Bunday vaqt o‘tkazish – aqliy faoliyat bilan shug‘ullanadigan odamlarga, ayniqsa mos keladi. 

Nofaol (passiv) dam olish deganda aqliy yoki jismoniy zo‘riqishdan holi xatti-harakatlar bilan shug‘ullanish, xotirjamlik nazarda tutiladi. 
Olimlarning tadqiqotlari shuni isbotladiki, bunday dam olish faol hordiqqa nisbatan kamroq samara beradi, garchi u organizmning quvvatlanishiga xizmat qilsa ham. Nofaol dam olishni ma’qul ko‘radigan odamlarning ishchanlik holatiga qayta kirishi qiyinroq bo‘larkan. Ularning reaksiyasi, qaror qabul qilish tezligi sekinlashadi.  

Bunday dam olshnini cho‘zib yubormaslik kerak. Aks holda u odamni agressiv holatga keltirib qo‘yadi, chunki to‘plangan energiya chiqish yo‘lini qidiradi. Uni inkor qilib ham bo‘lmaydi. Bu dam olish turi ish kuni uchrashuvlar, yugur-yugurlar, jismoniy mehnat bilan bog‘liq odamlarga mos keladi. 

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, faol dam olish nofaol dam olishdan ko‘ra foydaliroq, ammo baribir har qanday organizm ikkalasiga ham muhtoj. Shuning uchun, eng yaxshi variant – faol va nofaol dam olishni birlashtirishdir. Bu holatda ular bir-birini to‘ldiradi va bunday vaqt o‘tkazish dam olishning faqatgina bitta turini tanlashdan ko‘ra odam salomatligi uchun ancha foydaliroq ham bo‘ladi.


Bu ham qiziq

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:37 / 31.03.2026
Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Oq uy Rossiya tankeri tomonidan Kubaga neft yetkazilganiga izoh berdi.
17:49 / 31.03.2026
4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o…
11:42 / 01.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026
Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!