
Miya – butun organizmni boshqarib turadigan maxsus markaz hisoblanadi. Biz birin-ketin qariy boshlaymiz va aqliy salohiyatimiz ham shunga yarasha o‘tmaslashib boraveradi. Olimlar fikricha, ayrim omillar ta’sirida miya juda tez qarishi mumkin ekan. Bu qanday omillar ekanligiga qiziqyapsizmi? Buni quyidagi maqolani o‘qib, bilib olshingiz mumkin.
Yurak bilan bog‘liq muammolar
Amerikalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga chalingan insonlarda miyaning qarishi tezroq yuz berishi ma’lum bo‘ldi. Ya’ni yurakda paydo bo‘lgan muammo intellektual qobiliyat pasayishiga olib keladi.
Bunga ajablanmasa ham bo‘ladi. Chunki yomon ishlaydigan yurak kislorodni ham yomon haydaydi va butun organizm, shu jumladan miyaga kislorod yaxshi yetib bormaydi.
Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun doim yurak qon-tomir tizimingizni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib turing. Qon bosimingizni nazorat qilib boring.
Aks holda yuqori qon bosimi va yurak bilan bog‘liq muammolar Alsgeymer xastaligini ham keltirib chiqarishi tasdiqlangan.

Ortiqcha vazn
Miyaning qarishiga olib keluvchi yana bir omil bu - semizlik hisoblanadi. Ortiqcha vaznga ega bo‘lgan odamlarning miya yarimshari to‘qimasi me’yoriy vaznga ega bo‘lgan odamlarga qaraganda 10 yoshga qariroq ko‘rinadi.
Bundan tashqari, 40 yoshdan so‘ng ozg‘in va semiz odamlar miyasida sezilarli o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Ortiqcha vaznga ega odamlarning miyasidagi oq modda o‘z tengdoshlarinikiga qaraganda tezroq kamayadi.
Hozircha nega bunday bo‘lishining sababi topilmagan. Balki bunga turli xil moddalar almashinuvi sabab bo‘lar. Me’yoriy vaznga ega odamlarda moddalar almashinuvi tezroq yuz beradi, shunga muvofiq miya kislorod bilan oson va tez to‘yinadi.
Yo‘l chetidagi uylar
Yo‘l chetida istiqomat qiladigan odamlar nega haligacha aqldan ozmaganlari men uchun jumboq. Balki bu ko‘rinib turgan sabablardan biri emasdir. Ammo shu omil ham miyaning erta qarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatar ekan. Yo‘l cheti havoning ifloslanish darajasi yuqori hududi sanaladi. U esa inson salomatligiga halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Bundan esa aqliy qobiliyat ham sezilarli darajada pasayadi.
Agar inson yo‘l chetida uzoq vaqt istiqomat qilsa, uning butun miya tuzilishi o‘zgarib ketadi. Bu esa barcha organlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shu jumladan, mashinalarning muntazam shovqinidan eshitish qobiliyati ham pasayadi.

Sport bilan shug‘ullanmaslik
Miyaning qarishi sport bilan shug‘ullanmaydigan kishilarda jadalroq yuz beradi. Bunga moddalar almashinuvining susayib, ortiqcha vazn paydo bo‘lishi ham sabab qilib keltiriladi.
Shu bois miyani doim tonusda tutib turish uchun muntazam sport bilan shug‘ullaning. Mashg‘ulotlar miyani himoya qilib, muddatidan avval qarib qolishining oldini oladi.

O‘qish va o‘rganishni istamaslik
Mushaklarimiz uchun sport bilan shug‘ullanish juda kerak. Biroq miya mushak bo‘lmasa-da uni ham mashq qildirib turish kerak.
Har qanday o‘qish turi bu – mashg‘ulot. Undan neyronlarning yangi aloqalari shakllanadi, fikrlash jarayoni faol ishlaydi. Mashqlar miyaning ishini qo‘llab-quvvatlab, undagi qarish jarayonining oldini oladi. Kitob o‘qish, misol va masala yechish, film tomosha qilish – nima bo‘lsa ham miya rivojlansa bo‘ldi!
Agar xohish hamda rag‘bat yo‘qolsa, neyronlar aloqasi susaya boshlaydi va shunga mos ravishda keksalarda ma’lumotlarni qabul qilish va eslab qolish darajasi pasayadi. Miya bilan bog‘liq jarayonlar sekinlashsa, o‘qishga intilish ham shuncha pasayib ketadi.
Bu xuddi o‘ziga xos zanjir reaksiyasiga o‘xshaydi: o‘qishni xohlamasak, miya qariydi, miya qariy boshlasa, o‘qishni istamay qolamiz. Bundan qutulishning birgina yo‘li mavjud – darhol biror nimani o‘rganishga kirishish.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!