Qirğiziston hukumati yana 18 ta davlat fuqarolari uçun vizasiz tartib joriy etişni taklif qilmoqda. Şuningdek, xorijliklarning mamlakatda vizasiz qoliş muddatini 30 kundan 60 kungaça uzaytiriş rejalaştirilgan. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Qirğiziston Iqtisodiyot va tijorat vazirligi tegişli qaror loyihasini jamoatçilik muhokamasiga taqdim etdi. Unga köra, Indoneziya, Filippin, Iordaniya, Marokaş, Janubiy Afrika Respublikasi, Venesuela, Nepal, Tunis, Kolumbiya, Dominikan Respublikasi, Kosta-Rika, Ekvador, Peru, Panama, Seyşel orollari, Gvatemala, Trinidad va Tobago hamda Yamayka fuqarolariga vizasiz kiriş imkoniyatini beriş taklif etilmoqda.
Bundan taşqari, amaldagi tartibdagi 60 kunlik davr içida 30 kun vizasiz qoliş muddati 120 kunlik davr içida jami 60 kungaça uzaytirilişi mumkin. Bunda xalqaro şartnomalarda belgilangan alohida qoidalar mustasno hisoblanadi.
Qaror loyihasi mualliflariga köra, amaldagi çeklovlar, ayniqsa, uzoq muddatli sayohat va baland toğ ekspeditsiyalarida qatnaşuvçi sayyohlar uçun qiyinçilik tuğdirmoqda. Lenin, Xontangri va Ğalaba çöqqilariga uyuştiriladigan ekspeditsiyalar iqlimga moslaşiş, tayyorgarlik va qulay ob-havoni kutiş sababli 45–60 kungaça davom etişi mumkin.
Taşabbusdan közlangan maqsad xorijiy sayyohlar uçun şaroitlarni yaxşilaş, yangi turistik bozorlarni jalb qiliş va mamlakatga keladigan sayyohlar oqimini oşirişdan iborat.
Hozirda hujjat jamoatçilik muhokamasida. Takliflar tasdiqlansa, yangi tartib kuçga kirişi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!