Samarqand şahrida tört kunlik öğlini 85 ming dollarga sotmoqçi bölgan ayolga sud hukmi öqildi. Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudi uni odam savdosida aybdor deb topib, 7 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi. Biroq jazo şartli qöllanilib, unga uç yil sinov muddati belgilandi.
Sud hujjatlariga köra, 1999-yilda tuğilgan ayol Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalaridan birida tahsil olgan. Turmuş örtoği bilan kelişmovçiliklar sabab ota-onasining uyida yaşab kelgan. U 2026-yil iyul oyida Telegram’dagi “Surrogat ona” guruhiga qöşilib, farzandini sotib olmoqçi bölgan şaxslar bilan boğlangan. Dastlab çaqaloq uçun 70 mingdan 90 ming dollargaça pul taklif qilingan.
Iyul oyi oxirida ayol jarrohlik amaliyoti orqali öğil farzandli bölgan. Dastlab u bolasini beriş fikridan qaytganini bildirgan. Biroq Telegram orqali boğlangan şaxslar uni qörqitganidan söng tuğuruqxona manzilini yuborgan.
Keyinçalik tuğuruqxona oldiga ikki erkak va bir ayol kelgan. Sudlanuvçi şifokorlarga çaqaloqni Toşkentga olib ketişini aytib, tegişli tilxat yozgan va bolani taşqariga olib çiqqan. U yerda çaqaloq uçun 85 ming dollar taklif qilingan.
Ayol pulni olayotgan vaqtda Samarqand şahar içki işlar organlari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida qölga olingan.
Sudda ayol aybiga töliq iqror bölib, qilmişidan puşaymonligini bildirgan. Uning qaramoğida uç nafar farzandi borligi, soğliği yomonlaşgani va oilaviy holati inobatga olinib, Jinoyat kodeksining 57-moddasi qöllangan. Şuningdek, kodeksning 72-moddasiga asosan tayinlangan 7 yillik ozodlikdan mahrum qiliş jazosi şartli deb belgilangan va uç yil sinov muddati tayinlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!