$
12053.46 UZS
-63.89
152.43 UZS
2.94
14026.61 UZS
-42.85
31° Kechasi 18°

Dunyo xaritalari turli davlatlarda qanday ko‘rinishda aks ettiriladi?

13:45 / 15.01.2015

Biz bolalikdan ko‘rishga odatlangan dunyo xaritasi, ayniqsa bizga maktabda ko‘rsatiladigan xaritalar bizning dunyoning qanday tuzilganligi haqidagi tushunchamizni shakllantiradi. Agarda biz yassi xarita dumaloq dunyoning shartli va biroz buzib ko‘rsatilgan tasviri ekanligini unutmaganimizda buning hech qanday yomon tomoni bo‘lmasdi.

Biroq bizlardan ko‘pchiligimiz o‘zimiz o‘rgangan xaritaga ko‘ra real dunyoga munosabat bildiramiz. Bizning dunyoda yetakchi rol o‘ynaydigan davlatlar bo‘lib, ular markazda joylashadi, qolgan davlatlar esa ularga bo‘ysunib, chetda joylashadi, deb ishona boshlaymiz. 

Quyida turli davlatlarda – Rossiya, Yevropa, AQSh, Xitoy, Avstraliya, Chili, Janubiy Afrikadagi dunyo xaritalari bir-birlaridan tubdan farq qilishini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Hammasi xarita tuzuvchining quyidagi shartlardan qaysi birini bajarishiga bog‘liq bo‘ladi: 1) xaritani G‘arb va Sharqqa nisbatan markazlashtirish kerak; 2) xaritani Shimol va Janubga nisbatan qanday markazlashtirish kerak; 3) proyeksiyalashtirishning qaysi usulidan foydalanish kerak.

 

Rossiya uchun dunyo xaritasi

Dunyoning vertikal o‘qi (G‘arb va Sharqqa nisbatan markazlashtirish) Moskva shahri orqali o‘tadi. Amerika qit'asi va Avstraliya chetda joylashadi. Tinch okean bir butun hududdek qabul qilinmaydi. 

 

Yevropa uchun dunyo xaritasi

Dunyoning vertikal o‘qi Londondan o‘tadi. Bu yerda ham Amerika qit'asi va Avstraliya chetda joylashadi. Tinch okean bir butun hududdek qabul qilinmaydi. Bundan tashqari, ekvator (Shimol va Janubga nisbatan markazlashtirish) xaritaning pastki qismiga surilgan, bu Afrika, Janubiy Amerika va Avstraliyani Shimoliy Amerika va Yevroosiyoga nisbatan haqiqatdagidan ko‘ra kichikroq qiladi.

 

AQSh uchun dunyo xaritasi

Dunyoning vertikal o‘qi AQSh orqali o‘tadi. Amerika g‘arb tomondan Tinch okeani bilan, sharq tomondan esa Atlantika okeani bilan yuvilib turadigan bir orolga o‘xshab tasvirlanadi. Yevropa uchun tuzilgan xaritaga o‘xshab, bu yerda ham ekvator xaritaning pastki qismiga surilgan. Bu holat Shimoliy Amerika va Yevroosiyo qit'alarining o‘lchamlarini Afrika, Janubiy Amerika va Avstraliyaning haqiqiy o‘lchamlariga nisbatan kattaroq qiladi. Bundan tashqari, amerikalik Rossiya, Xitoy, Hindistonni tasavvur qilishda qiynaladi: bu davlatlar amerikalik uchun ham sharqda, ham g‘arbda mavjud bo‘ladi. 

 

Xitoy uchun dunyo xaritasi 

Xitoy o‘zining dunyo xaritasida Tinch okeanining g‘arbiy sohilida joylashadi. Bunda Tinch okeani Afrika va Yevropadan tashqari, barcha qita'alarga chiqishga ega bo‘ladi. Afrika va Yevropa shu tariqa chetda joylashadi. 

 

Avstraliya uchun dunyo xaritasi

Yuqorida joylashganlar pastda joylashganlardan hukmronlik qiladi, degan umumiy tushuncha mavjud. Avstraliyaliklar vertikal o‘qni nafaqat o‘zlarining qit'alari orqali o‘tkazishadi, balki xaritani 180 gradusga o‘girib, o‘z qit'alarini boshqa barcha qit'alar tepasida joylashtirishadi. AQShga o‘xshab, Avstraliya ham uch okean: Tinch, Hind va Janubiy okean bilan o‘ralib turgan orolga o‘xshab tasvirlanadi. Bu xaritada boshqa barcha xaritalarda eng pastda tasvirlangan Antarktika hamma qit'alardan tepada tasvirlanib, Avstraliyadan ham muhimroq ahamiyatga ega bo‘ladi. 

 

Janubiy Afrika uchun dunyo xaritasi

Janubiy Afrika Avstraliyaga o‘xshab tepada joylashadi va bu davlatning boshqa davlatlar ustidan ustun shaklda tasavvur qilinishiga turtki bo‘ladi. Janubiy Afrika Respublikasi Hind va Atlantika okeaniga pona bo‘lib kiradigan ko‘rinishdagi yarimorol kabi tasvirlanadi. Tinch okeani mintaqasi va Rossiya xaritaning chetida tasvirlanadi. 

 

Chili uchun dunyo xaritasi

Bu dunyo xaritasi Chili harbiy geografiya instituti buyurtmasi bilan keyinchalik maktab darsliklariga kiritish maqsadida yaratilgan. Avstraliya xaritasiga o‘xshab, bu xarita ham 180° o‘girilgan bo‘lib, buning evaziga Chili dunyoda ustun vaziyatga ega bo‘ladi. Xaritaning markazida Tinch okeani joylashadi va bu holat hozirgi zamon Chili yuritayotgan siyosat, ya'ni Chilining Tinch okeani mintaqasida eng muhim ishbilarmonlik markazlaridan biriga aylanish istagi bilan bog‘liq. Bu jihatdan Chili Xitoyga juda o‘xshab ketadi. Bu xaritada ham Afrika va Yevropa chetda joylashadi.


Bu ham qiziq

27-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

27-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

27-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.  Shamol s…
16:00 / 26.10.2025
UFC. Tom Aspinall va Siril Gan o‘rtasidagi chempionlik jangi o‘tkazilmagan deb topiladi

UFC. Tom Aspinall va Siril Gan o‘rtasidagi chempionlik jangi o‘tkazilmagan deb topiladi

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahridagi Etihad Arena majmuasi MMA bo‘yicha UFC 321 turniriga mezbonlik qildi.
08:45 / 26.10.2025
Kamala Harris bir kun kelib prezident bo‘lishini istisno qilmadi

Kamala Harris bir kun kelib prezident bo‘lishini istisno qilmadi

U bu haqda BBC telekanalining “Lora Kyunsberg bilan yakshanba” ko‘rsatuvi boshlovchisiga bergan intervyusida aytib o‘tgan. U…
12:28 / 26.10.2025
Toshkent viloyatida katta miqdordagi valyutaning Tojikistonga noqonuniy olib chiqilishining oldi olindi

Toshkent viloyatida katta miqdordagi valyutaning Tojikistonga noqonuniy olib chiqilishining oldi olindi

Ushbu operatsiyada olingan pul mablag‘larining milliy valyutadagi umumiy qiymati 5 mlrd 200 mln so‘mdan ortiqni tashkil etga…
09:41 / 26.10.2025
O‘zbekistonga 9 oyda 8,6 mln nafar turist tashrif buyurdi

O‘zbekistonga 9 oyda 8,6 mln nafar turist tashrif buyurdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami qariyb 8,6 mln nafar chet el fu…
12:17 / 27.10.2025
Toshkentda yana bir ko‘cha bo‘ylab harakat ikki kunga cheklanadi

Toshkentda yana bir ko‘cha bo‘ylab harakat ikki kunga cheklanadi

Shuningdek, hokimlik yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
15:42 / 26.10.2025
28-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

28-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

28-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kuning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol …
15:15 / 27.10.2025
Tramp reklama tufayli Kanadaga qo‘shimcha boj soldi

Tramp reklama tufayli Kanadaga qo‘shimcha boj soldi

Qo‘shimcha 10 foizlik boj “hozir to‘layotganlaridan tashqari” qo‘llanadi. Bu Kanada bilan savdo muzokaralari tugaganidan ati…
17:23 / 26.10.2025
Sanksiyalar sharoitida ham Yevroittifoq Rossiyaning 3 ta yetakchi savdo hamkoridan biri hisoblanadi

Sanksiyalar sharoitida ham Yevroittifoq Rossiyaning 3 ta yetakchi savdo hamkoridan biri hisoblanadi

Germaniya iqtisodiy instituti hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiya eksporti 18 foizga o‘sib, 330 milliard dollarga y…
09:52 / 27.10.2025
O‘zbekiston sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishga 1 mlrd dollardan ortiq investitsiyalar jalb qilinadi

O‘zbekiston sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishga 1 mlrd dollardan ortiq investitsiyalar jalb qilinadi

Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni q…
11:18 / 27.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!