Xitoy davlat xavfsizlik vaziri o‘rinbosari Dong Tszinvey qizi bilan AQShga qochib ketgan, bu haqda xitoy tilidagi OAVlarga tayanib Daily Beast xabar bergan.
Ma’lum qilinishicha, amaldor fevral oyining o‘rtalarida Uxan virusologiya instituti haqidagi ma’lumotlarni Vashingtonga yetkazish uchun Xitoyni tark etgan. Bunday ma’lumotlar prezident Jo Baydenning SARS-CoV-2 koronavirusining kelib chiqishi haqidagi pozitsiyasiga ta’sir qilishi mumkin edi.
OAV ushbu ma’lumotlarning tasdiqlanmaganligini ta’kidlamoqda, lekin xabar tasdiqlansa, Dong Tszinvey Xitoy tarixidagi eng katta sotqinga aylanishi mumkinligi aytilmoqda.
Ta’kidlanishicha, AQShning Pentagon va Markaziy razvedka boshqarmasi mutaxassisi Nikolas Eftimiades bu xabarni mish-mish deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Pekin va Xitoy muxolifatlari o‘rtasidagi axborot urushi doirasida muntazam ravishda yuz beradigan holatdir.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!