Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida Ichki ishlar organi xodimiga 3 000 AQSh dollari pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi.
Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra֪, Namangan shahrida 1989-yil tug‘ilgan ayol Beshariq tumaniga qarashli tergov bo‘limiga murojaat qilib, jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “A” bandi bilan aybdor deb topilib, qamoqqa olingan tanishini ozod qilish va undagi ayblovni olib tashlashi uchun 3 000 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro xodimga 2100 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ushlanib, pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 211-moddasi, birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!