$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Yo‘llarda yo‘qotilgan umr

16:42 / 21.10.2024

Yildan yilga avtomobil yo‘llarida odamlarning vafot etishi oshib bormoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, har yili avtohalokatlar oqibatida dunyo bo‘yicha 1.19 mlndan ortiq odam dunyodan ko‘z yumadi.

O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi yarmida 9839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, 9209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2282 nafari halok bo‘lgan. Shularning 1794 tasi bolalar bilan bog‘liq bo‘lib, 1568 nafari  jarohat olgan, 263 nafari olamdan o‘tgan.

Bular kimningdir jigarbandi, oilaviy quvonchi, kimningdir otasi yoki onasi, jondan aziz insoni edi. Bu sonlarni kamaytirishning chorasi bormi?

Statistikalarga ko‘ra, avtomobil yo‘llarida yo‘l-transport hodisalari 13 mlndan ko‘p qo‘pol qoidabuzarlik, 42 mingga yaqin transport vositasini mast holda boshqarish, 300 mingdan ortig‘i piyodalarning qoidani buzishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Bularning bariga qonunchilikda qanday choralar ko‘rilyapti? Keling, shularni ko‘rib chiqamiz.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi jazo choralari kiritilgan:

261-modda. “Mast holdagi shaxsning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘yish”. Bunga ko‘ra, mas’ul shaxs bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Endi quyidagi xabarga to‘xtalsak:

“Farg‘onada 4 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi 9 yil muddatga qamaldi. Surishtiruvlarga ko‘ra, 26 yoshli haydovchining shaxsi aniqlanib, avtomobilni mast holda boshqargani ma’lum bo‘lgan”.

4 kishining umri 4 oilaning qayg‘usiga, farzandlarning otasiz qolishiga sabab bo‘lgan. Haydovchi yashiringan, ammo uning shaxsi aniqlanib, sud 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Odamlarning ko‘zi ochilishi uchun qancha inson vafot etishi kerak?Insonning 9 yillik umri birgina xato oqibatida xazon bo‘lishi muqarrar.

“Farg‘onada uyining darvozasi oldida turgan erkakni mashina urib yubordi. Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi Lacetti avtomobilini haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda 57 yoshli erkakni urib yuborgan. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan”.

Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bu jazo choralari odamlarga kamlik qilyaptimi yoki yanada jiddiyroq, og‘irroq jazo qo‘llanilsa, ba’zilarning aqli kirib qolarmikan? Murg‘ak bolalar qachongacha kimningdir poygasi, shoshqaloqligi evaziga qurbon bo‘lishi kerak? Endilikda esa uydan chiqish ham xavfli bo‘lib qolgan zamonda yashayapmiz. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli videolar esa har bir yurakni larzaga solmay qo‘ymaydi. Ularning o‘rnida o‘z yaqinlarimiz bo‘lishi ham mumkinligini beixtiyor o‘ylaymiz.

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 19 yoshli qizni urib yuborib, "mashinam murda tashuvchi emas" deya yordam berishdan bosh tortgan Gentra haydovchisi haqida xabarlar tarqaldi. Inson hayoti birgina temirdan arzon baholanayotgani achinarli...

2023-yilning oktyabr oyida poytaxtimizda o‘tkazilgan "Diqqat piyoda" profilaktik tadbiri davomida 6000 dan ziyod yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tishga uringan piyodalar jarimaga tortilgan. Ko‘rinib turganidek, ko‘plab YTHlarning yuz berishida piyodalarning noto‘g‘ri harakatlanishi ham yomon oqibatlarga olib keladi.

“Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida Isuzu yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib ketdi. Piyoda tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilib, ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan, vafot etgan”.

5 daqiqa vaqtni tejash uchun kimdir jon bersa, kimdir umrbod nogiron bo‘lib qoladi. Ana shunday hodisalarning oldini olish, piyodalarga qulay bo‘lishi uchun ma’lum bir masofa bo‘yicha svetofor o‘rnatish yoki yo‘lakcha hosil qilish zarur deb hisoblayman.

Shuningdek, tezlikni cheklash va yuqori tezlikda harakatlanadigan ba’zi o‘zini bosolmaydiganlarga qattiqroq jazo qo‘llanilishi oz bo‘lsa-da fuqarolarning yo‘l-harakati qoidalariga rioya qilishlariga hissa qo‘shishi mumkin. Piyodalar o‘tish yo‘lidan o‘tayotgan fuqarolar ham svetoforda to‘xtamagan, odamlarga yo‘l bermagan haydovchilar sabab jabr tortyapti.

Umuman, oxirgi vaqtlarda yo‘llarda sodir bo‘layotgan halokatlar soni kamayish o‘rniga oshib bormoqda. Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, piyodalar va haydovchilarga birdek qulayliklar yaratishga katta ehtiyoj bor.

Muallif: Yo‘ldoshboy Ruzmatov


Foydali


														
														OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026

														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

Bu ham qiziq

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 …
10:14 / 12.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada iş haqini ololmagan 8 nafar özbekistonlikning mehnat huquqlari sud orqali himoya qilindi. Natijada ularning foydas…
10:03 / 10.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!