AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Rossiya hududiga zarba berish uchun uzoq masofali ATACMS raketalaridan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda The New York Post xabar bermoqda.
AQSh hukumati manbalariga ko‘ra, bu zarbalar birinchi o‘rinda Kursk viloyatidagi Rossiya va Shimoliy Koreya harbiy xizmatchilariga qaratilgan bo‘ladi. Baydenning ushbu qarori AQSh siyosatidagi tub o‘zgarish hisoblanadi.
“Ukrainaga ATACMS raketalaridan foydalanishga ruxsat berish Rossiyaning Shimoliy Koreya qo‘shinlarini jangga yuborish haqidagi qaroriga javob bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Baydenga yaqin insonlarning Rossiyaga zarba berish uchun ATACMS’dan foydalanish bo‘yicha fikrlari turlicha. Ular hozircha gap faqat Kursk viloyatidagi nishonlarga zarba berish haqida ketayotganini aytgan. Keyinchalik Bayden bu qurolni boshqa joylarda ham ishlatishga ruxsat berishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!