Tovuq tuxumlari sog‘lom ovqatlanish ratsionining ajralmas bir qismidir. Ammo shifokorlar bu mahsulotning foydasi haqidagi fikrlarini o‘zgartirib turishadi.
Hozirda ushbu mahsulot uchun joriy ko‘rsatmalar o‘zgartirilgan. Ayniqsa, qandli diabetga chalingan odamlar bilishi kerak bo‘lgan beshta muhim ma’lumot:
1. Diabetga ruxsat beriladi
Yog‘siz mol va parranda go‘shti, donali, dukkakli mahsulotlar, sabzavot va mevalar qatorida tuxum ham diabetga chalingan bemorlar iste’mol qilishiga ruxsat etilgan mahsulotlar toifasiga kiritildi. Ular qonda shakar miqdorini ko‘paytirmaydi, chunki ularning tarkibida uglevodlar yo‘q. Bu mahsulotlar tarkibida hujayralarni tiklash, immunitetni himoya qilish, mushak to‘qimalarini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan yuqori sifatli protein moddasi mavjud.
Bundan tashqari, ular tarkibidagi yog‘larning 70 foizi to‘yinmagan yog‘ hisoblanadi. Sodda qilib aytganda, ularning tarkibida xolesterin yo‘q. Tuxum diabetga chalingan odamlarga davolash vaqtida iste’mol qilish tavsiya etilgan mahsulotlar ichida to‘qqizinchi o‘rinda turadi.
2. Qandli diabet uchun foydali
Tuxum tarkibi muvozanatlashtirilgan bo‘lishi bilan birga to‘yimli ham hisoblanadi. Shuning uchun tuxumni oqi-yu sarig‘ini birgalikda iste’mol qilish zarur. Har bir tuxum tarkibida muhim moddalar: A va D vitaminlari, B guruhidagi vitaminlar, magniy, rux va temir, oz miqdordagi fosfor, kaliy va kalsiy mavjud.
A va D vitaminlari yog‘da eruvchan moddalar bo‘lib, o‘simlik mahsulotlaridan ko‘ra, hayvon mahsulotlarida ko‘proq uchraydi. Shuning uchun tuxum bu vitaminlarning ideal manbai hisoblanadi. Chunki, tuxum sarig‘i tarkibida yog‘lar mavjud bo‘lib, ular organizmga qimmatli moddalarni to‘liq singdirishga yordam beradi.
3. Tuxumni har kuni iste’mol qilish mumkin
2018-yili Sidney (Avstraliya) olimlari tuxum borasidagi standart tavsiyalarni tekshirishga qaror qilishdi. Natijada esa, kuniga bir yarimta tuxum iste’mol qilish zararsiz ekanligi aniqlandi.
Uch oy davomida ular diabet kasaliga chalingan bemorlarni tovuq tuxumlari bilan mehmon qilishdi. Birinchi guruh qatnashchilariga haftasiga 12 dona, ikkinchi guruhdagilarda esa haftasiga 2 donadan tuxum berildi. Bu vaqt ichida ishtirokchilarning xolesterin miqdori, triglitseridlari va qon bosimlari o‘lchab turildi.
Tadqiqot oxirida ikkala guruh qatnashchilarida ham bu o‘chovlarning hech biri oshib ketmaganligi ma’lum bo‘ldi. Ya’ni, tadqiqotchilar diabet bilan kasallanganlarning haftasiga 12 dona tuxum iste’mol qilishi mutlaqo xavfsizligini isbotlashdi.
4. Tuxumni qaynatib yegan ma’qul
Qaynatilgan tuxum iste’mol qilish foydali deyishadi. Biroq qaynatilgan tuxum qovurilganidan xavfliroq bo‘lishi mumkin. Agar siz yemoqchi bo‘lgan tuxum salmonella kasalligiga chalingan bo‘lsa, uch daqiqalik qaynatib pishirish undagi bakteriyalarni o‘ldirishga kamlik qiladi. Faqat 10 daqiqalik qaynatish tuxumdagi bakteriyalarni o‘ldirishi mumkin.
Salmonella infeksiyasi hatto sog‘lom odam uchun ham xavflidir. U diabet kasalligiga chalingan odamda glyukoza miqdorini o‘ta xavfli darajada oshirib yuborishi mumin. O‘tkir ichak infeksiyasi ovqat hazm qilish traktining buzilishiga yoki diabetik komaga olib kelishi mumkin.
5. Qaynatilgan yoki omlet qilib pishirilgan tuxum qovurilganidan afzaldir
Qovurilgan tuxumni o‘simlik moyisiz pishirish mumkin emas, bu mahsulotda yog‘ miqdorining oshishiga olib keladi. Oshqozon osti bezi kasalliklarida esa o‘ta yog‘li ovqatlar iste’mol qilish mumkin emas. Chunki, oshqozon jigarga og‘ir ovqatlarni qayta ishlashga yordam beradi. Qovurilgan tuxumlar ovqat hazm qilish jarayonini qiyinlashtiradi.
Bug‘da pishirilgan omletda qaynatilgan tuxumdagi kabi kamchilik yo‘q. Shunday qilib, diabetga chalingan odamlar uchun ham tuxumli ovqatlarni ite’mol qilish xavfsizdir.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!