$
12357.09 UZS
-56.7
153.49 UZS
-1.37
14330.52 UZS
-137.75
36° Kechasi 22°

Siz uchun eng qiziq 6 yangilik

03:39 / 15.01.2015

1. Ko‘chaga tashlab ketilgan bolakayni mushuk o‘z tanasi bilan bir necha soat isitib turgani ma'lum bo‘ldi

Kaluga viloyatining Obninsk qishlog‘ida joylashgan uylardan birida turadigan Masha laqabli mushuk 10 yanvar kuni pod'yezdga tashlab ketilgan mittigina bolakayni o‘z tanasi harorati bilan bir necha soat davomida isitib turgan.

“Men chinqiriq ovozini eshitib qoldim. Mushuklar chinqiryapti deb o‘yladim. Tashqariga chiqsam, axlat quvuri oldida quti turibdi, uning ichida esa mittigina bolakay yig‘layotgan edi. Uning yonida bizning Masha o‘tirib, miyovlayotgan edi”, deb ma'lum qildi uyda yashovchi ayollardan biri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashlab ketilgan o‘g‘il bola chaqaloq ustiga yangi kiyimlar kiygazilgan edi. Uni tashlab ketganlar uning boshiga qalpoq kiygizib ketishni ham unutishmagan. Quti ichiga bir necha dona pampers va bolalar ozuqasi tashlab ketilgan. Lekin, biror bir yozuv qoldirilmagan.

Bu holat aniqlanganidan bir necha daqiqa o‘tib, bolakayni olib ketish uchun “Tez tibbiy yordam” mashinasi yetib kelgan. Unda hech qanday jarohatlar yoki kasalliklar yo‘qligi va butunlay sog‘lomligi aniqlandi.

Qiziqarlisi, tibbiy xodimlar bolakayni “Tez tibbiy yordam” mashinasiga olib ketishayotganida, unga mehribonlik qilgan mushuk mashina ortidan yugurgan.

Hozirda bolaning hayotiga hech narsa xavf solmayapti. Politsiya uning ota-onasini qidirishni boshlab yubordi. Ular “o‘zini eplay olmaydigan holatda bo‘lgan bolani xavf ostida qoldirish” moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.

2. 100 yuan qiymatidagi qog‘oz pulni ko‘rgach, xitoylik bemor koma holatidan chiqib ketgan

Xitoyning Chjetszyan viloyatida yashovchi Syao Li unga 100 yuan qiymatidagi qog‘oz pulni ko‘rsatishganidan keyin, behushlik holatidan chiqib ketgan. 

Ushbu xitoylik Shenchjen shahri shifoxonasida koma holatida saqlangan. Bemor hushiga kelishidan bir necha kun avval, shifokorlar uning barmoqlari qimirlatayotganini sezib qolishgan. Bundan tashqari, u ko‘zini ocha olgan, biroq boshqa hech qanday harakatni amalga oshira olmagan. Uning e'tiborini jalb qilish maqsadida, tibbiy xodimalardan biri cho‘ntagidan 100 yuanlik pulni olib, uning ko‘zlari ro‘parasida o‘ynata boshlagan. Bemor pulni ko‘rib, unga qo‘lini cho‘zgan.

Davolovchi shifokorning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, bemorning o‘ziga kelishiga davolash muolajalari sabab bo‘lgan, pul esa faqatgina bir turtki bo‘lgan. “Syao Li o‘ziga kelganiga qaramasdan, u hali qo‘llarini to‘liq harakatlantira olmaydi. Uning oilasi endi uni oyoqqa turg‘azish uchun katta qiymatdagi pullardan foydalanmoqda”, deb aytdi shifokor.

Ma'lumot uchun, ushbu 30 yoshli bemor 2013 yilning avgust oyida kompyuter zalida hushini yo‘qotgan. Keyinroq aniqlanishicha, u bir hafta davomida mijja qoqmay onlayn-poker o‘yinini o‘ynagan. Oqibatda uning miyasiga qon quyilish hodisasi yuz bergan.

3. Osiyo Kubogi-2015 musobaqasi kashfiyoti 12 yoshli Stiven Teylor bo‘lib turibdi

Avstraliyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogi-2015 musobaqasi hozirchi muxlislarga syurprizlarni taqdim qilgani yo‘q, kuchli jamoalar birin-ketin g‘alaba qozonishmoqda, turnirda yarq etib porlagan kashfiyot jamoa ko‘rinmayapti. Shu sababli, ayni paytda turnirning eng mashhur qatnashchisi biron bir futbolchi emas, balki 12 yoshli to‘p uzatuvchi Stiven Teylor bo‘lib turibdi.

“V” guruhining birinchi turida Xitoy va Saudiya terma jamoalari o‘rtasida o‘tgan bahsida uchrashuv hakami xitoyliklar darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. Xitoy darvozaboni Vang Dalei esa, o‘ziga eng yaqin masofada turgan 12 yoshli to‘p uzatuvchi Stiven Teylorga najot ko‘zi bilan qaraydi hamda qaysi tomonga otilishni maslahat qilishini so‘raydi.

Stiven o‘ng tomonga tashlanishni tavsiya qiladi, darvozabon aynan u aytgan tomonga tashlanadi, saudiyalik hujumchi Naif Hazzaziy ham aynan u taxmin qilgan tomonga to‘pni yo‘naltiradi.

Ma'lumot uchun, ushbu qaytarilgan 11 metrlik jarimasi hozircha turnir davomida golga aylanmay qolgan yagona penalti bo‘lib turibdi. Shuningdek, Xitoy o‘sha qutqaruv tufayli o‘sha o‘yinda g‘alaba qozongan.

4. Toshkent metrosida ko‘rinishi Afrosiyob tezyurar poyezdiga o‘xshash vagonlar harakatlana boshlaydi

2015 yilning birinchi choragida Toshkent metropolitenida harakatlanishga unikal dizaynga ega oltita vagon chiqariladi.

Xabar berishlaricha, vagonlar Toshkentdagi yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta'mirlash zavodida rekonstruksiya va modernizatsiya qilingan. “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi boshqaruvi raisi Otabek Sodiqovning ma'lum qilishicha, metroning yangi vagonlari tashqi ko‘rinishi jihatdan “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida harakatlanadigan Afrosiyob poyezdiga o‘xshaydi.

O‘zbekistonlik mutaxassislar vagonlarning ichki intererini to‘liq o‘zgartirishgan, texnologik tomonlariga ham o‘zgartirishlar kiritilgan. Endi ular yana 15 yil xizmat ko‘rsatishi mumkin. Otabek Sodiqovning ma'lum qilishicha, ushbu maqsadlar uchun 6,7 milliard so‘m yo‘naltirilgan. Hozirgi vaqtda Toshkent metropolitenida 198ta vagon bo‘lib, vagonlarning o‘rtacha yoshi 25,5 yilga teng.

5. Facebook yo‘qolib qolgan bolalarni qidirishga ko‘maklashuvchi yangi xizmatni ishga tushirmoqda

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining AQShdagi foydalanuvchilari biror yosh bola yo‘qolib qolgan hududda bo‘lganlarida tarmoqning “Amber Alert” xizmatidan bu haqda xabar oladilar.

Xabar Facebook’ning “Yangiliklar” bo‘limi sahifasida paydo bo‘ladi va foydalanuvchi biror bola yo‘qolib qolgan yoki u bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy joy yaqinida bo‘lganda bolaning fotosurati va u haqidagi boshqa ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan xabarni oladi, deb aytib o‘tdi Facebook xavfsizlik xizmati boshlig‘i Emili Vasher “Sky News” telekanaliga.

Facebook uchun bu dastur yo‘qolib qolgan va ekspluatatsiya qilinadigan bolalarni qidirish Xalqaro markazi hamda huquqni muhofaza qilish idoralari bilan birgalikda yaratilgan.

Facebook vakillarining xabar berishlaricha, yo‘qolib qolgan bolalar haqidagi ma'lumotlarni tarqatishda ijtimoiy tarmoqdan anchadan beri foydalanib kelinadi. O‘tgan yili motellardan birining xodimi o‘g‘irlab ketilgan 11 yoshli qizcha haqida Amber Alert’dan ma'lumotlarni olgandan so‘ng politsiyaga xabar berishi oqibatida qizcha uning o‘g‘irlab ketgan jinoyatchi qo‘llaridan saqlanib qolingan.

Amber Alert ogohlantirish tizimi 1996 yili AQShning Texas shtatida joylashgan Arlington shaharchasidan 9 yoshli Amber Xagerman o‘g‘irlab ketilib, o‘ldirilgandan keyin ishga tushirilgan edi. Tizim ishga tushirilgandan beri uning yordamida 700 dan ortiq bola topilib, o‘z oilalariga qaytarilgan. Ushbu tizim, shuningdek, radio, televideniye, internet, sms-xabarlar va elektron xatlarda ham joriy qilingan.

6. Facebook o‘z foydalanuvchilari haqida ularning yaqinlaridan ko‘proq ma'lumot biladi

Kembrij va Stenford universitetlari o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘z foydalanuvchilarining qiziqishlari haqida ularning yaqinlari yoki do‘stlaridan ko‘proq ma'lumot biladi, deb axborot berdi “The Financial Times” nashri.

Tadqiqotda 17 ming ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ishtirok etganlar. Tajriba shundan iborat ediki, ijtimoiy tarmoq ma'lum vaqt davomida o‘zining foydalanuvchilarining harakatlarini, shu jumladan, ular qanday sahifalarga, video yoki fotosuratlarga qiziqish bildirishlarini kuzatib borgan.

So‘ngra tadqiqotchilar foydalanuvchilarning yaqinlari va do‘stlarini foydalanuvchi shaxsining asosiy sifatlarini aniqlash uchun qaratilgan, oldindan tayyorlab qo‘yilgan psixologik test savollariga javob berishlarini taklif etgan. Tajriba shuni ko‘rsatdiki, kompyuter dasturi ushbu vazifani foydalanuvchilarning aka-ukalari, opa-singillari, ota-onalari va hattoki turmush o‘rtoqlaridan ko‘ra yaxshiroq bajargan.

Shu tariqa, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchining bor-yo‘g‘i 10 ta “layki” (qaysi kontentga qiziqishi) asosida uning shaxsiga aniq tavsif bera olishi mumkinligi aniqlangan. Sinovdan o‘tayotgan foydalanuvchining oila a'zolariga esa buni aniqlash uchun 150 ta “layk”, er-xotinlar uchun esa umuman 300 ta “layk” kerak bo‘lgan. Tadqiqot Facebook biror inson intellekti darajasining aniq ko‘rsatkichlari, uning jinsiy qiziqishlari va siyosiy qarashlarini aniqlay olishini ko‘rsatgan.

Manba: KUN.UZ


Bu ham qiziq

“Makronning o‘zi qo‘liga miltiq olib Ukrainaga boraversin” – Matteo Salvini

“Makronning o‘zi qo‘liga miltiq olib Ukrainaga boraversin” – Matteo Salvini

Italiyalik siyosatchi “Xohlovchilar koalitsiyasi” doirasida Italiya qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish masalasiga keskin munos…
10:19 / 24.08.2025
Saida Rametova, Karim Mirhodiyev va Tohir Saidov “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi

Saida Rametova, Karim Mirhodiyev va Tohir Saidov “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi

Mustaqillikning 34 yilligi arafasida bir qancha sohalardagi faollar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
21:13 / 23.08.2025
Iordaniya Podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

Iordaniya Podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

Asosiy tadbirlar Samarqand shahrida o‘tkaziladi
18:28 / 24.08.2025
KXDR harbiylari Janubiy Koreya chegarasini kesib o‘tdi

KXDR harbiylari Janubiy Koreya chegarasini kesib o‘tdi

Bu haqda Yonhap axborot agentligi ma’lum qildi.
11:30 / 24.08.2025
24-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:54 / 23.08.2025
ShHTning bu galgi sammitida 20 ta davlat rahbarlari qatnashadi

ShHTning bu galgi sammitida 20 ta davlat rahbarlari qatnashadi

Ularning aksariyati tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega
22:38 / 23.08.2025
Turkiyada aldangan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Turkiyada aldangan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
16:45 / 24.08.2025
O‘zbekistonga 7 oyda 6,3 mln nafar turist tashrif buyurdi

O‘zbekistonga 7 oyda 6,3 mln nafar turist tashrif buyurdi

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2,1 mln nafarga yoki 48,9 foizga oshgan.
12:15 / 24.08.2025
Ozarbayjonda savdo markazi yonib ketdi

Ozarbayjonda savdo markazi yonib ketdi

Bokuning Garadag tumanida joylashgan “Sadarak” savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga zudlik bilan Favqulodda va…
14:31 / 24.08.2025
Belgiyaning nufuzli nashrlari “Avaza”da o‘tgan uch tomonlama konferensiya va undagi O‘zbekistonning roli haqida maqolalar chop etdi

Belgiyaning nufuzli nashrlari “Avaza”da o‘tgan uch tomonlama konferensiya va undagi O‘zbekistonning roli haqida maqolalar chop etdi

Nufuzli nashr muharririning so‘zlariga ko‘ra, uchta turkiy davlatning do‘stligi endi faqat mushtarak tarix va madaniy an’ana…
21:53 / 24.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!