$
11772.95 UZS
-35.81
₽
141.14 UZS
-1.02
€
13224.55 UZS
-179.57
31° Kechasi 18°

Belgiyaning nufuzli nashrlari “Avaza”da o‘tgan uch tomonlama konferensiya va undagi O‘zbekistonning roli haqida maqolalar chop etdi

21:53 / 24.08.2025

Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert, “EUReflect” elektron nashri muharriri Derya Soysal “Dunyo” axborot agentligi uchun bergan intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 22-avgust kuni Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tgan “Ozarbayjon–Turkmaniston–O‘zbekiston” shaklidagi uch tomonlama sammitdagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi.

“Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuv chog‘ida muhim hujjatlar imzolandi va qo‘shma bayonot qabul qilindi, unda uch davlat hamkorlikni mustahkamlash va Sharq va G‘arbni bog‘lovchi transport-logistika arteriyasi – O‘rta yo‘lak deb ataladigan transport koridorini rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Kun tartibida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar alohida o‘rin egalladi. Ikki davlat o‘zaro hurmat va birodarlik hamjihatligiga asoslangan diplomatik aloqalarning 30 yilligini nishonlamoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Ozarbayjonning Fuzuliy shahrida barpo etilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab ana shu do‘stlik timsoliga aylandi. 2024-yilda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma hamkorlikning yangi bosqichini ochdi, bu esa o‘zaro hamkorlikning strategik xususiyatini ta’minladi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ortib bormoqda, hozirda umumiy portfeli to‘rt milliard dollarga teng bo‘lgan uch yuzga yaqin qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda va 2030-yilga borib tomonlar savdo va sarmoya hajmini yiliga bir milliardga yetkazmoqchi.

Sanoat kooperatsiyasi, jumladan, avtomobilsozlik sohasida ham muvaffaqiyatli rivojlanmoqda: “O‘zavtosanoat” va “Azermash” qo‘shma korxonasida “Chevrolet” avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Keng ko‘lamli hamkorlik energetika sohasini ham qamrab oladi: O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkmaniston birgalikda uglevodorod qazib olish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda va Yevropaga “yashil yo‘lak” yaratish rejalarini ishlab chiqmoqda. 2030-yilga borib Toshkent Ozarbayjon hududi orqali besh gigavattgacha qayta tiklanadigan quvvatni eksport qilmoqchi.

O‘zbekiston-Turkmaniston aloqalari bundan kam jadal rivojlanmoqda. 2025-yil boshidan erkin savdo rejimi kuchga kirdi va o‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi 1,14 milliard dollardan oshdi. Oliy darajadagi tashriflar muntazam tus oldi va avgust oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Turkmanistonning oliy mukofoti bilan taqdirlandi.

Shunday qilib, uch turkiy davlatning do‘stligi endi faqat mushtarak tarix va madaniy an’analarga hurmat ko‘rsatish bilan cheklanib qolmayapti, balki, bu strategik hamkorlik mintaqani xalqaro savdo va quvvat uchun asosiy markazga aylantirmoqda. O‘zbekiston bu arxitekturada alohida o‘rin tutib, Markaziy Osiyo, Kavkaz va Yevropani bog‘lovchi va O‘rta yo‘lakning yangi geosiyosatini shakllantiradi” - deya fikrlarini yakunlagan Derya Soysal xonim.


Siyosat


														
														Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an urush jinoyatlarida ayblanayotgan shaxslar BMT minbarida emas, sud zalida javob be…
10:44 / 27.09.2026

														
														Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27-sentabr kuni mudofaa vaziri Dauren Kosanovni lavozimidan ozod etdi. Bu haqd…
10:41 / 27.09.2026

														
														Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga keladi. Bu haqda kecha, 24 sentyabr kuni AQ…
16:05 / 25.09.2026

														
														Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi ommaviy hujum tayyorlayotgani haqida razvedka ma’lumotlari mav…
09:47 / 23.09.2026

														
														AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farm…
09:36 / 04.09.2026

														
														Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida safarbarlik e’lon qilingan taqdirda amalga oshiriladigan choralar bo‘yicha harbiy mashg‘u…
11:13 / 24.08.2026

														
														Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Oq uy rahbari Donald Tramp Yaqin Sharq mamlakatlarining iltimosiga binoan Eronga beriladigan zarbalarni vaqtincha to‘xtatish…
16:19 / 02.08.2026

														
														Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadada ishlab chiqarilgan vinolardan tortib xokkey tayoqchalari va sementgacha bo‘lgan ayrim …
10:44 / 21.07.2026

														
														Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

AQSH prezidenti Donald Tramp 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finali bo‘lib o‘tgan stadionni tark etganidan bir …
10:26 / 20.07.2026

														
														Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Endi Byornem Buyuk Britaniyadagi hukmron Leyboristlar partiyasining yangi rahbari etib saylandi.
11:38 / 18.07.2026

Bu ham qiziq

Quyosh tizimining tashqi sayyoralari kutilganidan tezroq parchalanishi mumkin

Quyosh tizimining tashqi sayyoralari kutilganidan tezroq parchalanishi mumkin

Yangi tadqiqotga ko‘ra, Quyosh tizimining tashqi sayyoralari — Yupiter, Saturn, Uran va Neptun — Quyosh oq mitti yulduzga ay…
09:54 / 03.10.2026
4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026
Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi

Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari haqi…
12:21 / 04.10.2026
Rossiya xorij fuqarolarini Ukrainaga bormaslikka chaqirdi

Rossiya xorij fuqarolarini Ukrainaga bormaslikka chaqirdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xorij fuqarolari, jumladan, diplomatik missiyalar xodimlarini Ukrainaga bormaslik va mamlaka…
12:12 / 04.10.2026
Tokioda o‘zbekistonlik kurer 10 yoshli qizga nisbatan nomaqbul harakatda gumonlanib ushlandi

Tokioda o‘zbekistonlik kurer 10 yoshli qizga nisbatan nomaqbul harakatda gumonlanib ushlandi

Yaponiyaning Tokio shahrida 45 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 10 yoshli qizga nisbatan nomaqbul harakat qilganlikda gumonlanib …
15:06 / 03.10.2026
Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

2-oktabr kuni Moskva yaqinidagi Sheremetevo aeroportining uchib kelish zonasidagi hojatxonadan ayol va yangi tug‘ilgan chaqa…
14:55 / 03.10.2026
Toshkentda “Cyberkent 4.0” kiberxavfsizlik musobaqasi o‘tkaziladi

Toshkentda “Cyberkent 4.0” kiberxavfsizlik musobaqasi o‘tkaziladi

2026-yil 5–6-oktabr kunlari Toshkent shahrida “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2026” xalqaro tadbiri doir…
14:42 / 03.10.2026
Kontent markazida “Building Trust through Media in a Polarized World” mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot

Kontent markazida “Building Trust through Media in a Polarized World” mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot

“Building Trust through Media in a Polarized World” mavzusiga bag‘ishlangan CICA Media Forum doirasida Boku Kongress markazi…
17:28 / 02.10.2026
Atakama cho‘li kuchli yomg‘irdan so‘ng gullarga burkandi

Atakama cho‘li kuchli yomg‘irdan so‘ng gullarga burkandi

Dunyodagi eng qurg‘oqchil hududlardan biri hisoblangan Chilining Atakama cho‘lida 2026-yil boshidagi kuchli yomg‘irlardan so…
10:53 / 03.10.2026
“Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinish holati aniqlandi

“Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinish holati aniqlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
15:49 / 02.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!