“Google” kompaniyasi shaxsiy kabinetga kirishni tasdiqlashning yangi – USBkalit orqali amalga oshirish imkonini yaratganini e'lon qildi. Bu haqida “Google”ning kiberxavfsizliklarga bag‘ishlangan blogida xabar berilgan.
“Bugun biz xavfsizlik xaqida jiddiy qayg‘uruvchi foydalanuvchilar uchun kuchaytirilgan himoya vositasini namoyish qilamiz.” “Security Key” – foydalanuvchi kirmoqchi bo‘lgan sayt haqiqiy “Google”sayti bo‘lsagina USB kalit ishlaydi. “Security Key”ni kompyuterning USB portiga ulang va “Chrome” brauzeri yordamidan foydalaning. “Security Key”yordamida siz o‘zingizni butunlay xavfdan holiman deb hisoblashingiz mumkin” – deydi “Google” mutaxassislari.
“Security Key” – bu USB ko‘rinishidagi foydalanuvchining saytga kirishdagi ma'lumotlarini tasdiqlovchi ochiq standartli qurilma. “Security Key” ham, “Chrome”, brauzeri ham “FIDO” birlashmasi tomonidan yaratilgan “U2F” universal protokolida ishlaydi. Shu sababli boshqa veb saytlar ham “Security Key”dan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu protokolni ayni vaqtda “Microsoft”, “PayPal”, “Alibaba” va boshqa bir necha kompaniyalar ko‘llashmoqda.
“Security Key” orqali “Google” akkauntini tasdiqlash bepul. Biroq foydalanuvchi biror bir kompaniyaning “U2F” protokolida ishlay oladigan qurilma olishi lozim. “The Verge” texnoblogining ma'lumotlariga qaraganda, bunday qurilmaning bahosi 6 dollardan 50 dollargacha.
Shuningdek, “Google” akkauntni tasdiqlashning telefon orqali ikki pog‘onali ko‘rinishini ham taqdim etadi. Bunda foydalanuvchidan parolga qo‘shimcha tarzda u yangi qurilmadan kirganida telefonga yuborilgan olti belgili tasdiqlash kodi so‘raladi.
“Security Key” orqali tasdiqlash o‘z telefon raqamini akkauntga bog‘lashni istamayotgan foydalanuvchilar uchun ancha qulay bo‘ladi. Biroq bunday tasdiqlash usuli USB porti bo‘lmagan qurilmalarda ishlamaydi. Masalan,“Ipad” planshetlarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!