Avvalroq, Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ikki sutkadan so‘ng Eronga “do‘zax yog‘ilishi” bilan tahdid qilgandi. “Esingizdami, men Eronga kelishuv tuzish yoki Hormuz bo‘g‘ozini ochish uchun o‘n kun muhlat bergandim? Vaqt tugayapti – 48 soatdan keyin ularning boshiga do‘zax olovi yog‘iladi”, – deb yozdi u.
Eron parlamentining milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi rahbari Ibrohim Aziziy Trampning so‘zlariga javoban X ijtimoiy tarmog‘ida post qoldirgan.
“Eron seni va sening askarlaringni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahannam qa’riga yuboradi – aynan sizlar doimo munosib bo‘lgan joyga”, – degan Eron vakili.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!