$
12965.34 UZS
-14.82
161.34 UZS
-0.29
14525.07 UZS
-81.5
26° Kechasi 16°

Farzandingizga aytish mumkin bo‘lmagan 10ta ibora

17:46 / 21.02.2016

Har bir ota-ona farzandi sog‘lom va baxtli bo‘lib katta bo‘lishini istaydi. Shunga qaramay, biz kattalar o‘zimiz bilmagan holda bunga to‘sqinlik qilamiz. Mazkur maqolada farzand hayotiga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan, ota-onalar tomonidan aytiladigan fikrlar taqdim etiladi.

Farzandlarga vaziyat taqozo qilganida aytish kerak bo‘lgan gaplar mavjud. Misol uchun, maqtash, achinish, qo‘llab-quvvatlashga oid bo‘lgan iboralar.  Aksincha foydalanganda ehtiyotkorlikni talab etadigan so‘z birikmalari bor. Yana bir turdagi iboralar bor-ki, ularni farzandlar oldida umuman aytmaslik maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ahmoqona gaplarni gapirma!

Sinonimi: “Bekorchi gaplarni gapirma”.

Nima uchun mumkin emas? Bolalar kattalardan farqli ravishda “bekorchi” gaplarni hech qachon gapirishmaydi. Kichkina odam bizga ma'lum qilishga qaror qilgan har bir ma'lumot u qanchalik kulgili va aqlga sig‘mas ko‘rinishiga qaramay, bolakay  uchun muhim sanaladi. Bu ibora bilan siz farzandingizga uning so‘zlari u qadar muhim emasligini namoyish etasiz. Keyinchalik, uning sizdan yashiradigan sirlari erta paydo bo‘lganiga ajablanmang.

Buning o‘rniga nima deyishimiz mumkin? Bolaning so‘zini bo‘lishdan avval, uni diqqat bilan tinglsh kera. Agar bolakay sizga o‘zining yangi kashfiyoti haqida gapirib bersa, u bilan birga quvoning, muammosidan so‘z ochsa, birgalikda yechim topishga harakat qiling.

Mana ol, lekin ket.

Sinonimlari: “Mana ushla va meni tinch qo‘y ”, “Ol va meni boshqa bezovta qilma”.

Nima uchun mumkin emas? Bu bolaning talablariga rozi bo‘lishning eng yomon usuli. Sizni tinch qo‘yishi uchun biror narsa berishingizdan tashqari, u evaziga hayotingizdan ketishi kerak. Bolalar mana shu yo‘l bilan o‘zi istagan narsasiga erishishni o‘rganib oladi. Ota-onalar esa keyin hayron bo‘ladilar: begonalik hissi bolada qayerdan paydo bo‘ldi?

Buning o‘rniga nima deyishimiz mumkin? Hech kim farzandiga doimiy ravishda yo‘q deya olmaydi, bu talab ham etilmaydi. “Meni tinch qo‘y” so‘zidan voz kechsangiz ham bu ancha yaxshi bo‘ladi.

Sening qo‘lingdan kelmaydi, kel buni yaxshisi men bajaraman

Sinonimlari: “Sening qo‘lingdan kelmaydi”, “Tinch qo‘y, bari bir bajara olmaysan”.

Nima uchun mumkin emas? Sinab ko‘rish imkoniyati huquqidan mahrum etib, siz bolaga qo‘lidan kelmaslik hissini singdirasiz va uni muvaffaqiyatsizlik sari yetaklaysiz. Psixologiyada mazkur holatning natijasi “o‘rganib qolingan yordamga muhtojlik” deb ataladi – inson mazkur holatda oldindan, hali hech nimaga qo‘l urmay turib, hech nimani o‘zgartira olmasligini biladi.

Buning o‘rniga nima qilish mumkin? Agar farzandingiz qo‘lidan kelmaydigan ishni amalga oshirmoqchi ekanligini ko‘rsangiz, yaxshi unga “Kel senga yordam beray” deganingiz maqul. Yoki unga sizga yordam berishiga ruxsat bering. Agar bu imkonsiz bo‘lsa, misol  uchun farzandingiz elektr simini tuzatmoqchi bo‘lsa, bu u uchun xavfli ekanini tushuntiring.  

Boshqa bolalar bajara oladi, sen esa eplay olmaysan.

Sinonimlari: “bajara oladi” so‘zining o‘rnida ko‘plab variantlar bo‘lishi mumkin (quloq solishadi, yaxshi o‘qiydilar, bilishadi, nimagadir erishishgan).

Nima uchun mumkin emas? Bolani o‘zgalarga qaraganda yomon deya his etishga majbur etib, unda to‘la qimmatga ega emaslik hissini shakllantirasiz. Ba'zilar aynan shu yo‘l bilan bolada yaxshiroq bo‘lishga sabab paydo bo‘ladi, deya fikrlashadi. Biroq kattalar bilan ham mazkur usul har doim ham natija beravermaydi. Bolaga kelsak – bu juda yomon holatlarga olib kelishi mumkin.

Buning o‘rniga nima deyish mumkin? Zigmund Freydga tegishli deya aytiladigan bir fikr mavjud: “O‘zingizni taqqoslashingiz mumkin bo‘lgan yagona odam bu  - o‘tmishdagi o‘zingizdir”. Mazkur fikr muallifi Freyd ekanligi noma'lum, biroq mazkur prinsipga ko‘ra ish ko‘rish oqilona bo‘ladi.

Seni ko‘rmasam edi. 

Sinonimlari: “Ko‘zimdan yo‘qol”, “Seni ko‘rgim kelmayapti”.

Nima uchun mumkin emas? Mazkur so‘zlar bolaga uning o‘zi ham, uning muammolari ham ota-onasiga kerak emasligi haqida xabar beradi. Ba'zida ota-onalar shu yo‘l bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan mojaroning oldini olmoqchi bo‘ladilar, biroq muammodan qochish uni hal etishni anglatmaydi, aksincha u yanada chuqurlashadi.

Buning o‘rniga nima deyish mumkin? Farzandlarni tinglash, ularga yordam berish lozim. Mojaroli vaziyatlar sodir bo‘lib turishi tabiiy hol, bunday vaziyatlarda o‘zgacha usullarni qo‘llash lozim.

Haqoratli so‘zlar

Sinonimlari: ularni hamma biladi

Nima uchun mumkin emas? Nutqda haqoratli so‘zlarning zarurligi, mumkinligi haqidagi bahsni boshlamaymiz. 

Buning o‘rniga nima nima deyish mumkin? Mazkur so‘zlarni 99 foiz holatda haqoratli bo‘lmagan so‘zlarga almashtirish yoki umuman nutqdan chiqarib tashlash mumkin.

Agar sen bo‘lmaganingda...

Sinonimlari: “Seni nimaga ham dunyoga keltirdim”, “Abort qilganimda yaxshiroq bo‘lardi”.

Nima uchun mumkin emas? Bunday iboralar bolada aybdorlik hissini uyg‘otadi. U o‘zining mavjudligi bilan ota-onasiga og‘riq, yomonlik olib kelayotganligi hissini o‘zlashtiradi. Bu esa bola psixikasi uchun ongni zararlantiruvchi holatdir.

Buning o‘rniga nima deyish mumkin? Bunday o‘ylar  - o‘zingizni anglab olish uchun sabab hisoblanadi. Siz farzandingizni shaxsiy muvaffaqiyatsizlik va omadsizligingizda ayblayapsiz. Bu haqda yaxshilab o‘ylab ko‘ring.

Sen yomonsan!

Sinonimlari: “Vahshiysan”, “Ahmoqsan”, “Quloqsizsan”.

Nima uchun mumkin emas? Bolalar o‘z ota-onalari tomonidan berilgan baholarga juda ishonadilar. Bunday tavsifnomalar berganingizda farzandingiz uni o‘zlashtirib, aynan shunday bo‘lishga harakat qilishiga tayyor bo‘ling. Bu esa kelajakda o‘ziga past baho berish va muammolarni anglatadi.

Buning o‘rniga nima deyish mumkin? “Sen yomonsan” deyish o‘rniga “sen yomon ish qilding”. “Sen ahmoqsan” emas, “bu noto‘g‘ri qaror”. Bolani emas, uning harakatlarini baholaganingizda uni yaxshiroq bo‘lish uchun ruhlantirasiz.

Men seni yaxshi ko‘rmayman!

Sinonimlari: “Agar sen u yoki bu narsani qilsang, yoki qilmasang, u holda men seni yaxshi ko‘rmayman”.

Nima uchun mumkin emas? Ota-onaning muxabbati hech qanday shartlarsiz bo‘lishi lozim. Undan ayrilib qolish tahdidi hayotga bo‘lgan tahdid bilan teng. Oxir-oqibat, siz haqiqatan ham farzandingizni yaxshi ko‘rmaysizmi? U holda bu darajada qo‘rqinchli yolg‘onni unga aytishning nima keragi bor?

Buning o‘rniga nima deyish mumkin? Keyingi bandga tegishli bo‘lgan fikrlarni aytish mumkin.

Men seni tashlab ketaman

Sinonimlari: “Mana shu yerda qoldirib ketaman”, “Anavi amakiga berib yuboraman”.

Nima uchun mumkin emas?  Ota-ona farzand uchun eng muhim insonlardir. Uning hayoti aynan ularga bog‘liq, farzand onasiz mavjud bo‘lishni xayoliga ham keltira olmaydi. Shuning uchun, bunday iboralar shu darajada samarali-ki, faqatgina dastlabki vaqtlarda. Be'mani tahdidlarni bola tezlik bilan qabul qilmay qo‘yadi. Biroq nevroz shakllanib ulgurishi uchun vaqt bemalol yetarli bo‘ladi.

Buning o‘rniga nima deyish mumkin? Istagan gapingizni aytishingiz mumkin. Jismoniy jazo bilan tahdid qilish odatda bolani tashlab ketish, yaxshi ko‘rmay qo‘yish bilan qo‘rqitishning oldida u qadar qo‘rqinchli usul bo‘lmay qoladi. Yaxshisi bola bilan qo‘rquv va jazoga asoslanmagan munosabatlarni o‘rnatish lozim. Bu oson emas, biroq natija bunga arziydi.

Tushunganingizdek, so‘zlarning o‘zigina emas, ota-onalarning mazkur so‘z ortida turuvchi munosabatlari ham muhim sanaladi. Ota-onaning xulq-atvori bundan ham muhimroq. Shuning uchun nafaqat yomon so‘zlar, balki yomon odat va ishlardan ham voz kechish lozim.


Bu ham qiziq

UFC. Nursulton Ro‘ziboyev 4-g‘alabasini rasmiylashtirdi

UFC. Nursulton Ro‘ziboyev 4-g‘alabasini rasmiylashtirdi

Amerikaning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi UFC Fight Night turniri doirasida o‘zbekistonlik arala…
10:12 / 18.05.2025
O‘zbekistonda ayrim yo‘l belgilar o‘rnatilishi qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda ayrim yo‘l belgilar o‘rnatilishi qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda “To‘xtash taqiqlangan” va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilarining maqsadga muvofiq o‘rnatilganligi nuq…
20:04 / 16.05.2025
YANGI QONUN LOYIHASI: noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishining oldini olish qanday amalga oshiriladi?

YANGI QONUN LOYIHASI: noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishining oldini olish qanday amalga oshiriladi?

Odamlarning kundalik hayotiga dezinformatsiya, feyk, troll va bot kabi tushunchalar chuqur kirib borar ekan, davlatlarning x…
11:03 / 16.05.2025
17-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
04:30 / 17.05.2025
Qishloq xo‘jaligi vazirligi dala ishlarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dala ishlarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

Qishloq xo‘jaligi xodimlaridan belgilangan vaqt oralig‘ida ishlarni kechiktirmasdan ertalab yoki kechqurungi soatlarga ko‘ch…
10:09 / 16.05.2025
Suriya milliy valyutasini BAA va Germaniyada bosib chiqarishni rejalashtirmoqda

Suriya milliy valyutasini BAA va Germaniyada bosib chiqarishni rejalashtirmoqda

Reuters’ga ko‘ra, Suriya rasmiylari banknotlarni bosib chiqarishni BAA va Germaniyaga ko‘chirish imkoniyatlarini ma’lum vaqt…
13:47 / 17.05.2025
Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan qutladi

Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan qutladi

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada …
12:47 / 17.05.2025
Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzax viloyati, Jizzax shahar, “Xalqabod” MFYda joylashgan bozor yaqinidagi choyxonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risid…
14:23 / 17.05.2025
OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabar rad etildi

OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona talaba formasi joriy etilishi mumkinligi…
09:53 / 18.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!