UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillari uchun yangi ranglar qo‘llay boshlaganini ma’lum qildi. Yangi ranglar avtomobillarning barcha modellari joriy qilingan bo‘lib, ularga shartnoma tuzish boshlangan.
Modellar qatoriga yangi GYM (yorqin kulrang) va GUM (to‘q rangli firuza) ranglari kiritildi. Yangi ranglar avval ishlab chiqarilgan GJT (yashil) hamda GQM (to‘q ko‘k) ranglarning o‘rniga joriy qilinmoqda.
2019-yilning iyulida avtomobillarga yangi ranglar joriy qilinishi xabar berilgandi. Yangi ranglar mijozlarning buyurtmasi asosida ishlab chiqariladi va 2019-yil oxirida yetkazib berila boshlanadi. Maxsus ranglardagi avtomobillarga dilerlar tomonidan buyurtmalar qabul qilinishi boshlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!