Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tomoni “ushbu jirkanch terrorchilik harakatini keskin qoralayotganini” ta’kidladi.
Shuningdek, muloqot chog‘ida ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida ikki mamlakat maxsus xizmatlari o‘rtasidagi yaqin va samarali hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Ikki davlat rahbarlarining telefon orqali suhbati O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan amalga oshirildi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot xizmati ma’lum qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!