$
12915.07 UZS
15.07
156.43 UZS
-0.89
14659.90 UZS
64.84
35° Kechasi 18°

Dunyoning 8-mo‘jizasi: Dubaydagi betakror go‘zallikka ega bog‘

16:50 / 02.05.2019

Dubay nafaqat qimmatbaho va hashamatli mehmonxonalari, balki g‘aroyib, deyarli ertakmonand arxitektura loyihalari bilan ham mashhur. Ana shundaylardan biri Mo‘jizalar bog‘i. U bir necha yil davomida kimsasiz sahroda barpo etilgani, hozir esa dunyodagi eng katta gullar bog‘iga aylangani bilan diqqatga sazovor.

Bu yerda bo‘lganlarning bari bir ovozdan u dunyoning sakkizinchi mo‘jizasi ekani, uni hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsa-da ko‘rish kerakligini aytishadi. Mazkur bog‘ bo‘ylab sayr qilish va  uning betakror go‘zalligidan bahramand bo‘lishni taklif etamiz.

Bog‘ maydoni – 6,7 gektar. Bu yerga butun dunyodan jami gullarning 50 dan ortiq turlari keltirilgan. Ulardan esa haykal, devor, piramida va minoralar quriladi.

Bog‘ning asosiy bezagi – petuniya (gullari karnaysimon manzarali o‘simlik). Ularni yorongul, koleus, hamisha bahor guli va boshqalar to‘ldiradi.

Perimetri bo‘ylab bog‘ga daraxtlar ekilgan.

Bog‘ balandligi 3 metr va 800 metr uzunlikka cho‘zilgan g‘aroyib gullar devori tufayli Ginnes rekordlar kitobiga kirishga ulgurdi.

Parkda ko‘plab installyatsiyalar mavjud. Ulardan eng mashhuri – ko‘plab Yevropa shaharlarida sevilib ulgurgan soyabonlar.

Sug‘orish uchun tomchilab sug‘orish tizimidan foydalaniladi. Bu ham suvni, ham elektr quvvatini tejaydi.

Dizaynerlarning faxri – 10 metrli gulli minora. U inson va tabiat birligining ramzi.

Har yili bog‘dagi o‘simliklar soni ortmoqda. Dizaynerlar esa biror yangi narsa o‘ylab topishdan charchashmayapti.

Mazkur go‘zallikning bari – sahro markazida.


Bu ham qiziq

5-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

5-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 5-may kuni Toshkent shahrida havo biroz …
22:23 / 04.05.2025
OFK Elit Chempionlar Ligasi. “Al-Ahli” chempionlikni nishonladi

OFK Elit Chempionlar Ligasi. “Al-Ahli” chempionlikni nishonladi

OFK Chempionlar Ligasi final bahsida Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” va Yaponiyaning “Kavasaki Frontale” jamoalari bahslash…
09:35 / 04.05.2025
AQShdan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

AQShdan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

“Vatanga qaytarilgan aksariyat fuqarolar AQSh chegarasini noqonuniy yo‘l bilan kesib o‘tishga uringani sababli uzoq vaqt dav…
10:22 / 04.05.2025
Turkiya Netanyaxuning Ozarbayjonga tashrifi chog‘ida uning samolyotiga havo hududini ochmaydi

Turkiya Netanyaxuning Ozarbayjonga tashrifi chog‘ida uning samolyotiga havo hududini ochmaydi

Qaror Suriyadagi vaziyatning keskinlashuvi fonida qabul qilingan bo‘lishi mumkin.
08:30 / 04.05.2025
Oliy toifali o‘qituvchilarga pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etiladi

Oliy toifali o‘qituvchilarga pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etiladi

Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida Maktab…
14:15 / 04.05.2025
Rayan Garsiya faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

Rayan Garsiya faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

Nyu-Yorkdagi “Times Square” arenasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
12:28 / 03.05.2025
Xitoyliklar Jizzaxda quyosh elektr stansiyasini quradi

Xitoyliklar Jizzaxda quyosh elektr stansiyasini quradi

Jizzax viloyatining Forish tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda havo elektr uzatish tarmog‘i …
09:32 / 05.05.2025
Ertaga O‘zbekistonda havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Ertaga O‘zbekistonda havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” bunday harorat may oyining boshiga qaraganda ko‘proq yoz mavsumi uchun xos ekanini ma’lum qildi.
12:16 / 03.05.2025
Shols kanslerlik lavozimidagi so‘nggi nutqida Yevropani tinchlikka chaqirdi

Shols kanslerlik lavozimidagi so‘nggi nutqida Yevropani tinchlikka chaqirdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putin “yana Yevropaga urush olib kelgani” yanada achinarli. “Biz bunday holatni qabul qilma…
21:29 / 04.05.2025
Toshkentda ishlab chiqarish korxonasida yong‘in kelib chiqdi

Toshkentda ishlab chiqarish korxonasida yong‘in kelib chiqdi

Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
20:04 / 04.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!