$
12228.58 UZS
20.5
155.96 UZS
0.96
14282.98 UZS
166.78
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: YUNESKOning Xalqaro yodgorliklar va tarixiy obidalar kuni. Yoqimli, qo‘rqinchli va g‘alati haykallar haqida

12:16 / 18.04.2020

Xalqaro yodgorliklar va tarixiy obidalar kuni (Jahon merosi kuni) – 18-aprelda nishonlanadi. U 1983-yilda YUNESKO qoshida “Xalqaro madaniy yodgorliklarni saqlash va asrab-avaylash” masalalariga e’tiborni jalb qilish uchun Xalqaro yodgorliklar va obidalarni himoya qilish xalqaro kengashi (ICOMOS) tomonidan tashkil etilgan. Birinchi marta “Xalqaro yodgorliklar va tarixiy obidalar kuni” 1984-yil 18-aprelda nishonlangan.

Butunjahon merosi kunini nishonlash doirasida madaniy merosni saqlash va himoya qilishga bag‘ishlangan anjumanlar, shuningdek, boshqa tadbirlar o‘tkaziladi. Shu kuni ba’zi muzeylarda kirish chiptalarini bepul olish mumkin. Shuningdek, odatiy kunlar uchun yopiq bo‘lgan me’moriy majmualar va tarixiy binolarga tashrif buyurish mumkin bo‘ladi. Xabardor.uz jamoasi esa, “Xalqaro yodgorliklar va tarixiy obidalar kuni”ga bag‘ishlab, eng noodatiy va ajoyib haykallar haqida qiziqarli ma’lumotlar (suratlari bilan) tayyorladi. Quyida shular bilan tanishamiz.

Ushbu haykallar kulgili va yoqimli, ba’zida esa, g‘alati va qo‘rqinchli tuyuladi. Ular yo‘lovchilarning ko‘nglini ko‘taradi va o‘zlari joylashgan shaharlarni qaysidir ma’noda noodatiy holga keltirishadi.

1. Noma’lum yo‘lovchining yodgorligi, Vrotslav, Polsha

Haykal kommunizm davrida shaxsning bosim ostidagi holati va 1980-yillardagi polyaklarning yerosti anti-kommunistik harakatlarining timsolidir.

2. Dunay qirg‘og‘idagi poyabzallar, Budapesht, Vengriya

Ushbu haykallar Ikkinchi Jahon urushi paytida Budapeshtda fashistlar tomonidan o‘ldirilgan yahudiylarning xotirasiga bag‘ishlanadi. Ularga oyoq kiyimlarini yechish buyurilgan va otib tashlangan. Qurbon bo‘lganlarning jasadlari daryoga tushib, to‘lqinlar tomonidan olib ketilgan. Fojia haqida eslatish uchun esa, faqat oyoq kiyimlar qolgan.

3. “Zo‘ravonlikka qarshi” haykali (shuningdek, tugun qilib tugilgan qurol sifatida ham tanilgan) Nyu-York, AQSh

Shved rassomi Karl Fredrik Reytersvord (Carl Fredrik Reuterswärd) tomonidan 1980-yil oxirida haykaltaroshning do‘sti bo‘lgan Jon Lennonga uyushtirilgan suiqasddan keyin yaratilgan.

4. O‘z qoliplaringizni buzing (Break through from your mold), Filadelfiya, AQSh

Ushbu kompozitsiya boqiylik istagini anglatadi. 4 ta figura – bir insonning uyqudan uyg‘onib, “zanjir”lardan xalos bo‘lib, abadiy hayotga qadam qo‘yishining timsolidir.

5. Qora sharpa, Klaypeda, Litva

Afsonalarga ko‘ra, 1595-yilda Klaypeda qasri qo‘riqchilaridan biri sharpaga duch keladi. U qo‘riqchini don va o‘tin zaxiralarini ko‘paytirish kerakligi haqida ogohlantiradi va ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Agar ushbu g‘ayritabiiy mavjudot bilan do‘stlashilsa, u boylik va farovonlik keltiradi, deb hisoblanadi.

6. Sayohatchilar (Les voyageurs), Marsel, Fransiya

Fransuz haykaltaroshi Bruno Katalono (Bruno Catalano) tomonidan yasalgan bir qator haykallar 2013-yilda Marsel portiga o‘rnatilgan. Har bir haykalda tananing muhim qismi yo‘q. Bunda bo‘shliqning sababini esa faqat taxmin qilish mumkin: bu insonlarga nimadir yetishmaydi va sayohati davomida ular yetishmayotgan narsalarni topib o‘zini to‘ldirib boradi yoki sayohat paytida qalblarining bir qismini qaysidir maskanga tashlab kelishgan.

7. Nelson Mandela yodgorligi, Janubiy Afrika

Ushbu kompozitsiya aparteid (irqiy kamsitishning ashaddiy ko‘rinishi) davrida huquq himoyachisining hibsga olinganini 50 yilligiga bag‘ishlangan. Yodgorlik Mandela hibsga olingan joyda qurilgan. U Janubiy Afrikaning 8-prezidenti 27 yil qamoqda saqlanganining timsoli sifatida 50 ta po‘lat ustundan yasalgan.

8. Kuzatuvchi, Bratislava, Slovakiya

Ingliz tilidan tarjima qilinganda haykal “ishchi” deb nomlanadi, slavyan tilida esa “kuzatuvchi” deganidir. Ushbu quvur tuzatuvchisi kanalizatsiya qopqog‘ining o‘zidan o‘tkinchilarga qarab o‘tiribdi. Sayyohlar haykalning qo‘li ishqalansa, barcha istaklari amalga oshishiga ishonishadi.

9. Osilib turgan inson, Praga, Chexiya

Ushbu haykaldagi inson kim deb o‘ylaysiz? Bu psixoanaliz asoschisi Zigmund Freyd. Ushbu haykalni haykaltarosh Devid Derny “yangi intellektuallar yangi mingyillikda qanday rol o‘ynaydi?”, degan savolga javoban yaratgan. Muallifning fikriga ko‘ra, psixoanaliz asoschisi XX asr ziyolisining timsolidir.

10. Noma’lum amaldor, Reykjavik, Islandiya

Jasur byurokratik ishlarga bag‘ishlangan dunyodagi yagona haykal.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

AQSh va Eron ikki haftalik sulhga kelishib oldi

AQSh va Eron ikki haftalik sulhga kelishib oldi

Buning evaziga Eron Hormo‘z bo‘g‘ozini ochadi.
09:43 / 08.04.2026
Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yanada kengaytiriladi

Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yanada kengaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni mamlakatimiz mudof…
09:42 / 07.04.2026
9-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

9-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:57 / 08.04.2026
Surxondaryodagi “zapravka”da yong‘in chiqdi

Surxondaryodagi “zapravka”da yong‘in chiqdi

Denov tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan Surxondaryo viloyati FVB ma’lumot berdi.
09:51 / 07.04.2026
Toshkentda 50 ming dollar o‘g‘irlagan “kuryer” va uning sheriklari ushlandi

Toshkentda 50 ming dollar o‘g‘irlagan “kuryer” va uning sheriklari ushlandi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat yerto‘lasidan ichida 50 ming dollar bo‘lgan sey…
18:18 / 08.04.2026
170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

Saudiya Arabistoniga Umra ziyorati uchun borgan 170 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qayta olmagan.
16:47 / 05.04.2026
Qo‘shtepalik fermer 3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘ldi

Qo‘shtepalik fermer 3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘ldi

Yer – davlatning strategik resursi bo‘lib, uni noqonuniy tarzda sotish yoki qayta rasmiylashtirish nafaqat iqtisodiy, balki …
15:11 / 06.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi

Jizzaxda YTH oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi

Oqibatda har ikki haydovchi va Nexia’dagi yo‘lovchi (Xitoy fuqarosi) voqea joyida vafot etgan. Cobalt’dagi yana ikki nafar y…
17:06 / 05.04.2026
Qalbaki hujjatlar orqali 2 mlrd so‘m QQSni qaytarish sxemasi fosh etildi

Qalbaki hujjatlar orqali 2 mlrd so‘m QQSni qaytarish sxemasi fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy, Toshkent va Andijon viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qa…
11:25 / 08.04.2026
Saida Mirziyoyeva Marko Rubio bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Marko Rubio bilan uchrashdi

"Strategik sherikligimizni yanada rivojlantirishga qo‘shayotgan katta hissasi uchun janob Davlat kotibiga o‘z minnatdorligim…
09:17 / 08.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!