$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
30° Kechasi 17°

Dunyoning eng noodatiy restoranlari

22:50 / 10.12.2014

Qabriston ustidagi tushlik yoki zilziladagi bazm haqida

Haqiqiy xo‘randa bo‘lsangiz ham shakl va ko‘rinishi, tartib-qoidalari bo‘yicha o‘zgacha bo‘lgan restoranlar haqida bilmasligingiz ehtimoldan holi emas. Mijozlarni jalb etish borasidagi kutilmagan marketing yo‘llari beixtiyor yoqangizni ushlashga majbur etadi. G‘ayrioddiy restoranlarning ba'zilari taajjublanarli, ba'zilari yoqimsizdir. Shunday bo‘lsada har bir mahsulot o‘z mijozini topgani kabi bu restoranlar ham o‘z xo‘randalariga ega. 

Indamaslar uchun restoran (Qayerda?)

Ko‘pchilik ovqatlanayotgan paytida atrofdagilarni eshitmaslikni va hech kimga gapirmaslikni ma'qul ko‘rishadi. Lekin doim ham bunday sharoitda ovqatlanish imkoni mavjud emas. “Oling” nomli restoran egalari mana shu istakni haqiqatga aylantirishdi. Restoranda gapirish mumkin emas. Bu yerda sokinlik va jimlik hukm suradi. 

Bir kishilik joylar, Niderlandiya

Amsterdamdagi bu restoranda hech kim ovqatlanish vaqtingizda e'tiboringizni tortib, oshingizga xira pashsha bo‘lolmaydi. Mazkur o‘rinda har bir kishi uchun alohida stollar o‘rnatilgan.

Zilziladagi bazm, Ispaniya

Agar Ispaniyaga borsangiz, mana shu restoranni topishga harakat qilib ko‘ring. Bu yerda muvozanatni ushlab turish qiyin. “Disaster Café”da 7,8 balli zilzilada ovqatlanganingiz uchun pul to‘lab chiqasiz. G‘ayrioddiy restoranda idish-tovoqlar sinishi — odatiy hol.

Qoyalar  orasidagi kechki ovqat, Xitoy

Xitoyning Xubey muzofoti, Sinin darasi, Baxt vodiysidagi “Fangweng” restorani — sho‘r ovqatlar bilan birga, o‘tkir tuyg‘ularni yaxshi ko‘ruvchilar uchun ham yaxshi joydir. Rassom bo‘lsangiz, baland qoyalar orasida osilib turgan restoranda chiroyli manzaralar chizishingiz mumkin.

Robotlar restorani, Singapur

Bu aqlli ofitsiantlar hech qachon sizning buyurtmangizni qo‘shni stolga olib bormaydi. Ularning xotirasi juda yaxshi. Bangkokdagi  “Hajime” restoranida samuraylar kiyimidagi robotlar buyurtma qabul qilishadi. Ular xatto xo‘randalarga o‘ynab ham berishlari mumkin. 

Muzdan yasalgan restoran, Finlandiya

Shimoliy qutbda joylashgan bu muz restoranga borish uchun sovuqqa chidamli bo‘lishingiz kerak. Chunki bu yerda xo‘randalarga faqat sovuq ovqat va issiq ichimlik taklif qilinadi. Muz bag‘rida bug‘u go‘shtining nozik ta'midan tatib ko‘rish mumkin.

Maymun xizmati taklif etiladigan restoran, Yaponiya

Xo‘randalar bu maymunlarni yoqimli ofitsiantlar, deb atashadi. Ular juda aqlli. “Kayabukiya Tavern” restorani egasi maymunlarni mijozlarga xizmat qilishga o‘rgatgan. 

Restoran-kasalxona, Tayvan

Noodatiy restoran-kasalxonada to‘g‘ri ovqatlanish, salomatlikni tiklash mumkin. Stollar  bilan birga hamma yerga shifoxona-krovatlari joylashtirilgan. Noodatiy muhitda qaynoq ichimliklar hamshira kiyimidagi ofitsiantlar tomonidan shpritsda ichiriladi. 

Haqoratli restoran, AQSh

J. Selindjyerning mashhur qahramoni Xolden Kolfildning bir gapi bor: hayotda uyat so‘zlar mavjud bo‘lmagan xilvat va tinch joyni hech qachon topib bo‘lmaydi. Mana shu restoran haqida gap ketganda, uning haqligiga yana bir bor iqror bo‘lasiz. “Dick´s Last”da so‘kinuvchi eng tarbiyasiz ofitsiantlar ishlashadi. Binoga kirishda har bir xo‘randaga so‘kish so‘zlari, uyatli gaplar yozilgan qalpoq kiydiriladi. Ishonasizmi, yo‘qmi, biroq bu restoranning mijozlari juda ko‘p. 

Zulmatdagi tushlik, Angliya

Barchamizga ma'lumki, qorong‘ulikda tuyg‘ularimiz o‘tkirlashadi. Aynan shuning uchun ham Londondagi “Dans Le Noir” restorani doimo qorong‘i. Shu sabab bu yerda taomning mazasi va ta'mini ham yaxshi eslab qolasiz. 

Eng zararli ovqatlar restorani, AQSh

Restoranga kirishingiz bilan ular ovqatning sog‘lig‘ingizga jiddiy xavf solishi haqida ma'lumot berishadi. Shunga qaramay buyurtma bersangiz katta kaloriyali va sabzavotlar solinmagan zararli taom keltirishadi. Menyuda ovqatlarning nomlanishi ham ajoyib. “Fri, undan o‘lish mumkin”, “Murdalar burgeri”, “Infarkka olib boruvchi xot-dog” va boshqalar. Restoran parhezdagilar uchun emas. 

O‘liklar orasidagi ziyofat, Hindiston

Bu yerda ishtahangiz yoqimli bo‘lishi qiyin. Shunday bo‘lsa-da, eski qabrlar orasidagi tushlik tanovul etuvchi xo‘randalar ham bor.  

Restoran-panorama (Samodagi tushlik)

Belgiyadagi “Dinner in the Sky” dam olish uchun juda qulay joy hisoblanadi. Maxsus kran stolingizni shahar ustida aylantirib, sizga yoqimli hislar ulashishga xizmat qiladi. 

Restoran-hojatxona, Xitoy

Shansi muzofotidagi Tayyuan shahrida mana shunday ahmoqona restoran bor. Bu yerda stollar unitaz shaklida ishlangan.


Bu ham qiziq

Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi Surxondaryo viloyatidagi paxta yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatla…
20:25 / 08.05.2025
Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
10:08 / 09.05.2025
Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik kuchaygani fonida Hindiston 32 ta aeroportni fuqarolik reyslari uchun yopdi. Bu …
12:12 / 10.05.2025
O‘zbekiston viloyatlariga 241 ta avtobus yetkazib berildi

O‘zbekiston viloyatlariga 241 ta avtobus yetkazib berildi

2025-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston mintaqalariga yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun 241 ta avtobus va 113 ta…
15:36 / 08.05.2025
Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan …
08:33 / 10.05.2025
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, respublika oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi. Bu tarixiy rekor…
10:47 / 10.05.2025
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu sana munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, xotira marosimida ishtirok etdi. B…
14:54 / 08.05.2025
Markaziy bank soxta ma’lumot tarqatuvchilardan ogohlantirdi

Markaziy bank soxta ma’lumot tarqatuvchilardan ogohlantirdi

Markaziy bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratmaydi hamda moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanmaydi.
12:19 / 08.05.2025
Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 fuqaro halok bo‘lgan.
09:34 / 09.05.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:59 / 08.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!