XIX asrda yashagan taniqli nemis faylasufi Artur Shopengauer odamlarni uncha xushlamas, butun umrini bo‘ydoqlikda o‘tkazgan erkinlik tarafdori edi. U nemis romantizmini yoqtirar, g‘aroyibotlar bilan qiziqar, “falsafa ikki ming yil mobaynida yaratishi mumkin bo‘lgan eng muhim voqelik”, deya Immanuil Kant ishlariga yuqori baho berar, buddaviylikning falsafiy g‘oyalarini ardoqlardi.
Artur Shopengauer mavjud dunyoni “olamlar ichida eng yaramasi”, deya nomlagani tufayli “tushkunlik faylasufi”, degan laqab orttirib olgandi. Biroq bu narsa unga inson tabiati, istak va maqsadlarini har tomonlama o‘rganishga xalaqit bermadi. Uning yozish uslubini “hikmatomuz” deb atashgandi: Shopengauerning ko‘plab iqtiboslari yodlab olishga ham arziydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!