Kecha, 3-mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida “Ko‘chmas mulk obyekti kadastr pasportining yangi namunasi” mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda Davergeodezkadastr qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sh.Habibullayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi “Ko‘chmas mulk obekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 987-son qaroriga ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot bermoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining yangi shakldagi kadastr hujjati NFC – smart chipi o‘rnatilgan plastik kartadan iborat. U eski uslubdagi kadastr pasportidagi barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, interaktiv davlat xizmatlarining yagona portaliga ulanish imkoniyatiga ega.
Ushbu texnologiyaning afzalliklari orasida kommunal to‘lovlarni yangi kadastr kartasi orqali to‘lash imkoniyatini ta’kidlash mumkin. Bu to‘lovlarni amalga oshirish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi va kommunal instansiyalarning ish samaradorligini oshiradi.
Ma’lum qilinishicha, kommunal xizmatlarning mulk bilan bog‘liqligi ularni hisoblash va to‘lash sohasidagi islohotlarning samaradorligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!