
Olimlarning hisob-kitobiga qaraganda, Afrika tropiklari florasining 30 foizi butunlay yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turibdi. Bu xavf G‘arbiy Afrika, Tanzaniya, Efiopiya va Kongo kabi janubiy hududlarni qamrab olgan. Efiopiya tog‘liklarida esa xavf darajasi 76 foizga yetgan.

Bunga esa o‘sib borayotgan aholining talablarini qondirish maqsadida oqibatini o‘ylamasdan o‘rmonlarning kesilishi, tabiiy resurslarning ishlatilayotgani sabab bo‘lmoqda. Bir vaqtning o‘zida aholisi juda siyrak bo‘lgan markaziy hududlarida o‘rmonlarni kengaytirish uchun imkoniyatilar mavjud.

Tur sifatida yo‘qolib borayotgan o‘simliklar orasida dantel daraxti nomi bilan mashhur Lagetta lagetto birinchi o‘rinda turibdi.
O‘zining qonni eslatuvchi alvon rangli sharbati bilan mashhur “ajdar daraxti” ikkinchi o‘rinni egallagan.
Uchinchi o‘rin baobab daraxtiga berilgan. Bu daraxtdan yasalgan idishlar juda ham xaridorbop bo‘lganidan, ommaviy ravishda kesilmoqda.

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!