$
12831.13 UZS
-55.77
161.07 UZS
0.2
14542.80 UZS
-82.54
29° Kechasi 13°

“Zamonamiz qahramonlari” va ularning jasorati haqida o‘qishni hammamiz xohlaymiz – Shavkat Mirziyoyev

20:28 / 20.05.2020

Bugun, 20-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi.

Bu boradagi reja 2017-yil 3-fevral kuni mazkur boqqa tashrif chog‘ida begilangan edi. O‘sha yili 18-aprelda davlat rahbarining tegishli qarori qabul qilinib, xiyobonning me’moriy-g‘oyaviy loyihasi ishlab chiqildi.

Davlat rahbari bu yerga tashrif buyurib, Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘ydi. Xiyobonda amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Yozuvchi va shoirlar, ziyolilar bilan uchrashuvda milliy adabiyotimizni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, galdagi muhim vazifalar haqida so‘z bordi.

– Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mamlakatda ijodkorlarning asarlari doimiy ravishda chop etilyapti. Endi ularni dunyoga olib chiqish kerakligi ta’kidlandi.

Masalan, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon singari ijodkorlarning asarlari xorijiy tillarda nashr etilmoqda. Lekin bu ishlar tarjimonlarning o‘z tashabbusi va qiziqishi bilan bo‘lyapti.

Bu borada Yozuvchilar uyushmasi tashabbuskor bo‘lishi, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan birgalikda o‘zbek adabiyotining eng sara namunalarini turli tillarga tarjima qilib, nashr etishi zarurligi qayd etildi.  

Adiblar xiyobonini adabiyot, ma’rifat va madaniyat maskaniga aylantirish, har bir adib haykalini muayyan oliy o‘quv yurtiga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Xiyobon bilangina cheklanib qolmasdan, adiblar ijodini chuqur o‘rganish, ularning ibratli umr yo‘llari haqida kitoblar va filmlar yaratish, yangi asarlar yozish muhimligi ta’kidlandi.

– Mana, “zamonamiz qahramonlari”, deb ko‘p gapiramiz. Bugun bu qahramonlar koronavirusga qarshi kurashayotgan fidoyi shifokorlarimiz, mard harbiylarimiz, saxovatli tadbirkorlarimiz, vatanparvar yoshlarimiz. Ularning jasorati haqida o‘qishni hammamiz xohlaymiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bugungi yoshlar internetdan, elektron adabiyotlardan ko‘proq foydalanishi, lekin milliy adabiyotimiz xazinasini internetda targ‘ib etish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bois Prezident “Adiblar xiyoboni” deb nomlangan internet portali tashkil etish taklifini bildirdi.

Unda mumtoz va zamonaviy asarlarning elektron nusxalari, yozuvchi va adabiyotshunoslarning mahorat saboqlari jamlanadi. Portal o‘zbek, ingliz va rus tillarida faoliyat ko‘rsatsa, undan xorijlik muxlis va mutaxassislar ham foydalanishi imkoniyati yaratiladi.

Shu yerda oliy ta’lim muassasalarining adiblar ijodini o‘rganish bo‘yicha taqdimotlari o‘tkazildi. Davlat rahbari xiyobon yonida tashkil etilgan kutubxonani ham ko‘zdan kechirdi.  


Bu ham qiziq

Ukraina Putinning vertolyoti “dronlar hujumi markazi”da bo‘lmaganini ma’lum qildi

Ukraina Putinning vertolyoti “dronlar hujumi markazi”da bo‘lmaganini ma’lum qildi

Avvalroq, Kursk viloyatiga tashrifi chog‘ida Putinning vertolyoti dron hujumga uchragani aytilgan edi.
10:03 / 28.05.2025
Shavkat Mirziyoyev UNICEF ijrochi direktori bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev UNICEF ijrochi direktori bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-may kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan BMT Bolalar ja…
19:31 / 27.05.2025
O‘zbekiston va Janubiy Koreya transport sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya transport sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston transport vazirligi Koreya Respublikasi yer resurslari, infratuzilma va transport vazirligi (MOLIT) delegatsiyas…
15:18 / 27.05.2025
O‘zbekistonda salqin havo hafta yakunigacha saqlanib qoladi

O‘zbekistonda salqin havo hafta yakunigacha saqlanib qoladi

“O‘zbekistonga salqin va nam havo massalari kirib kelishi davom etadi”, – deb xabar bermoqda “O‘zgidromet” 26–30-may kunlari…
15:27 / 26.05.2025
Rossiya Zaporoje AESdan foydalanish uchun elektr uzatish liniyasi qurmoqda

Rossiya Zaporoje AESdan foydalanish uchun elektr uzatish liniyasi qurmoqda

Bu haqda New York Times nashri Greenpeace tashkiloti hisobotiga tayanib xabar bermoqda.
12:22 / 28.05.2025
Sirdaryoda 3 nafar shaxs zaharli gazdan vafot etdi

Sirdaryoda 3 nafar shaxs zaharli gazdan vafot etdi

Sirdaryo viloyatida ota va o‘g‘il, shuningdek ularning qo‘shnisi quduqni tozalash paytida zaharli gaz bilan zaharlanish nati…
20:04 / 26.05.2025
28-may uchun ob-havo ma’lumoti

28-may uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.
22:09 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Butunjahon triatlon ittifoqi rahbari Antonio Fernandes Arimanini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon triatlon ittifoqi rahbari Antonio Fernandes Arimanini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi triatlon va paratriatlon bo‘yicha jahon kubogi d…
18:31 / 26.05.2025
Rishtonda MChJ 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalandi

Rishtonda MChJ 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tka…
16:53 / 26.05.2025
O‘zbekistonda hududlar kesimida o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi qanday?

O‘zbekistonda hududlar kesimida o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi qanday?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2025-yil 1-yanvar holatiga aholining o‘rtacha y…
14:09 / 28.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!