$
12831.13 UZS
-55.77
161.07 UZS
0.2
14542.80 UZS
-82.54
29° Kechasi 13°

Dunyo mamlakatlarida ustoz va murabbiylarni qaysi kunda tabriklashadi?

13:41 / 27.09.2019

Barchamiz hayotda o‘z o‘rnimizni topishimizda o‘qituvchi va ustozlarning xizmati beqiyos. Ularning biz uchun qilgan mehnatlarini hech qachon yodimizdan chiqarmasligimiz lozim. Ularga alohida ehtirom ko‘rsatish qonunchiligimizda ham belgilab qo‘yilgan. 

Unga ko‘ra, yurtimizda 1997-yildan buyon 1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni sifatida nishonlanadi. Qiziq, bu bayram butun dunyoda ham aynan shu kuni nishonlanadimi? Quyida ushbu bayram dunyo mamlakatlarida aynan qaysi kuni o‘tkazilishini bilab olasiz.

Картинки по запросу o'qituvchilar bayrami

  1994-yilda 5-oktyabr – Butunjahon o‘qituvchilar kuni sifatida qabul qilingan. Har yili shu kuni 100 dan ortiq mamlakatda o‘qituvchilar o‘zlarining kasb bayramlarini nishonlashadi. Lekin hamma davlatlarda ham unday emas. 

Rossiyada bu bayram oktyabr oyining birinchi yakshanbasida nishonlansa, Argentina o‘qituvchilari kuni har yili 11-sentyabrda bo‘lib o‘tadi va bu butun xalq uchun juda muhim voqea hisoblanadi.

Braziliyada esa, o‘qituvchilar kuni 15-oktyabrga belgilangan. Eng qizig‘i, Albaniyada ustozlar kuni xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni, ya’ni 8-martda bo‘lib o‘tarkan. 

O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kuni sifatida o‘tkaziladigan 9-may sanasida koreyaliklar o‘qituvchilarini kasb bayrami bilan tabriklashadi. 
Tayvandliklarda bu bayram Konfutsiy tavallud topgan kun sharafiga – 28-sentyabrga to‘g‘ri kelmoqda. 

Похожее изображение

Oktyabr oyining oxirgi juma kuni Avstraliyada ustozlarga bayram sovg‘alari ulashiladi.

Livanda o‘qituvchilar kuni yuqori ko‘lamda nishonlanadigan bayramlardan biri bo‘lib, ustozlarga atalgan tantanalar 3-martdan 9-martgacha davom etadi.

Turkiyalik murabbiylar bu bayramni 24-noyabr kuni nishonlashadi. 

Armaniston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Moldaviya, Estoniya, Litviya davlatlarida bu bayram YuNESKO tomonidan Butun dunyo o‘qituvchilar kuni sifatida belgilangan 5-oktyabr kuni o‘tkaziladi. 

Картинки по запросу казахский учитель

Xullas, bayram qayerda qachon nishonlanishidan qat’iy nazar ustozlarimizni unutmaylik. Zero, bugungi darajaga erishishimizda ularning hissasi katta. Ustoz deganda nafaqat maktab yoki oliygohdagi o‘qituvchilar balki mustaqil hayotda o‘z yo‘lini topishda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan insonlar ham tushuniladi.

 

Nozima RAHMATOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

Rossiya O‘zbekistonga qurg‘oqchilikka qarshi kurashda yordam beradi

Rossiya O‘zbekistonga qurg‘oqchilikka qarshi kurashda yordam beradi

Rossiya O‘zbekistonga suv resurslari balansini hisoblashda yordam beradi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
19:57 / 26.05.2025
Xalqaro qidiruvdagi 3 nafar ayol Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvdagi 3 nafar ayol Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpol liniyasi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgan uchta ayol Ummondan O‘zbekistonga muvaffaqiyatli ekstraditsiya qilindi…
21:18 / 27.05.2025
Toshkentda rossiyalik jurnalistning o‘limi bo‘yicha sud boshlandi

Toshkentda rossiyalik jurnalistning o‘limi bo‘yicha sud boshlandi

Yakkasaroy tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi jurnalist Inessa Paperna va uning hamrohini Toshkentdagi mehmonxonada zaharla…
18:54 / 26.05.2025
O‘zbekistonda salqin havo hafta yakunigacha saqlanib qoladi

O‘zbekistonda salqin havo hafta yakunigacha saqlanib qoladi

“O‘zbekistonga salqin va nam havo massalari kirib kelishi davom etadi”, – deb xabar bermoqda “O‘zgidromet” 26–30-may kunlari…
15:27 / 26.05.2025
Ukraina Putinning vertolyoti “dronlar hujumi markazi”da bo‘lmaganini ma’lum qildi

Ukraina Putinning vertolyoti “dronlar hujumi markazi”da bo‘lmaganini ma’lum qildi

Avvalroq, Kursk viloyatiga tashrifi chog‘ida Putinning vertolyoti dron hujumga uchragani aytilgan edi.
10:03 / 28.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi

Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi

26-may kuni Andijon viloyati Marhamat tumanida daraxt Cobalt avtomobili ustiga quladi.
10:59 / 27.05.2025
Rossiya Zaporoje AESdan foydalanish uchun elektr uzatish liniyasi qurmoqda

Rossiya Zaporoje AESdan foydalanish uchun elektr uzatish liniyasi qurmoqda

Bu haqda New York Times nashri Greenpeace tashkiloti hisobotiga tayanib xabar bermoqda.
12:22 / 28.05.2025
O‘zbekiston va Janubiy Koreya transport sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya transport sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston transport vazirligi Koreya Respublikasi yer resurslari, infratuzilma va transport vazirligi (MOLIT) delegatsiyas…
15:18 / 27.05.2025
O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlar reytingida 26 pog‘ona ko‘tarildi

O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlar reytingida 26 pog‘ona ko‘tarildi

O‘zbekiston global xavfsizlik va tinchlik reytingida 2024-yil uchun yangilangan ro‘yxatda 60-o‘rinni egalladi. Bu o‘tgan yil…
19:24 / 26.05.2025
XAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

XAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

Al Jazira nashri xabar berishicha, XAMAS AQShning 60 kunlik sulh va 10 asirni ozod qilish haqidagi taklifiga rozi bo‘lgan, a…
17:59 / 27.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!