$
12768.26 UZS
-62.87
162.63 UZS
1.56
14400.04 UZS
-142.76
27° Kechasi 17°

Toshkentda Turkiya iqtisodiyot va texnologiya universiteti filiali ochiladi

10:41 / 13.06.2020

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil fevral oyida Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va shu asosda Toshkent shahrida Turkiya iqtisodiyot va texnologiya universiteti filialini tashkil etish belgilandi.

Shu munosabat bilan joriy yil 4–7-mart kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiya iqtisodiyot va texnologiya universitetiga tashrif buyurib, mazkur oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialini ochish yuzasidan hamkorlik kelishuvi imzolandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur kelishuvga ko‘ra, Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida kadrlar tayyorlash, oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish, elektron va masofaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llagan holda ingliz tilida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish kabi vazifalar belgilangan.

Ushbu masala yuzasidan o‘tkazilgan onlayn konferensiyada Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbar xodimlari, O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi, Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi hamda har ikki mamlakatning OAV vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya davomida TOVV YTU brendi, veb-sayti, platforma va boshqa materiallardan universitetning Toshkent shahridagi filialini rivojlantirish uchun foydalanish, qolaversa, TOVV YTU diplomini berish, talabalarni qabul qilish shartlari va muddatlarini kelishish va kutubxona fondini, shuningdek, ta’lim sohasidagi o‘quv, ilmiy va uslubiy qo‘llanmalarni shakllantirishga ko‘maklashish kabi ishlarni tezkor amalga oshirish masalalarini tomonlar muhokama qilishdi va mazkur masalalar bo‘yicha ijobiy to‘xtamga kelindi.

Bundan tashqari, 2020–2021-o‘quv yilidan boshlab talabalarni qabul qilish, ta’lim jarayonlarini to‘laqonli joriy etish hamda shu sohaga Turkiyaning yetakchi o‘qituvchi-professorlarini jalb qilishga kelishib olindi.


Bu ham qiziq

Xorazmda bojxonachilar 1 mlrd so‘mlik tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Xorazmda bojxonachilar 1 mlrd so‘mlik tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
20:21 / 29.05.2025
Rossiya Zaporoje AESdan foydalanish uchun elektr uzatish liniyasi qurmoqda

Rossiya Zaporoje AESdan foydalanish uchun elektr uzatish liniyasi qurmoqda

Bu haqda New York Times nashri Greenpeace tashkiloti hisobotiga tayanib xabar bermoqda.
12:22 / 28.05.2025
Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi

Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi

U bu haqda Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
09:28 / 29.05.2025
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida isht…
19:54 / 30.05.2025
Turkiya bilan barcha turdagi ruxsatnomalar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi

Turkiya bilan barcha turdagi ruxsatnomalar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi

Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi vakillarining Turkiya Respublikasi transport va infratuzilma vazirligi…
18:41 / 30.05.2025
Turkiya tashqi ishlar vaziri Zelenskiy, Trump va Putin uchrashuvini tashkil etishga tayyor ekanligini aytdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Zelenskiy, Trump va Putin uchrashuvini tashkil etishga tayyor ekanligini aytdi

Turkiya Rossiya federatsiyasi, Ukraina va AQSh rahbarlari Vladimir Putin, Vladimir Zelenskiy va Donald Trampning uchrashuvin…
21:07 / 30.05.2025
Tramp Netanyaxuni Eronga zarba berishning oqibatlaridan ogohlantirgan

Tramp Netanyaxuni Eronga zarba berishning oqibatlaridan ogohlantirgan

Qo‘shma Shtatlar prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Vashington va Tehron “kelishuvga juda yaqin” turibdi.
10:28 / 29.05.2025
Kanadada o‘rmon yong‘inlari avj oldi

Kanadada o‘rmon yong‘inlari avj oldi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan beri provinsiyada 102-yong‘in kuzatilmoqda — bu 20-yil davomidagi o‘rtacha ko‘rsatk…
10:09 / 30.05.2025
29-may uchun ob-havo ma’lumoti

29-may uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.
22:27 / 28.05.2025
Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi

Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi

Bu haqda “Deutsche Welle” xabar bermoqda.
17:31 / 28.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!