$
11934.64 UZS
-14.39
164.14 UZS
-2.14
13896.69 UZS
-25.12
31° Kechasi 18°

Korxonani tugatish to‘g‘risidagi e’lon bundan buyon bosma nashrlarda berilmaydi

16:30 / 17.12.2019

Tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan bir qator qonunlarga tuzatishlar kiritildi. Bu haqida Norma nashri ma’lum qildi.
 
Unga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan tugatish jarayonlari soddalashtiriladi. Xususan, korxonani tugatish to‘g‘risidagi e’lon bundan buyon bosma nashrlarda berilmaydi – uni Davlat xizmatlari agentligi saytiga joylashtirishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Faoliyat yuritmayotgan korxonalarga faoliyatini tiklashga imkoniyat beriladi – avvaliga 3 yilga faoliyat yuritilmaydigan rejimga o‘tkaziladi, bu yordam bermasa tugatiladi. 

 
Ma’lumot uchun, ilgari qonunosti hujjatlarida qabul qilingan tuzatishlar bilan qayd etilgan yangi tartib elementlari Fuqarolik kodeksi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”, “Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlari to‘g‘risida” va “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi qonunlarga kiritildi.
 
Shu tariqa, yangi mexanizmni amaliyotga joriy etishda to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan qonun va qonunosti hujjatlari o‘rtasidagi ehtimoliy ziddiyatlar bartaraf etildi.
 
Eslatib o‘tamiz, Qonun 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.


Bu ham qiziq

Turkiyada 110 yo‘lovchisi bo‘lgan sayyohlik kemasi cho‘kib ketdi

Turkiyada 110 yo‘lovchisi bo‘lgan sayyohlik kemasi cho‘kib ketdi

Turkiyaning Marmaris shahri yaqinida 110 nafar yo‘lovchi bo‘lgan sayyohlik kemasi cho‘kib ketdi. Hodisa Jannat oroli yaqinid…
10:41 / 31.05.2026
Soliq qo‘mitasi aprel oyi uchun 143,6 milliard so‘mlik keshbekni tasdiqladi

Soliq qo‘mitasi aprel oyi uchun 143,6 milliard so‘mlik keshbekni tasdiqladi

Soliq qo‘mitasi 2026-yil aprel oyida amalga oshirilgan xaridlar bo‘yicha keshbek to‘lovlarining asosiy qismini tasdiqladi.
08:47 / 03.06.2026
Chirchiqda zamonaviy polimer mahsulotlari ishlab chiqarish kengaymoqda

Chirchiqda zamonaviy polimer mahsulotlari ishlab chiqarish kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkidagi “NovoPlast TPE” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
12:50 / 02.06.2026
“Ba’zan bizda milliy ruh yetishmaganday bo‘lyapti”

“Ba’zan bizda milliy ruh yetishmaganday bo‘lyapti”

“Sahna asarlari bor, lekin kuchli ta’siri yo‘q. Qo‘shiqda ovoz bor, lekin xalqning o‘tkir nafasi sezilmayapti. Kinoda haraka…
14:11 / 01.06.2026
Kichik va o‘rta biznesni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari

Kichik va o‘rta biznesni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari

alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini rea…
17:42 / 30.05.2026
9 ta viloyat sel-suv toshqinidan ogohlantirildi

9 ta viloyat sel-suv toshqinidan ogohlantirildi

Joriy yilning 2-5-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-…
09:34 / 01.06.2026
Netanyaxu SAXALga Livandagi harbiy amaliyotlarni yanada kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qildi

Netanyaxu SAXALga Livandagi harbiy amaliyotlarni yanada kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil kuchlari kuchli mudofaa chiziqlarini yorib o‘tgan, strategik ahamiyatga ega hududlarni nazora…
17:38 / 31.05.2026
O‘zbekistonda bolalar soni qancha?

O‘zbekistonda bolalar soni qancha?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
09:54 / 01.06.2026
Kafe va restoranlarda ishga olish tartibi soddalashtiriladi

Kafe va restoranlarda ishga olish tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyunidan e’tiboran kafe, restoran va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkor…
14:19 / 30.05.2026
Eron dengiz floti kemalarni dushman davlatlar bilan hamkorlik qilishdan ogohlantirdi

Eron dengiz floti kemalarni dushman davlatlar bilan hamkorlik qilishdan ogohlantirdi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) dengiz floti savdo kemalari va neft tankerlarini Hormuz bo‘g‘ozidagi “dushm…
17:56 / 01.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!