Turkiyada 110 yo‘lovchisi bo‘lgan sayyohlik kemasi cho‘kib ketdi
Turkiyaning Marmaris shahri yaqinida 110 nafar yo‘lovchi bo‘lgan sayyohlik kemasi cho‘kib ketdi. Hodisa Jannat oroli yaqinida yuz bergan.
Ma’lum qilinishicha, kemaga suv kira boshlagach, kapitan uni qirg‘oq tomon boshqarishga uringan. Biroq kema tezda suvga to‘lib, yo‘lovchilar yaqin atrofdagi boshqa katerlarga evakuatsiya qilingan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Holat yuzasidan tergov ishlari boshlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!