Bugun dunyodagi eng mashhur ijtimoiy tarmoqlardan biri – Instagramʼning tugʻilgan kuni. Suratlarga ishlov berish va ularni boshqalar bilan boʻlishish ilovasi odamlarga taqdim etilganidan keyin tez orada katta muvaffaqiyatga erishdi. Aslida u 1 hafta ichida ishlab chiqilgan, ishga tushirilganidan soʻng oradan 1 yil oʻtib 1 milliard AQSh dollari evaziga sotib yuborilgandi. Keling, barchasini bir boshidan boshlaymiz...
Instagram muallifi Stenfordda tahsil oluvchi talaba – Kevin Sistrom boʻlgan. Turli gʻoyalar ustida tinmasdan ishlovchi Sistrom tanish tadbirkorlarining biri yordamida “Burbn” ilovasini yaratishni boshlaydi. Ushbu ilova oʻzida ijtimoiy tarmoqlardagi bir nechta funksiyalar, geotargeting va suratga olish imkoniyatlarini birlashtirishi kerak edi. Kevinning oʻzi ham yaxshigina suratkash boʻlgan.
U tez orada universitetdoshi Mayk Kriger bilan tanishadi. Mayk aynan mana shu vaqtda Meebo – muloqot sayti loyihasi ustida ish olib borayotgandi.

Kevin koʻp bor urinishlardan keyin Maykni eski ishini tashlab, asosiy eʼtiborni “Burbn”ga qaratishga koʻndiradi. Ular loyihaning raqobatchilari koʻp ekanligini tushungan holatda suratlarga ishlov berish imkoniyatini oʻylab topishadi.
Yigitlar ilovani tayyor holatga keltirganlaridan keyin 2010-yilning 6-oktyabr kuni omma eʼtiboriga havola etishadi. Aynan mana shu sana tarixga Instagram ijtimoiy tarmogʻining tugʻilgan kuni sifatida muhrlanadi.
Instagram ijtimoiy tarmogʻidan har oyda 1 milliard kishi foydalanadi, bir kunlik faol foydalanuvchilar soni esa 500 million kishiga teng.
Istagram foydalanuvchilarining 50.3 foizi ayollar,49.7 foizi esa erkaklardir.

Instagram foydalanuvchilarining 71 foizini 35 yoshdan kichiklar tashkil qiladi.
Foydalanuvchilarning 60 foizi har kuni bir marta boʻlsa ham Instagramʼga “kirib chiqadi”. Ular bir kunda oʻrtacha 54 daqiqani Instagram uchun sarf etishadi.
Tarmoq foydalanuvchilari har kuni 100 milliondan ortiq post joylashtiradilar.
Bugungi kunda eng koʻp layk yiqqan post – futbolchi Krishtianu Ronalduning Diego Maradona oʻlimi haqidagi posti boʻlgan. Unga 19,7 million foydalanuvchi tomonidan layk bosilgan.
Taniqli futbolchi Krishtianu Ronaldu Instagram ijtimoiy tarmogʻida obunachilar soni boʻyicha yetakchi hisoblanadi.

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!