$
12895.55 UZS
15.2
159.38 UZS
2.7
14338.56 UZS
-196.91
35° Kechasi 21°

Prezident Xalq qabulxonalari o‘z vazifalarini qanday bajarmoqda?

16:39 / 20.04.2020

Koronavirus pandemiyasi sharoitida aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash masalasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli Prezident Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar nazorati va ularning ijrosi alohida qat’iy nazoratga olingan. 

Xususan, karantin sharoitida aholiga yana qulaylik yaratish va shu bilan birga barcha sanitarik talablarni bajarashi maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyat, tuman va shahar Xalq qabulxonalarida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish uchun “onlayn konferensiyalar” va “ishonch telefonlari” tashkil qilindi. Har bir Xalq qabulxonasi oldida murojaatlar uchun maxsus qutilar o‘rnatildi.

Joriy yilning 16-martidan 20-aprel kuniga qadar viloyat, tuman va shahar Xalq qabulxonalariga kelib tushgan 600 ga yaqin murojaat o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, ularning 382 tasi (64 foiz) zudlik bilan qanoatlantirilgan, 215 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish uchun qo‘shimcha muddat va mablag‘ talab qilganligi sababli muddat belgilangan.  

Jumladan, karantin davrida Buxoro viloyati Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p murojaatlar moddiy yordam, zarur oziq-ovqat ta’minoti (102 ta), davlat tashkilotlari xodimlarining hatti harakati yuzasidan shikoyat (66 ta), karantin bilan bog‘liq muammolar (62 ta),  ish bilan ta’minlash (35 ta), tadbirkorlik faoliyatiga oid (22 ta), elektroenergiya va tabiiy gaz ta’minoti (17 ta) kabi qator masalalarida kelib tushgan.

Xalq qabulxonalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar, karantin e’lon qilinguniga qadar o‘tkazilgan uchrashuvlarda, sayyor qabullarda, uyma-uy yurish jarayonlarida moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolar (oilalar) ro‘yxatlari shakllantirilib, karantin vaqtida ularga moddiy yordam, zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari va antiseptik vositalari uzluksiz yetkazilib kelinmoqda. O‘tgan davr mobaynida 1200 ga yaqin fuqarolar ro‘yxati shakllantirilib, 700 ga yaqin oilalarga 100 mln. so‘mga yaqin zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Shu bilan birga, Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi hamda tuman va shahar Bandlikka ko‘maklashish markazlari bilan hamkorlikda og‘ir ahvolga tushib qolgan, karantin tufayli daromad manbaidan ayrilgan 500 dan ziyod fuqarolarni jamoatchilik asosida maosh to‘ladanadigan ishga joylashtirish choralari ko‘rildi.

Fuqarolardan kelib tushayotgan talab va takliflar asosida sektorlar rahbarlari hamda mas’ul idora va tashkilotlarni jalb etgan holda, sayyor arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon vositalari savdosi bevosita mahallalar kesimida yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, bugunga qadar Buxoro viloyati Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida viloyatining Olot, Qo‘rako‘l, Romitan, Peshku kabi tumanlardagi 100 ga yaqin eng chekka aholi punktlarida shunday yarmarkalar tashkil etildi. 

Eslatib o‘tamiz, karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, o‘zingiz va oila a’zolaringizning xavfsizligini ta’minlash uchun uydan chiqmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga murojaat qilishingiz mumkin.

Buxoro viloyati Prezident Xalq qabulxonalarida tashkil qilingan “Ishonch telefonlari”:
  Buxoro viloyat Xalq qabulxonasi (65) 220-10-00
  Buxoro shahar Xalq qabulxonasi (65) 221-10-00
  Kogon shahar Xalq qabulxonasi (65) 524-10-00
  Buxoro tuman Xalq qabulxonasi (65) 542-10-00
  Kogon tuman Xalq qabulxonasi (65) 522-10-00
  Gʻijduvon tuman Xalq qabulxonasi (65) 572-10-00
  Olot tuman Xalq qabulxonasi (65) 342-10-00
  Qorako‘l tuman Xalq qabulxonasi (65) 565-10-00
  Vobkent tuman Xalq qabulxonasi (65) 332-10-00
  Romitan tuman Xalq qabulxonasi (65) 552-10-00
  Peshko‘ tuman Xalq qabulxonasi (65) 353-10-00
  Qorovulbozor tuman Xalq qabulxonasi (65) 364-10-00
  Jondor tuman Xalq qabulxonasi (65) 582-10-00
  Shofirkon tuman Xalq qabulxonasi (65) 502-10-00


Bu ham qiziq

Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 2 nafar fuqarolar qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan, s…
16:18 / 12.05.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamrohligida, ota-ona qaramog‘isiz qolgan, voyaga yetmagan O‘zbekiston Respublikasi…
12:28 / 13.05.2025
Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina uchta O‘zbekiston kompaniyasi va bir O‘zbekiston fuqarosiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Tegishli farmonni prezident …
18:38 / 11.05.2025
Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Mazkur yo‘lak yo‘lning chetki qismida emas, balki uning o‘rtasidan o‘tadi. Bu esa ilgarigi tramvay izlarini eslatadi.
12:08 / 13.05.2025
Raqamli dunyoda huquqlarni himoya qilish: yangi qonun loyihasi onlayn platformalarga qanday majburiyatlar yuklaydi

Raqamli dunyoda huquqlarni himoya qilish: yangi qonun loyihasi onlayn platformalarga qanday majburiyatlar yuklaydi

Biz har kuni aksariyat vaqtimizni ijtimoiy tarmoqlarga bag‘ishlaymiz: kayfiyatimizni ko‘tarish, yangiliklarni bilish yoki do…
15:14 / 12.05.2025
13-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

13-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.
22:36 / 12.05.2025
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 12–14-may kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
09:26 / 11.05.2025
12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.
05:23 / 12.05.2025
13-may kuni ob-havo harorati bugungidanda issiqroq bo‘ladi

13-may kuni ob-havo harorati bugungidanda issiqroq bo‘ladi

“O‘zgidromet” 13-may, seshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
12:07 / 12.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!