Toshkent shahar transport boshqarmasi yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan poytaxt ko‘chalarida kuzatilayotgan tirbandliklarga yengil avtomobillar hamda yo‘nalishsiz taksilar sonining ko‘payishi sabab bo‘layotganini ta’kidlamoqda.
Shahar transport boshqarmasiga ko‘ra, bu avtobus va yo‘nalishli taksilar oraliq vaqtining oshishiga olib kelgan.
“Poytaxtimiz ko‘chalarida yengil avtomobillar hamda yo‘nalishsiz taksilar sonining ko‘payishi tirbandliklarni kelib chiqardi. Bu esa o‘z navbatida avtobus va yo‘nalishli taksilar oraliq vaqtining oshishiga olib keldi.
O‘quv mavsumining birinchi kunida yo‘nalishsiz taksi xizmatlariga bo‘lgan katta talabdan ayrim haydovchilar ko‘proq foyda olaman deb sun’iy ravishda yo‘nalishsiz taksi xizmatlari narxini keskin oshirib yuborgan va aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan”, – deyiladi Boshqarma munosabatida.
Shuningdek, Boshqarma ayni paytda shahar aholisi uchun xizmat ko‘rsatayotgan jamoat transportlari soni va jadvallarini ham eslatib o‘tgan. Unga ko‘ra, mas’ul idoralar bugungi tirbandliklar uchun oldindan tayyorgarliklar ko‘rib qo‘yishgan.
“Bugungi tig‘iz vaqtda Toshkent shahar axolisiga xizmat ko‘rsatgan jamoat transportining 1 397 ta harakat tarkibi, shu jumladan 850 ta avtobuslar va 547 ta mikroavtobuslar.
Bundan tashqari soat 7:30 dan 9:00 gacha metropolitenning Chilonzor metro yo‘nalishida 3 daqiqa, O‘zbekiston yo‘nalishida 4 daqiqa va Yunusobod yo‘nalishlarida 7 daqiqalik oraliq masofa bilan metro poyezdlari harakatlangan”, – deyiladi munosabatda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!