$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: “Sening ishlaring ajoyib, Rabbim”! Morze alifbosi ixtirochisi 229 yoshda

11:15 / 27.04.2020

Mashhur ixtirochi, rassom, elektromagnitli yozuv telegrafi (Morze uskunasi) va Morze kodi (alifbosi) ixtirochisi Samuel Finli Briz Morze 1791-yil 27-aprel kuni AQShning Nyu-York shtatida dunyoga kelgan. Quyida Samuel Morze va uning ixtirolari haqida qiziqarli ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.

Morze boy amerikaliklar oilasida dunyoga kelgan. U yoshligidan rassomchilikka juda qiziqqan va hatto shu sohada o‘qigan.

U juda qiziquvchan va xushchaqchaq edi. Morze ziyolilar, boylar va siyosatchilar tomonidan hurmat bilan kutib olinardi. Uning do‘stlari orasida amerikalik yozuvchi Jeyms Kuper va hatto AQSh prezidenti Avraam Linkoln ham bor edi.

1825-yilda Morze Milliy dizayn akademiyasiga asos soladi va o‘zi ham shu akademiyaning prezidenti bo‘lgan.

Yevropaga sayohati davomida u fotograf ixtirochisi Lui Dager bilan tanishadi va elektr sohasidagi yangi ixtirolarga qiziqib qoladi. Shundan keyin vaqtini elektr telegraf ixtiro qilishga sarflaydi.

Morze amerikalik ixtirochi va tadbirkor Alfred Veyl bilan harflari nuqta va chiziqlardan iborat uzatish tizimini ishlab chiqdi. Bu dunyo bo‘ylab Morze kodi nomi bilan mashhur bo‘ldi.

1844-yil 24-mayda Vashington va Baltimor o‘rtasida ilk bor Morze usulida “Sening ishlaring ajoyib, Rabbim!” matni yuboriladi.

1818-yil 29-sentabrda Morze Luksiya Pikering Uoker bilan turmush quradi va 3 nafar farzandli bo‘ladi. Ayolining vafotidan so‘ng u 1848-yilda Elizabet Grisuoldga uylanadi va nikohdan yana 4 farzand dunyoga keladi.

2009-yil 27-aprelda Google Samuel Morzening tug‘ilgan kuni sharofati bilan o‘zining bosh sahifasini o‘zgartirgan va “Google” so‘zini Morze alifbosida yozgan.

Mashhur qutqaruv signali SOS Morze tilida “uch nuqta, uch chiziqcha va uch nuqta” shaklida (. . . – – – . . .) yoziladi.

Morze kodining asosiy tamoyillari shunda ediki, unda ko‘p ishlatiladigan harflar qisqa belgilar, kam ishlatiladigan harflar ko‘proq belgilar bilan yozilar edi. Masalan, “E” harfi “bitta nuqta”, “Z” harfi esa “nuqta, nuqta, pauza, nuqta” bo‘lgan.

Keyinchalik esa “Z” harfi boshqa tillarda ko‘p ishlatilishi hisobga olinib, “chiziqcha, chiziqcha, nuqta, nuqta” etib belgilangan.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026
Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026
Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!