Mukammal koʻrinishdagi erkakning boʻy-basti baland boʻlishi kerak degan gap hamisha ham rost boʻlmasligi mumkin. Buni ushbu yulduzlar misolida ham koʻrsa boʻladi.
Rozi Xantington-Uaytli va Jeyson Stetem
Taniqli model Rozi Xantington-Uaytlining boʻyi uning turmush oʻrtogʻi, aktyor Jeyson Stetemdan bir necha santimetrga baland. Shunga qaramay, ular uzukka koʻz qoʻygandek mos koʻrinishadi.
Nikol Kidman va Kit Urban
Boʻyi 180 santimetrga teng boʻlgan aktrisa Nikol Kidman turmush oʻrtogʻi Kit Urbanning yonida yursa, undan balandroq ekani yaqqol seziladi.
Mixail Galustyan va Viktoriya Shtefanets
Galustyanning boʻyi 163 santimetrga teng, shunga qaramasdan u boʻlgʻusi rafiqasining koʻngliga ega chiqqan.
Erin Dark va Deniel Redkliff
“Garri Potter” aktrisa Erin Dark bilan tanishayotgan vaqtida uning oʻzidan balandroq va yoshi ham katta ekanligiga emas, qizning quvnoqligi va toza qalbiga eʼtibor qaratgan.
Kameron Diaz va Benji Medden
Taniqli aktrisa Kameron Diaz musiqachi Benji Medden bilan oila qurgan. Aktrisaning boʻyi 174, musiqachining boʻyi esa 168 santimetrga teng.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!