“Choliqushi” seriali orqali muxlislar qalbidan joy olgan Feride – aktrisa Aydan Shener bugungi kunda 58 yoshda. U ayni vaqtda qiz farzandi bilan birga hayot kechiradi, filmlarda suratga tushishdan qatʼiy bosh tortadi.
Oʻtgan asrning 80-yillarida koʻplab mamlakatlarda yashovchi ayollarning nigohi televizorlar orqali namoyish qilingan mashhur serialga qaratilgandi. Serial turkiyalik oʻqituvchi qizning taqdiri haqida hikoya qiladi. Yettita seriyadan iborat boʻlgan “Choliqushi” oʻz davrining haqiqiy shedevrlaridan biri boʻlgan, Feride obrazini gavdalantirgan aktrisa Aydan Shener esa ushbu obrazi bilan barcha muxlislarning qalbidan joy olgan.
Aydan Shener “Choliqushi”dan keyin bir nechta seriallarda suratga tushdi, ammo ularning hech biri “Choliqushi” muvaffaqiyatini takrorlay olmadi.
2013-yilda serialning remeyki ekranlarga chiqdi. Serialda Aydan Shenerga ham rol taklif qilingan. Ammo, aktrisa uni ijro etishdan bosh tortgan. Aydan Shener taxminan 15 yildan beri ijod bilan shugʻullanmaydi. Bunga nima sabab boʻlgani esa nomaʼlum.
Aydan Shenerning shaxsiy hayotda omadi chopmadi. U 1983-yilda “Galatasaray” jamoasi aʼzosi, futbolchi Ayxan Akbin bilan oila qurdi. Tez orada aktrisaning yagona qizi – Ejem dunyoga keldi. Ammo, oilaviy munosabatlar xavf ostida qoldi. Futbolchining kuchli rashki ajrimga sabab boʻldi.
Aydan Shener shundan keyin turmush qurmadi. Uning qoʻlini soʻragan nomzodlar oz emasdi. Biroq, aktrisa oʻz hayotini qizining tarbiyasiga bagʻishlashga qaror qildi.
Ayni vaqtda Aydan Shener shahar chekkasidagi katta uyda, qizi Ejem bilan birga hayot kechiradi, turli ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!